4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü46,64 Kb.
#166450
  1   2   3   4   5   6   7   8
4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja-fayllar.org


4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja

4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida
REJA :
1.Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash.
Diqqatning hajmi. Diqqat hajmining individual xususiyatlari.
2.Diqqatning to‘planishi. Diqqatning barqarorligi. Diqqatning ko‘chishi va taqsimlanishi. diqqatning barqarorligi. Diqqatni bo‘linishini belgilovchi omillar.
3. Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotira – o‘tmish tajribalarni esga olib qolish, esga saqlash va unutishdan ibora jaraѐn sifatida.
4.Xotira bilan bog‘liq hodisalar. Fenomenal xotira. Xotiraning fiziologik mexanizmlari.
Tayanch so‘z va iboralar: Diqqat parishonlik, dominanta, ko‘lami, hajmi, parishonhotirlik, diqqatning chalg‘ishi, ichki diqqat, tashqi diqqat, diqat korrektsiyasi. Dominanta, ong doirasi, kulami, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, barqaror.
Diqqat haqida tushuncha.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo‘naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to‘plab, muayyan bir ob’ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo‘la oladi.



    1. Yüklə 46,64 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə