Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 245,24 Kb.
səhifə1/2
tarix22.04.2023
ölçüsü245,24 Kb.
#106681
  1   2
Diqqat va kasb tanlash masalalari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

 

Reja:

 

1.Kirish

2. Asosiy qism

3.Diqqat turlari, ularning xuxusiyatalari va rivojlanishi. Kasblarni shaxs

diqqatiga qo’yadigan talablari.


Diqqat va kasb tanlash masalalari.
 
Reja 
4.Diqqat turlicha sifat ko`rinishlari bilan ta’riflanishi

Kirish

Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxs ning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxs ning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan.

Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxs ning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxs ni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta’limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.

Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo‘naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.

 

Diqqat turlari, ularning xuxusiyatlari va rivojlanishi. Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari. Muhandis xodimlarning bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz. Diqqat va uning muhandis xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. Diqqat kishi faoliyatining barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Muhandisxodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning muhandisfaoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.


Yüklə 245,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə