4-mavzu: diqqat reja


Diqqatning vazifalari va turlari



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)

Diqqatning vazifalari va turlari
Diqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur 
bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa 
susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga 


muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga 
yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli 
tarzda jamlanishini ta’minlaydi. 
Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy 
belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi 
diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi. 
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish 
mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar. 
Ixtiyorsiz diqqat 
– bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga 
muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi. 
Ixtiyoriy diqqat 
– bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli 
boshqariladigan jamlanganlik. 
Ixtiyorsiz diqqat maqsad qo‘yish va iroda qatnashuvi bilan bog‘liq emas, 
ixtiyoriy diqqat uchun esa iroda boshqaruvi va maqsadning mavjud bo‘lishi shart. 
Odatda, ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishida jismoniy, psixofizik va ruhiy 
sabablarning yaxlit to‘plami bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ular bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga bo‘lish mumkin. 
Sabablarning birinchi guruhi 
tashqi qo‘zg‘atuvchi
xususiyati bilan, 
avvalambor, seskantiruvchining kuchi yoki jadalligi bilan bog‘liq. Masalan, siz biror 
ishni ishtiyoq bilan bajarayotganingizdan, qo‘shni xonadagi yoki ko‘chadagi engil 
shovqinni eshitmaysiz. Lekin to‘satdan oldingizda polga tushgan og‘ir jismning 
baland tovushi eshitiladi, bu beixtiyor diqqatingizni jalb qiladi. 
Ixtiyorsiz diqqat uchun seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, 
seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, 
noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2] 
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə