4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu (2)

ixtiyoriydan keyingi
diqqat deb nomlandi. 
Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, unga ma’lum kuch 
sarf etadi. Masala murakkab, o‘quvchi chalg‘iy boshlaydi. U o‘zini, irodasini ishga 
solgan holda, masalani echishga majburlaydi. Mana, masalani echishga birinchi 
urinish natija berdi, echishning to‘g‘ri usuli belgilab olindi. Masala oydinlasha 
boradi. Masala o‘quvchining ishtiyoqini band eta boshlaydi. U endi chalg‘imasdan, 
qiziqarli masalaga kirishib ketadi. Diqqat ixtiyoriydan ixtiyorsizga aylandi. 
Haqiqiy ixtiyorsiz diqqatdan farq qilib, ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli 
maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab 
turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi 
deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.[1] 
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-
biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi. 
Tabiiy diqqat
o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va 
ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida
odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy 
mexanizm 
taxminiy refleks
deb ataladi. 
Ijtimoiy belgilangan diqqat 
hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida 
shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli 
ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bevosita diqqat
odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan 
va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi. 
Bilvosita diqqat 
maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich 
belgilar, jismlar yordamida boshqariladi. 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə