Reja: Kirish Asosiy qism


Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat- ning ikkita asosiy turi mavjud



Yüklə 245,24 Kb.
səhifə2/2
tarix22.04.2023
ölçüsü245,24 Kb.
#106681
1   2
Diqqat va kasb tanlash masalalari

Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat- ning ikkita asosiy turi mavjud:

ixtiyorsiz diqqat;

ixtiyoriy diqqat.


Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo'ladi va qo'llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo'lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi.

Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina- digan diqqat-e'tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo'ladi. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o'z oldiga ma'lum bir vazifa qo'ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo'lsa yuz beradi.

Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topadi. Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke- chishini boshqarib turishdan iborat.


Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira- dan o'zi uchun zarur ma'lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, to'g'ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo'ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo'ladi.
Diqqatni kuchli qo'zg'atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va bo'yoq, kuchli hid jalb etadi.

Diqqatning taqsimlanishi ikki va undan ko'proq faoliyat turlari- ning (bir qancha harakatlarning) bir vaqtning o'zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog'liq xususiyat. Diqqatning yuksak daraja- da taqsimlanishi - ko'pgina hozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Masalan, operatorlar, ko'plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi.


Diqqat turi

Paydo bo`lish shartlari

Asosiy xarakteristikasi

Asoslari

Ixtiyoriy

Vazifani qabul qilishi

Vazifaga asosan yo`nalganlik, irodaviy zo`r berish, uzoq muddatli diqqatning to`planganligi toilqtiradi

Ikkinchi signal sistemasini etakchi o`rni

Ixtiyoriydan
So`nggi diqqat

Qiziqishi bilan yuzaga kelgan faoliyatga “kirish”

Maqsadga yo`nalganlik saqlab qolinadi, toliqish bo`lmaydi, qiziqish ortadi.

Faoliyat jarayoniga bo`lgan qiziqishi dominantasidi.

Ixtiyorsiz diqqat

Kuchli qo`zg`atuvchi asosida yuzaga keladi.

Beixtiyoriylik, engillik, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o`tiladi.

Shaxsni qiziqishini namoyon qilyvch yoki xarakterlovchi dominanta

ADABIYOTLAR:

A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora. 50-52 bet

E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003. 20-bet

I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov. 50-60 betlar

Moskva,1997 Moskva, 1992B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami.-Toshkent,2003.30-bet.


Yüklə 245,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə