4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü46,64 Kb.
#166450
1   2   3   4   5   6   7   8
4 – Mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida reja-fayllar.org

Xotira jarayonlari.
Xotira soxasida kuyidagi asosiy jarayonlar farklanadi. Esda olib kolish,esda saklash,esga tushirish, va unitish jarayonlai. Bu xotira jarayonlari faoliyatda tarkib topadi. Va ularni faoliyat belgilab beradi. Ma’lum materialni esda olib kolish hayot faoliyati davomida individual, yani shaxsiy tajribani tuplash bilan bog‘liqdir. Tuplangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda katnashmay kuyishi yoki faoliyatdan tushib qolishi uni esdan chikarib kuyishga olib keladi. Materialni xotirada saklab turish deb ataladigan narsa xam shaxsning faoliyatida katnashish bilan bog‘liq, chunki insoning xar bir dakikadagi xatti-harakatlari uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Ana shu yukorida kursatilgan protsesslarda xotiraning faoliyat bilan alokasi va xotira aktlarining aloxida mustakil harakatlar tarzida namoyon bulishi ayniksa yaqqol kurinadi. Xotira jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini unutmagan xolda, bu protsesslarning xar biriga xos bulagn eng muxim xususiyatlarni qarab chikamiz.
Esda olib kolishni xotira protsessii deb ta’riflash mumkin; buning natijasida yangi materialni oldin uzlashtirilgan material bilan bog‘lash orqali yangi material mustaxkamlanadi. Esda olib kolish individ tajribasini yangi bilimlar va ish-harakat formalari bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib kolish xama vaqt tanlovchanlik xarakteriga ega: bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilayotgan xamma narsalar xam esimizda saklanib kolavermaydi. Qayta esga tushurishni xotira protsessii deb ta’riflash mumkin, bu xotira protsessi natijasida psixikaning ilgari mustaxkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chikarib olish va uni opirativ xotiraga utkazish yuli bilan aktuallashtirish sodir bo‘ladi. Qayta esga tushirish protsessining ichidan uning xar xil turlarini ajratib, ularni kuyidagi tartibda joylashtirish mumkin: tanish, qayta esga tushirishning uzi va eslash. Bunda shaxsning tarixiy xotirasi xisoblangan xotirlash aloxida urinni egallaydi. Tanish - kandaydir ob’ektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirishdir. Tanish katta hayotiy axamiyatga ega. Tanish bo‘lmaganda biz narsalarni bizga avvaldan tanish bo‘lgan narsalar deb emas, balki xar gal yangi narsalar deb idrok qilgan bular edik. Tanish xama vaqt bizning tajribamizni atrofimizdagi ob’ektlarni idrok qilishimiz bilan bog‘laydi va buning bilan bizga atrofimizdagi voqeylikni tugri anglay olish imkonini beradi.
Tanish uzining aniqligi, yaqqoligi va to‘laligi darajasi bilan xar xil bo‘ladi. Tanish-ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy protsess tarzida amalga oshirilishi mumkin. Odatda, tanish to‘la, yaqqol va aniq bo‘lsa, u bir momentli ixtiyorsiz aks tariqasida amalga oshiriladi. Biz ilgari idrok qilgan narsalarimizni xozir qayta idrok qilayotgan paytimizda ixtiyorsiz ravishda, xech kanday zur bo‘lmay, o‘zimiz sezmagan xolda tanib olamiz. Xotirlash-utmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan xolda qayta esga tushurishdan iboratdir. Xotirlashda biz o‘tmish obrazlarini faqat esga tushiribgina qolmay, balki bu obrazlarni ma’lum vaqt va joylar bilan bog‘laymiz, biz bu obrazlarni kachon va kanday sharoitlarda idrok qilganimizni eslaymiz, ularni uz hayotimizning ma’lum davrlari bilan bog‘laymiz, bu obrazlarning vaqt oraligidagi izchilligini anglaymiz. Materialning mantikiyligi, anglanganligi, avvalo tajriba bilan bog‘liqligi esda olib kolishning zarur shartidir. Qayta esga tushurish psixikaning ilgari mustaxkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chiqarib olish va amaliy xotiraga o‘tkazish yo‘li bilan aktuallashtirish jarayoni sifatida ta’riflash mumkin. Aktuallashtirish jarayoni turli qiyinchilik darajasi bilan farklanishi mumkin. Tanish biron bir ob’ektni takroran idrok qilish sharoiti qayta esga tushirish demakdir. Qayta esga tushirish xam ixtiyoriy va ixtiyorsiz bulishi mumkin. Ba’zan kerakli narsalarni esga tushirish uchun faol kidiruv ishlarini olib borishimizga tugri keladi. Bunday paytda esga tushirish eslash deb aytiladi. Eslash usullari orasida eng muximlari kuyidagilardan iborat; plan to‘qish eslatadigan materialning obrazlariga asoslanish bevosita bog‘lanishlarni xosil qilish.
Unutish; unutish jarayoni ozmi kupmi darajada chukur bulishi mumkin.
Material shaxs faoliyatida kancha kam ishtirok etsa, aktual hayotiy maqsadlarga erishishda kanchalik axamiyati samimiy bo‘lsa, uni unutish shunchalik chukur bo‘ladi. Unutish maqsadga muvofik xodisadir. Esida olib kolishni eng darslabki xam tashqi tasirlarining izlari mustaxkamlangunga kadar ma’lum vaqtni talab etadi. Bu vaqtdagi jarayonlar mexanizmlari axborotni esda saklab kolish, esda saklash va qayta esga tushurishning aloxida bir turi xisoblanadi. Bu jarayon qisqa mudatli xotira deb ataladi.
Xotira qonunlari.
Shu urinda xotiraning sakkiz qonunini eslab kuyishni taklif etamiz:
Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni kanchalik chukur anglasak, shunchalik uni mustaxkam xotirada muxirlagan bulamiz. Kizikish qonuni. Anatol Frans: bilimlarni yaxshi xazm qilish uchun uni ishtaxa bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli kizikish bilan munosabatda bulishimiz, va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan. Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar kanchalik kup bo‘lsa, yangisini esda saklab kolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari ukigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan ukiyatganday xis kilsangiz, demak siz ilgarigi tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi uzlashtira olmaganligingizni xis qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar xam tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bulla oladi.
Eslab kolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab kolishdan avval, bulgusi akliy ishga kanday xozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab kolasiz. Masalan, fizika ukituvchisining barcha darslari sizga doim ma’kul bo‘lgan bo‘lsa, Siz: «bugun xam yangi narsa o‘rganib chikaman», deb uzingizni ishontirasiz va okibatda natija xam yaxshi bo‘ladi. Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun xakida eramizdan avval Arastu xam yozgan edi. qonunning moxiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada xam yonma-yon bo‘ladi. Masalan, aynan konkret xona usha yerda ruy bergan xodisalarni xam eslatadi. Birin-ketinlik qonuni. Xarflarni alfavitdagi tartibda yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada xam ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishgava kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofikdir. Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab kolinadigan narsa tugrisidagi birinchi taassurot kanchalik kuchli bo‘lsa, unga alokador obraz xam shunchali yorqin bo‘ladi. Bundan tashkarii, siz uchun axamiyatli va jozibali ma’lumotlar okimida easlanayotgan material xam yaxshi esga tushiriladi. Tormozlanish qonuni. Xar kanday muayyan ma’lumot uzidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning uchib ketmasligi uchun yangini esda saklashdan avval mustaxkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak. Turli odamlarning xotirasi bir-biridan fark qiladi. Ayrim odamlar taz, aniq va uzoq vaqt, boshqalar sekin va qisqa muddat esida qoldiradi, uchinchi xildagi odamlarning xotirasi na puxta va na to‘liq bo‘lmaydi, yana bir xil odamlar esa zarur materialni vaqtida esga tushirishida qiynaladi.

Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə