Loyihalash jarayonini formallashtirish



Yüklə 41,84 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü41,84 Kb.
#164209
  1   2
Loyihalashning standart etaplari


Loyihalashning standart etaplari

Reja:



1. Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari
2. Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv
3. Loyihalash aspektlari
4. Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari
5. Pasayuvchi va ko`tariluvchi loyihalash
6. Tashqi va ichki loyihalash
7. Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash
8. Loyihalanayotgan ob`yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining
klassifikatsiyasi
9. Namunaviy loyihaviy protseduralar
10. Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi
11. ALTda loyihalash rejimlari

Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari Texnikaviy ob`yektni loyihalash qabul qilingan shaklida ushbu ob`yekt obrazini yaratish, qayta o`zgartirish va taqdim etish bilan bog`liq. Ob`yekt obrazi yoki uning tarkibiy qismlarining obrazi ijodiy jarayon natijasida inson tasavvurida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o`zaro ta`siri jarayonida qandaydir algoritmlar bo`yicha paydo bo`lishi mumkin. Istalgan holda, qandaydir texnikaviy buyumni olish uchun jamiyat ehtiyojini aks ettiruvchi loyihalash uchun topshiriq mavjudligida loyihalash boshlanadi.


Topshiriq u yoki bu ko`rinishda taqdim etiladi. Loyihalash natijasi vazifasini, odatda, berilgan sharoitlarda ob`yektni tayyorlash uchun yetarli ma`lumotlarga ega bo`lgan hujjatlarning to`la komplekti bajaradi. Bu hujjatnoma ob`yektning natijaviy bayonini ifodalaydi. Birlamchi bayon natijaviy o`zgartirish oraliq bayonlarni tug`diradi, oraliq bayon – bu loyihalashni tugatishni yoki uni davom ettirish yo`lini tanlash maqsadida ko`riladigan narsadir. Informatsiya nuqtai nazaridan loyihalash – bu loyihalash ob`yekti, ko`rilayotgan jabhadagi bilimlarning hola
ti, maqsadi (vazifasi) o`xshash bo`lgan ob`yektlarni loyihalash tajribasi haqidagi kiruvchi informatsiyani ma`lum shaklda bajarilgan va ob`yektni buyumda realizatsiya qilish uchun uning bayoni keltirilgan loyihaviy-konstruktorlik yoki texnologik hujjatnoma ko`rinishidagi chiquvchi informatsiyaga aylantirish jarayonidir. Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv. Loyihalanayotgan tizim ierarxik darajalarga bo`linadi. Yuqori darajada loyihalanayotgan tizimning faqat umumiy xislat va xususiyatlarini aks ettiruvchi kam detallashtirilgan tushunchalardan foydalaniladi. Keyingi bosqichlarda ko`rish batafsilligi darajasi ortib boradi; bunda tizim bir butunicha emas, balki alohida bloklarga bo`linib ko`riladi. Bu har bir darajada inson anglab va tushunib oladigan va mavjud loyihalash vositalari yordamida yechiladigan darajadagi murakkab masalalarni shakllantirish va yechish imkonini beradi. Bloklarga bo`lish shunday bo`lsinki, istalgan darajadagi blok hujjatnomasini bir odam ko`rsin va qabul qila olsin.
Loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda katta hajm murakkab masala ketma-ket yechiladigan kichik hajmli masalalar guruhlariga bo`linadi; bunda guruh ichidagi turli masalalar parallel yechilishi mumkin. Har bir darajada tizim va elementlar haqida o`zining tushunchasi bor. Yuqori
i-darajada element deyilgan narsa, keyingi (i-1)-darajada tizim hisoblanadi. Ko`pincha eng quyi daraja elementlari bazaviy elementlar yoki komponentlar deb ataladi. Loyihalashda ishtirok etayotgan muhandislarning ko`pchiligi qandaydir darajadagi tizimlar va elementlar bilan ishlaydi; ular loyihalayotgan ob`yektlar doim ham murakkab tizimlar bo`lavermaydi, garchi ularning ko`pchiligi murakkab tizimlar tarkibiga kirsa ham. Murakkab tizimlarni loyihalashda ba`zan baravariga ikki ierarxik daraja, masalan i va (iҚ1), ishtirok etgan bayonnomalar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Bu holda tizim, nimtizim va elementlar atamalarini qo`llashadi, ularni (mos ravishda) i-darajadagi tizim, tizimlar va (iҚ1)-darajadagi elementlar deb qarashadi. Shunday qilib, ierarxik darajalar ob`yekti xossalari aks ettirilishining mufassalligi darajasi bilan farqlanadigan ob`yektlar bayoni darajasini ifodalaydi. Boshqachasiga ularni gorizontal darajalar yoki abstraktsiyalash darajalari deb atashadi. Qandaydir daraja bayonlarining majmui masalalarning qo`yilishi va ularning bayonlarini olish metodlari bilan bilan loyihalashning ierarxik darajasi deb ataladi. Gorizontal darajalarda sxemalar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni loyihalash bilan bog`liq bo`lgan masalalar guruhlari ularni yechish uchun foydalaniladigan modellar, metodlar, hujjatlash shakllari bilan birga loyihalash aspektlari (loyihalash aspektlari ba`zan loyihalashning vertikal darajalari) deb ataladi. Loyihalash aspektlari. Ierarxik darajalarni tug`diruvchi ob`yekt xossalari aks ettirilishining mufassalligi darajasi bo`yicha bayonlarni ajratishdan tashqari turli aspektlar bo`yicha bayonlar dekompozitsiyasidan ham foydalanishadi. Funktsional, konstruktorlik va texnologik aspektlar yirik aspektlarga kiradi. Ushbu aspektlarga taalluqli bayonnomalarni o`zgartirish yoki olish bilan bog`liq masalalarni yechish mos ravishda funktsional, konstruktorlik va texnologik loyihalash deb ataladi. Funktsional aspekt ob`yektda ro`y beradigan fizikaviy va informatsion jarayonlarning xarakteri va ishlashining asosiy printsiplarini aks ettiradi va printsipial, funktsional, strukturaviy, kinematik sxemalarda va ularga ilova qilinadigan hujjatlarda o`z ifodasini topadi. Ko n str u k to rl ik as p ekt funktsional loyihalash natijalarini amalga oshiradi, ya`ni ob`yektlarning geometrik shakllarini va ularning fazoda o`zaro joylashishini ta`minlaydi.
Tex n olo g ik asp ek t konstruktorlik loyihalash natijalarini amalga oshirish bilan, ya`ni ob`yektlarni tayyorlash metodlari va vositalarini bayon qilish bilan bog`liq. Ob`yekt xossalarini differentsiyalabroq (tabaqalashtiribroq), ya`ni undan bir qator nimtizimlar va shunga mos aspektlar sonini ajratib bayon qilish mumkin. Masalan, funktsional aspektni bayon qilinayotgan hodisalarning fizikaviy asoslariga ko`ra elektrik, mexanik, gidravlik, kimyoviy va sh.k. aspektlarga bo`lish mumkin. Bunda elektromexanik tizim bayonida elektrik va mexanik nimtizimlarning bayonlari, yadroviy reaktor bayonlarida – gazodinamik, issiqlik, fizika-neyronli
nimtizimlarning, optika – elektron pribori bayonlarida – elektrik va optik nimtizimlarning bayonlari paydo bo`ladi. Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari. Loyihalash vaqtida rivojlanuvchi jarayon sifatida davr (стадия)larga, bosqich (этап)larga, loyihaviy protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi. Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va tadbiq qilish davrlari ajratiladi. Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar davrlarida jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu va qo`shni sohalaridagi ilmiy-texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni o`rganish asosida texnikaviy ob`yektning vazifasi va uni qurishning asosiy printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT) shakllantiriladi. Bu davrlar ilmiy-tadqiqot ishi (ITI) davri deb ham ataladi. Eskiz loyihasi davrida (boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi (TKI) davrida) bo`lajak
ob`yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy printsiplar va qoidalarning to`g`riligi va amalga oshirila olishi tekshiriladi. Texnikaviy loyiha davrida loyihaning hamma qismlari har tomonlama ishlab chiqiladi, texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi. Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo`lgan hamma hujjatlar tayyorlanadi (shakllantiriladi). So`ngra tajriba qilish uchun mo`ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar
tayyorlanadi va sinaladi. Sinov natijalari bo`yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo`lgan tuzatishlar
kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi. Lo yi hal ash b o sq ich i – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va aspektlarga taalluqli ob`yektning talab qilingan hamma bayonlarini shakllantirishni o`z ichiga olgan loyihalash jarayonining bir qismidir. Ko`pincha bosqich nomi mos ierarxik darajalar va aspektlar nomi bilan bir xil bo`ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni loyihalashni texnologik jarayonning printsipial sxemalarini ishlab chiqish, marshrut texnologiyasini va operatsion texnologiyani ishlab chiqish va dasturaviy-boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi informatsiyani olish bosqichlariga bo`lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik loyihalash bosqichlarni ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o`xshash nomga ega bo`lgan funktsional aspektli uch ierarxik darajali masalalarni yechish bilan bog`liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi konstruktorlik aspektdagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo`lgan masalalarni o`z ichiga oladi. Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini l oy ih av iy p r o tsed u r alar deb atashadi. Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo`lib, uning bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining maydaroq tarkibiy qismi lo y ih av iy o p er atsi ya lar deb ataladi. Buyum chizmasini shakllantirish, kuchaytirgich parametrlarini hisoblash, elektr dvigatelini qurish uchun namunaviy konstruktsiyasini tanlash – loyihaviy protseduralarga, namunaviy grafikaviy tasvirni (tishli ilashma, chizma ramkasi va sh.k.) chizish, kuchaytirgichning statik holatini bayon qiluvchi algebraik tenglamalar tizimini yechish, elektr dvigatelning navbatdagi variantini qurishning effektiv ko`rsatkichlarini hisoblash – loyihaviy operatsiyalarga misol bo`la oladi. Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob`yekt haqida tushunchalarni strukturlashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash jarayonini strukturlashga taalluqli. Pasayuvchi va ko`tariluvchi loyihalash. Agar yuqori ierarxik darajalardagi masalalarni yechish pastroq ierarxik darajalardagi masalalarni yechishdan oldin kelsa, bunday loyihalash pasayuvchi deb ataladi. Agar quyi ierarxik darajalar bilan bog`liq bo`lgan bosqichlar bilan bajarilsa, bunday loyihalash ko`tariluvchi deyiladi. Loyihalashning ushbu ikki turining har birida ham o`zining afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Pasayuvchi loyihalashda tizim uning elementlari hali aniqlanmagan sharoitda ishlanadi, ya`ni uning imkoniyatlari va xossalari haqidagi ma`lumot taxminiy tavsifga ega. Ko`tariluvchi loyihalashda aksincha elementlar tizimdan oldin loyihalanadi, natijada elementlarga bo`lgan talablar taxminiy tavsifga ega bo`ladi. Ikkala holda ham to`liq boshlang`ich informatsiya yo`qligi tufayli optimal texnikaviy natijalarga erishishning potentsial imkoniyatidan chetga og`ish bo`ladi. Lekin loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda bunday og`ishliklarning bo`lishi muqarrar va murakkab ob`yektlarni loyihalashda blokli-ierarxik yondoshuvga boshqa muqobil yondoshuv mavjud emas. Shu sababli, blokli-ierarxik loyihalash natijalarining optimalligini texnikaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlar (ular, xususan, o`z ichiga loyihalashga ketadigan moddiy va vaqt sarflarni oladi) nuqtai-nazaridan ko`rish lozim. Tashqi va ichki loyihalash. Pasayuvchi loyihalashda k-ierarxik darajadagi elementlarni ishlash uchun TT ta`rifi ushbu darajadagi loyihaviy protseduralarga kiradi. Yuqori ierarxik darajadagi tizim yoki ko`p qo`llanishlarga mo`ljallangan unifikatsiyalashgan elementlar tizimi uchun TT ishlash boshqacha bo`ladi. Bu erda TT ishlash loyihalashning mustaqil bosqichi bo`ladi va ko`pincha tashqi loyihalash deb ataladi. TTning ta`riflari bo`yicha ob`yektni loyihalash bosqichlari, undan farqli ravishda, ichki loyihalash deyiladi. Tashqi loyihalashning asosi – texnikaning zamonaviy holatini, texnologiyaning imkoniyatlarini to`g`ri hisobga olish hamda ob`yektning hayotiy siklidan kam bo`lmagan vaqt davomida ularning rivojlanishini to`g`ri prognoz (bashorat) qilishdir. Texnologik omillar bilan bir qatorda iqtisodiy ko`rsatkichlarni loyihalash va tayyorlashning narxi va muddatlarini ham hisobga olish zarur. Masalaning holati va ilmiy-texnikaviy progress istiqbollarini o`rganish (tadqiqot qilish) asosida ekspertlar guruhi tizimga TTning birlamchi variantini shakllantirishadi. Shakllantirilgan TT bajarila olishini baholash va uni tuzatish bo`yicha tavsiyalar ichki loyihalash protseduralari yordamida olinadi. Loyihaviy yechimlar va protseduralarni unifikatsiyalash. Ob`yektlarni unifikatsiyalashdan maqsad – odatda ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlarini va buyum ekspluatatsiyasini yaxshilashdir. Namunaviy va unifikatsiyalangan loyihaviy yechimlardan foydalanish loyihalashni soddalashtirishga va tezlashtirishga ham olib keladi: masalan, namunaviy elementlar bir marta ishlanadi, lekin turli loyihalarda qayta-qayta ishlatiladi. Loyihalanayotgan ob`yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining klassifikatsiyasi. Loyihalanayotgan ob`yektning natijaviy bayoni konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT) bo`yicha shakllantirilgan sxemaviy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarining to`liq komplektidan iborat bo`lib, ushbu ob`yektni tayyorlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida foydalanish uchun mo`ljallanadi. Ba`zi oraliq loyihaviy yechimlar ham THYaTga muvofiq shakllantiriladi. Lekin loyihalashning o`zida foydalanishga mo`ljallangan oraliq yechimlar uchun ularni ushbu loyihalash tizimida qabul qilingan maxsus shaklda ifoda etish xarakterlidir. Xususan, bayonlar turli til shaklini qabul qilishi va ALTning turli xotirani saqlovchi qurilmalarida joylashishi mumkin. Bu bayonlarda loyihalash ob`yektlarining matematik modellarining salohiyati katta, chunki avtomatlashtirilgan loyihalashda loyihaviy protseduralarni bajarish matematik modellar bilan ish ko`rishga asoslangan. Texnikaviy ob`yektning matematik modeli (MM) – texnikaviy ob`yektning ba`zi xossalarini aks ettiruvchi matematik ob`yektlar (sonlar, o`zgaruvchilar, matritsalar, ko`pchiliklar va sh.k.) tizimi va ular orasidagi munosabatlardir. Loyihalashda ob`yektning muhandis nuqtai nazaridan ahamiyatli hisoblangan xossalarini aks ettiruvchi matematik modellardan foydalanishadi. Ob`yektning ma`lum ierarxik darajadagi, jumladan MMdagi, bayonlarida aks ettiriladigan xossalari orasida tizimlar, tizimlar elementlari va ob`yekt funktsiyasini bajarishi lozim bo`lgan tashqi muhitlarni farqlashadi. Ushbu xossalarning miqdoriy ifodasi parametrlar deb nomlanuvchi kattaliklar yordamida amalga oshiriladi. Tizim, tizim elementlari va tashqi muhit xossalarini tavsiflovchi kattaliklar mos ravishda chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar deb ataladi. Loyihalanayotgan ob`yektlar parametrlariga misollar. Porshenli kompressorlar uchun:
chiquvchi parametrlar – kompressor unumdorligi, dvigatel quvvati, yonishning maksimal bosimi, sikllar soni, yonilg`i sarfi; ichki parametrlar – klapanlardan oqib o`tish koeffitsienti, ishqalanish koeffitsientlari, ichki bo`shliqlarning geometrik o`lchamlari; tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati, so`rishning birinchi bosqichida gaz bosimi, chiqarish tizimidagi qarshilik. Elektron kuchaytirgichlar uchun: chiquvchi parametrlar – o`rta chastotalarda kirish qarshiligi, yoyilib ketish quvvati; ichki parametrlar – rezistorlar qarshiligi, kondensatorlar sig`imi, tranzistorlar parametrlari; tashqi parametrlar – yuk sig`imi va qarshiligi, ta`minlash manbalari kuchlanishlari.
Optik pribor uchun: chiquvchi parametrlar – sferik abberatsiya, koma, asttimatizm, tizimning fokus masofasi; ichki parametrlar – linzalar sirtlarining radiuslari va ular orasidagi masofa; tashqi parametrlar – atrof-muhit harorati va sh.k. Chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar sonini m, n, l orqali, bu parametrlarning vektorlarini esa mos ravishda Yқ(y1, y2, ..., ym), Hқ(h1, h2, ..., hn), Qқ(q1, q2, ..., ql) deb belgilaymiz. Tizimning xossalari ichki va tashqi parametrlarga bog`liq, ya`ni Y қ F (H, Q). (1.1) (1.1) bog`lanishlar tizimi ob`yektning matematik modeliga misol bo`ladi. Bunday MM mavjudligi X va Q vektorlarning ma`lum qiymatlari bo`yicha chiquvchi parametrlarni osonlik bilan baholash imkonini beradi. Lekin (1.1) bog`lanishning mavjudligi uning ishlab chiquvchiga ma`lumligini va V vektorga nisbatan xuddi shunday ochiq ko`rinishda taqdim qilinishi mumkinligini bildirmaydi. Odatda, (1.1) ko`rinishdagi matematik modelni faqat juda sodda ob`yektlar uchungina olish mumkin bo`ladi. Loyihalanayotgan ob`yektdagi jarayonlarning matematik bayonining fazaviy o`zgarishlar vektori V ishtirok etadigan tenglamalar tizimining modeli beriladigan holat tipik bo`ladi: LV(Z)қϕ(Z). bu erda: L – qandaydir operator, Z – mustaqil o`zgaruvchilar vektori; umumiy vektori; umumiy holda vaqt va fazaviy koordinatalarni o`z ichiga oladi; ϕ(Z) – mustaqil o`zgaruvchilarning berilgan funktsiyasi. Fazoviy o`zgaruvchilar ob`yektning fizikaviy yoki informatsion holatini tavsiflaydi, ularning vaqtda o`zgarishi esa ob`yektdagi o`zgaruvchi jarayonlarni ifodalaydi. •Fazoviy o`zgaruvchilarga misollar. Fazoviy o`zgaruvchilarga mexanik tizimlar bayonlaridagi kuchlar va tezliklar, gidravlik va pnevmatik tizimlar bayonlaridagi bosimlar va ishchi jism sarflari va h.k. kiradi. Loyihalanayotgan ob`yektlar modellari parametrlarining xususiyatlari: 1. k-ierarxik daraja modellaridagi ichki parametrlar (elementlarning parametrlari) pastroq (kҚ1)-ierarxik daraja modellarida chiquvchi parametr bo`ladi. Masalan, elektron kuchaytirgich uchun 26yuqori ko`rilgan misolda tranzistor parametrlari kuchaytirgichni loyihalashda ichki, tranzistorning o`zini loyihalashda esa chiquvchi parametr bo`ladi. 2. Nimtizimlar birining modelida (bayonlar aspektining birida) ishtirok etayotgan chiquvchi parametrlar yoki fazoviy o`zgaruvchilar boshqa nimtizimlar (boshqa aspektlar) bayonlarida ko`pincha tashqi parametrlar bo`ladi. Masalan, elektron priborlari korpuslarining maksimal harorati kuchaytirgichning elektr modellarida tashqi parametrlarga, o`sha ob`yektning issiqlik modellarida esa chiquvchi parametrlarga kiradi. 3. Ob`yekt chiquvchi parametrlarining ko`p qismi V(Z) bog`lanishlarning funktsionallari hisoblanadi, ya`ni ularni aniqlash uchun berilgan X va Q larda (1.2) tenglamalar tizimini yechish lozim va olingan natijalar bo`yicha Y ni hisoblash zarur. Yoyilib ketish quvvati, tebranish amplitudasi, signal tarqalishi tutilishining davomiyligi va sh.k.lar chiquvchi parametrlar-funktsionallarga misol bo`ladi. Loyihalanayotgan ob`yektlarning boshlang`ich bayoni ko`pincha loyihalashga texnikaviy topshiriq vazifasini o`taydi. Bu bayonnomalarda yj chiquvchi parametrlarga texnikaviy talablar (boshqachasiga chiquvchi parametrlar normalari) deb ataluvchi kattaliklar ishtirok etadi. Texnikaviy talablar TT қ (TT1, TT2, ..., TTr) vektorni hosil qiladi, bu erda: TTj – qiymatlar chiquvchi parametrlar yj o`zgarishining ruxsat etilgan diapazoni chegarasini ifodalaydi. TTj va yi orasida talab qilinadigan munosabatlarni ishchanlik qobiliyati sharoitlari deb atashadi. Ishchanlik qobiliyati shartlari ko`p hollarda yj < TTj (1.3) yoki yj > TTj. Bunda TT va Y vektorlarining o`lchamlari teng (rқm). Lekin ba`zi chiquvchi parametrlar u uchun ishchanlik qobiliyati sharti ikki taraflama cheklash: .j j jT T y T T′ ′ < < ′
TT larda chiquvchi parametrlarga mos keladigan ishchanlik qobiliyatiga misollar: (1.3) ko`rinishda – elektron qurilmada yoyilib ketish quvvati, truboprovodda bosim yo`qolishi, dvigatelda yonilg`i sarfi; (1.4) ko`rinishda – FIK, dvigatel quvvati, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti; (1.5) ko`rinishda – optik tizimning fokus masofasi, tanlash xususiyatiga asoslangan kuchaytirgichning rezonans chastotasi. 4.2. Namunaviy loyihaviy protseduralar Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi. Har xil turdagi ob`yektlarni loyihalashda ko`p qaytalab qo`llashga mo`ljallangan loyihaviy protsedura namunaviy (типовой) deb ataladi. Analiz va sintez loyihaviy protseduralarini farqlashadi. Ob`yekt bayonini tuzish – sintez, ob`yektning bayoni bo`yicha uning xossalarini aniqlash va ishchanlik qobiliyatini tadqiqot qilish – analiz bo`ladi, ya`ni sintezda yaratiladi, analizda esa ob`yekt loyihalari baholanadi. An aliz p r o tse du r alar i bir va ko`p variantli analiz protseduralariga bo`linadi. Bir variantli analizda ichki va tashqi parametrlarning qiymatlari beriladi, ob`yekt chiquvchi parametrlari qiymatlarini aniqlash talab qilinadi. Ichki parametrlar makoni tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan ushbu masalaning geometrik sharhini qo`llash foydali. Bu n-o`lchamli makon bo`lib, unda ichki n parametrlarning har biri xi ga koordinata o`zi ajratilgan. Bir variantli analizda ichki parametrlar makonida qandaydir nuqta beriladi va ushbu nuqtada chiquvchi parametrlarning qiymatlarini bir marta yechishga keltiriladi, bu – bunday turdagi analizning nomini belgilaydi. Ko`p variantli analizda ichki parametrlar makonining qandaydir zonasida ob`yekt xossalari tadqiqot qilinadi. Bunday analiz tenglamalar tizimini bir necha marta yechishni (bir variantli analizni bir necha marta bajarilishini) talab qiladi. Si nte z pr o ts edu r alar i strukturaviy va parametrik sintez protseduralariga bo`linadi. Strukturaviy sintez maqsadi – ob`yekt strukturasini – ob`yektni tashkil qiluvchi elementlar turlari ro`yxatini va ob`yekt tarkibidagi elementlarning o`zaro bog`lanish usullarini aniqlashdir. Parametrik sintez maqsadi – berilgan struktura va ishchanlik qobiliyati sharoitlarida elementlar parametrlari son qiymatlarining ob`yektning chiquvchi parametrlariga ta`sirini aniqlashdadir, ya`ni parametrik sintezda ichki parametrlar makonida shunday nuqta yoki zona topilsinki, u erda u yoki bu shartlar (odatda ishchanlik qobiliyati shartlari) bajarilsin. Analiz va sintez loyihaviy protseduralari orasidagi bog`lanish shundayki, unda analiz protsedurasi optimallash protsedurasiga (parametrik sintez) va optimallash protsedurasi strukturaviy va parametrik sintezlarni birlashtiruvchi sintez protsedurasiga solinganlik (вложенность) tavsifiga ega bo`ladi.
Solinganlik, birinchidan, analiz optimallashtirishga tarkibiy qism bo`lib, optimallashtirish esa sintezga tarkibiy qism bo`lib kirishini, ikkinchidan, optimallash protsedurasining bir marta bajarilishi – analiz protsedurasining bir necha marta bajarilishini, sintez masalasining bir necha marta yechilishi – optimallashtirish masalasining bir necha marta yechilishini talab qilishini bildiradi. Shubhasiz analiz protseduralari ham shunday tavsifga ega – bir martali ko`p variantli analiz ko`p martali bir variantli analizga asoslangan. Loyihalashning navbatdagi bosqichidagi loyihaviy yechim sintezi analizning juda ko`p miqdordagi variantlarining bajarilishini talab qilishi mumkin. Agar jprotseduraga solingan i protsedurasi bajarilishlarining soniga teng fij koeffitsienti kiritilsa, jprotsedurasining bir marta bajarilishida, sintez, optimallashtirish, bir ariantli va ko`p variantli analiz mos ravishda 1, 2, 3, 4 nomerlari bilan belgilansa, u holda f41 қ f
21⋅f32⋅f43 Ob`yektlar sinteziga misollar. Ob`yektni sintez qilishda uning strukturasining f21 variantlari ko`rilmoqda, strukturaning har bir varianti f32 optimallash qadamlarining bajarilishi bilan optimallashmoqda, optimallashning har bir qadami esa – analizning f43 variantlarini talab iluvchi ob`yektni baholashdadir; f41 қ f21қf32қf43қ40 bo`lsin. U holda f41қ6,4·104 analiz variantlari – ob`yekt matematik modeli tenglamalarining yechimi talab qilinadi. Agar tenglamalar tizimining tartibi yetarli darajada yuqori bo`lsa zamonaviy EHMlarning kuchi
bunday masalani yechishga yetmasligi mumkin. • Texnikaviy ob`yektlarni loyihalash marshrutlariga misollar. Ob`yektni loyihalash marshruti – bosqichlar va (yoki) ushbu ob`yektni loyihalashda foydalaniladigan loyihaviy protseduralar ketma-ketligidir. Ma`lum klassga taalluqli ko`p ob`yektlarni loyihalashda qo`llaniladigan marshrut –namunaviy marshrut deyiladi. Loyihalash namunaviy marshrutlariga misollar. Nooriginal detallar uchun texnologik rejalashtirish original detallar uchun texnologik rejalashtirishdan farq qiladi. Nooriginal detallar uchun texnologik jarayon ko`rilayotgan detallar klassi uchun oldin yaratilgan namunaviy umumlashgan teqnologik jarayonni konkretlashtirish va moslashtirish yo`li bilan loyihalanadi. Original detallar uchun texnologik jarayonning pasayuvchi loyihalashi bajariladi; u loyihalashning printsipial sxema, marshrut va operatsion texnologiya, uskuna va asboblarni loyihalash va sonli – dasturaviy boshqariladigan dastgohlar uchun boshqaruvchi sintez qilish bosqichlaridan tarkib topadi. ALTda loyihalash rejimlari. Qandaydir marshrutni bajarishda inson
ishtiroki va EHMdan foydalanishning tavsifi va ishtirok etish darajasi bo`yicha loyihalashning bir qancha rejimlarini farqlashadi. Avtomatik rejim yechimga inson aralashmasidan EHMda formal algoritmlar bo`yicha loyihalash bajarilganda qo`llanadi. Qo`l (avtomatlashtirilmagan) rejim marshrut EHM yordamisiz bajarilishi bilan tavsiflanadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash agar marshrutdagi loyihaviy protseduralarning bir qismini inson qo`lda, qolgan qismini esa EHMdan foydalanib bajarsa, bunday loyihalash qisman avtomatlashtirilgan bo`ladi. Bunday rejim loyihalash past darajada avtomatlashtirilganini aks ettiradi. Dialogli (interaktiv) rejim ancha takomillashgan rejim bo`lib, unda marshrutdagi hamma protseduralar EHM yordamida bajariladi, inson ishtiroki esa loyihaviy protseduralar yoki operatsiyalar natijalarini operativ baholashda, davom ettirish yo`llarini tanlashda va loyihalash borishini korrektirovka qilishda namoyon bo`ladi. Agar dialog initsiatori inson bo`lsa, unga EHMdagi avtomatik hisoblarni istalgan paytda uzish imkoni berilgan bo`lsa, bunday dialog aktiv deyiladi. Agar hisoblashni uzish EHMda bajarilayotgan, oldindan nazarda tutilgan ma`lum momentlarda dastur buyruqlari bo`yicha amalga oshirilsa, ya`ni loyihalovchi dialog initsiatori bo`la olmasa, u holda dialog passiv deyiladi. ALT rivoji, xususan, loyihalashning avtomatlashtirilishi darajasining ortishi yo`nalishida bormoqda. Lekin ALT bilan dialog rejimida ishlashda zarurat solmoqda, chunki murakkab tizimlarni loyihalash jarayonini to`lig`icha formallashtirib bo`lmayapti va ba`zi hollarda inson ishtiroki qaror qabul qilishni tezlashtirish imkonini bermoqda.

Adabiyotlar:



Yüklə 41,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə