4-mavzu: diqqat reja


Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)

Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.
Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan 
bog‘liq. Ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar 
kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, 
boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. Odamga ta’sir ko‘rsatayotgan 
seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya 
faollashishini yuzaga keltiradi.[1] 


Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida
taxminiy 
refleks
ni
 
alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining 
atrof-muhitning barcha o‘zgarishlariga nisbatan tug‘ma reaksiyasidir. Masalan, 
xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho‘chib tushib, tovush 
kelgan tomonga ko‘zlarini qadaydi. Darsda o‘quvchilar fikrlarini jamlagan holda 
insho yozmoqdalar. Birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan 
o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar. 
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. Masalan, ma’lum vaqt 
oralig‘ida doimiy ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi 
seskantiruvchini ajratib olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. Psixologiya 
bo‘yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki 
asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko‘rib chiqiladi. 
Periferik
mexanizmlarga 
his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. Kuchsiz tovushni eshitgan odam 
tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora 
pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1] 
D.E. Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni 
periferiyada tanlab o‘tkazuvchi filtr. U, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni 
ikki qulog‘i bilan qabul qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i 
bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman 
qabul qilinmaganligini aniqladi. Keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni 
fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlab o‘tkazishi aniqlandi. 
Diqqatning

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə