4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)

 markaziy 
mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, 
boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan 
bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli 
qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va 
psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning 
o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning 
qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2] 
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim 
hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. 
CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng 
qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya 
po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining 
tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining 
tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir 
bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar 
yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali 
tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.
1
1
Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 134б 


 A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, 
miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va 
shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning 
vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga 
asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu 
vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish 
kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror 
o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv 
mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1] 
SHunday bo‘lsada, na nerv jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik 
ta’limoti diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‘laligicha ochib 
bera olmaydi. SHuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti diqqatning 
fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator konsepsiyalarning 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik 
jarayonlarga ko‘proq e’tibor ajratadilar. Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi 
sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga 
kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida 
turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» 
yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra 
faollikni kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm 
dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina 
qo‘zg‘aladilar. 
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining 
yaxlit tizimi faolligi bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta 
murakkab tuzilishi va uning tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar 
diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya 
hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va 
davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va 
davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat 
o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2] 
Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik 
holatlarining o‘zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda diqqat 
tabiatini tushuntirishda Ribo harakatlarga alohida o‘rin ajratadi. Uning fikricha, 
diqqatning jamlanganlik holati organik reaksiyalar bilan birga diqqatni ma’lum 
darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan tana, yuz, gavda, 
oyoq-qo‘llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. Biror-bir ob’ektda 


diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik 
asosga ega bo‘ladi. Bu holatga, Riboning fikri bo‘yicha, mushak zo‘riqishi mos 
keladi, diqqatning chalg‘ishi esa, mushak charchog‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan 
kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai nazariga ko‘ra, harakatlarni 
boshqarish qobiliyatidan iborat. SHuning uchun ushbu nazariya 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə