4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu (2)

haqiqiy parishonxotirlik
deb ataladi.
Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta 
beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi. 
Haqiqiy parishonxotirlikning sabablari turlichadir. Bular asab tizimining 
umumiy izdan chiqishi, qon kasalliklari, kislorod etishmovchiligi, jismoniy yoki 
aqliy toliqish, og‘ir hissiy kechinmalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, diqqat 
parishonxotirligining sabablaridan biri olingan taassurotlarning ko‘pligi, 
shuningdek, betartib havas va qiziqishlar ham bo‘lishi mumkin.
Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga 
ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat 
ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. 
Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi. Uch 
 
5. Diqqatning rivojlanishi 
Diqqat
 
Fiziologik asoslar 
Diqqat xossalari 
Dominantlik hodisasining mavjudligi 
Yuqori va pasaygan 
qo’zg’aluvchanlik qismlari o’rtasida 
salbiy induksiyaning mavjudligi 
Yangi shartli reflector aloqalarning 
hosil bo’lishi 
Bosh miya po’stlog’i qismlarining 
yuqori qo’zg’aluvchanligi 
Diqqatni taqsimlash 
Diqqatning bo’linishi 
Diqqatni jamlash 
Diqqatning barqarorligi 
Diqqat hajmi 
Diqqatning chalg’ishi 


oylik bo‘lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bilan ko‘proq 
qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola etarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni 
kuzatishi, ushlab ko‘rishi, og‘ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq 
jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la 
rivojlanganligidan dalolat beradi.[2] 
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning 
boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi 
va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar 
asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni 
bajarishga o‘rgatib boradilar. 
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin 
jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni 
qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadi. Ko‘pchilik jismlar va hodisalar 
bilan tanishib borish, oddiy munosabatlarni farqlash malakasining asta-sekin 
shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular bilan sayr qilish 
va o‘yinlar o‘ynash, boshqa jismlar va o‘yinchoqlarni o‘ynatish – bularning 
barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning qiziqishlari va 
diqqatini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining 
etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, 
uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi 
yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi[1] 
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. 
Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-
atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o‘tish lozimki, maktab 
yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan o‘tadi. 
Boshlang‘ich sinflarda bola mashg‘ulotlarda o‘z hulq-atvorini to‘liq nazorat qila 
olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. 
Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga 
ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan 
shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko‘zda tutish 
lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o‘zi emas, balki, yosh 
xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo‘ladigan fiziologik 
o‘zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi, va 
ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi.[1] 
Shunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: 
asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat 
bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi 
xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir. 



Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə