4-mavzu: diqqat reja


tashqi  seskantiruvchilarning



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu (2)

tashqi 
seskantiruvchilarning
odamning 
ichki holatiga
muvofiqligi, va birinchi navbatda, 
uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan 
odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar. 
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning 
umumiy yo‘nalganligi
bilan bog‘liq. 
Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy 
qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan 
bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi. 
Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradigan sabablarning to‘rtinchi 
guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan 
his-tuyg‘ular
tashkil etadi. Biz 
uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz 
diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. 
Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, 
uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. 


Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish 
hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga 
qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval 
orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq. Lekin ixtiyoriy diqqatda bularning ko‘rsatadigan 
ta’siri bevosita emas, aksincha, bilvositadir. 
Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga 
yo‘nalganlik xususiyatiga ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi, lekin 
keyinchalik odam ishga «kirib boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, uning 
mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bunday 
diqqat N.F. Dobrinin tomonidan

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə