Fizikani bosqichli o‘qitishning xususiyatlari



Yüklə 159,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü159,69 Kb.
#134643
1   2
Fizikani bosqichli o\'qitishning xususiyatlari

nazariyga bо‘lish mumkin. О‘qitishning empirik metodlar uchun 
shunday usullari, ko‘zatish, eksperiment, gipotezalarni olib chiqish, 
jarayon yoki hodisalarni mumkin bо‘lmagan tomonlarini abstraktlash, 
olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va solishtirish, induksiya, tajriba 
dalillarini umulashtirish va tizimlashtirish (sistemalashtirish)lar о‘ziga 
xos harakterlidir. О‘qitish nazariy metodlari uchun ideallashtirish
modellashtirish, xayoliy eksperiment 
о‘tkazish, nazariy tahlil, 
gipotezalarni olib chiqish, analogiya, diduksiya kabilar ham harakterli 
bо‘ladi. Boshqacha aytganda, bunday klassifikatsiya uchun logik usullar 
о‘qitish metodlarining asosiy elementi bо‘lib qoladi. 
Bilish faoliyatiga qarab usullar quyidagilarga ajraladi: 
axborotli-retseptiv yoki illyustrativ-tushuntirish reproduktiv muammoli 
bayon evrestik yoki yarim tadqiqot va tadqiqot. Bu usullar bilish 
faoliyatining kuchlanishiga qarab guruhlashtirilgan. Bunda usul


о‘quvchi о‘qituvchi hamkorligida bilim olish jarayonidagi faoliyatida 
tafakkurini qanchalik ishlatishi bilan izohlanadi. 
Agar о‘qituvchi tomonidan tashkil qilingan bilish faoliyati, uning 
bergan bilimlarini eslab qolish v.a ularni qayta aytib berish bilan bog‘liq 
bо‘lsa, unda о‘quvchilar aqlini faol ishlatmay, xotirasini ishga solib, yod 
olish bilan cheklanadilar. Bunday usul reproduktiv usul deyiladi. Agar 
о‘qituvchi talabalar tafakkurini yuqori kuch bilan ishlashga majbur 
qiladigan usullarni qо‘llasa, ular yarim tadqiqot va tadkiqot 
usullari deyiladi. 
Axborotli-retseptiv usullar quyidagi belgilar bilan izohlanadi: 

о‘quvchi va talabalarga bilimlar tayyor holda beriladi; 

о‘qituvchi turli uslublar bilan bu bilimlarni qabul qilib olishni 
ta’minlaydi; 

talabalar bu bilimlarni о‘zlashtirib (retsepsiya), ularni tafakkuridan 
о‘tkazib, xotirasida saqlaydi. 
Bunday usullarni qо‘llaganda barcha axborot manbalaridan 
foydalaniladi (sо‘z, kо‘rgazmalilik va hokazo). Bayon qilish jarayonida 
mantiqning induktiv yо‘li bilan bir qatorda deduktiv yо‘lidan ham 
foydalaniladi. 
Reproduktiv usulning quyidagi belgilari mavjud: 

о‘quvchi va talabalarga bilim tayyor holda beriladi; 

о‘qituvchi bilimni beribgina qolmaydi tushuntirib be-radi; 

о‘quvchi va talabalar tushungan holda bilimlarni о‘zlashtiradilar va 
xotiralarida saqlaydilar.
Ularning о‘zlashtirganlik darajasi, berilgan ma’lumotlarni tо‘g‘ri 
aytib berishi reproduktiv bilan izoxlanadi; 

puxta о‘zlashtirishiga kо‘p marotaba qaytarish yо‘li bilan 
erishiladi.
Bu va bundan oldingi aytilgan axborotli-retseptiv usullarning 
afzalligi hamda keng qо‘llanishining sababi, ularning tejamkorligi bilan 
belgilanadi. Bu usullar orqali kam vaqg ichida kam kuch sarflab, kо‘p 
bilimni oshirib bersa bо‘ladi.


Inson faoliyati yo reproduktiv (bilgan yо‘ldan og‘ishmay uni 
aynan qaytarish), yoki ijodiy (maqsadga yetish yо‘lini о‘zi izlab topadi) 
bо‘lishi mumkin. Bu yerda shuni aytib о‘tish joizki, har qanday ijodiy 
harakatdan oldin reproduktiv harakatlar bо‘ladi. Shuning uchun bu 
usulni mensimaslik joiz  emas. Ammo, uni qо‘llashga ham qattiq berilib 
ketmaslik lozim. Eng yaxshisi, reproduktiv usul bilan bir qatorda boshqa 
usullardan ham birday foydalanish yaxshi samara beradi. 
Muammoli bayon usuli oraliq usul hisoblanib, kо‘r qorilardek 
yod olish va uni aytib berishdan, mustaqil fikr yuritishga о‘tish uchun 
xizmat kiladi. Bolalar, rivojlanishning ma’lum bir bosqichida, mustaqil 
fikr yurita olmaydilar. О‘qituvchi va pedagog talaba-yoshlar oldiga 
muammoni qо‘yib, uni yechish yо‘llarini о‘zi bayon qilib beradi. 
Shunda talabalar muammoni yechishda ishtirok etmasalar ham
о‘qituvchining sinf oldiga qо‘yilgan muammoni mohirona yechishini 
ko‘zatib, ilhomlanadilar va muammoni о‘zlari yechishni istab qoladilar.
Evrestik yoki yarim tadqiqot usul quyidagi belgilari bilan 
harakterlanadi: 

о‘quvchilarga bilim tayyor holda berilmay, u mustaqil ravishda 
topiladi; 

о‘qituvchi turli vositalar yordamida, mustaqil ravishda bilim olishni 
tashkil qiladi; 

о‘quvchi va talabalar о‘qituvchi yoki pedagog yordamida mustaqil 
fikr yuritishga va shu orqali yangi bilimlarni topishga о‘rganadilar, 
Ular mustaqil ravishda muammolarni yechish yо‘llarini izlaydilar. 
Topilgan 
natijalarni 
tahlil 
qiladilar, 
taqqoslaydilar, 
umumlashtiradilar va yakun yasaydilar.
Bu usulning yarim tadqiqot deb nom olganligining sababi, 
о‘quvchi va talabalar avval hech qachon mustaqil ravishda bilim 
olishmagan bо‘lishsa, bu vazifani bajarishga qiynaladilar. Shuning. 
uchun о‘qituvchi va pedagoglar ularga yordam beradilar. Bu usul 
qо‘llanganda о‘qituvchi — о‘quvchi - sxemasi bо‘yicha amalga oshiriladi. 
Bilimning bir qismini pedagog aytib, qolganini topish talabalarga qо‘yib 
be
riladi. 


Tadqiqot usulining mohiyati esa quyidagicha: 

pedagog talabalar bilan birga muammoni shakllantiradi va uni hal 
qilish uchun talabalarga muddat beriladi; 

о‘quvchi va talabalarga bilim aytilmaydi. Uni talaba-larning о‘zlari 
mustaqil ravishda izlab topadilar.

Shunda,bilimni topish chora-tadbirlarnni ham о‘quvchilarning 
о‘zlari belgilaydilar; 

о‘qituvchi 
va 
pedagogning 
faoliyati 
talabalar 
izlanishini 
boshqarishdan iborat bо‘ladi; 

bu usulda о‘quv jarayoni о‘ta jadal va yuqori qiziqish orqali 
kechishi bilan, topilgan bilimlar chuqur, ta’sirchan va inchunin 
bolalar xotirasida o‘zoq saqlanishi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Bu usulning kamchiligi, unga kо‘p vaqt hamda о‘quvchi va 
о‘qituvchilardan anchagina kuch sarflanshini talab qiladi, 
Didaktik maqsadlarga kо‘ra usullar ikki guruhga ajraladi: 
1. Bilimlarning birlamchi о‘zlashtirilishiga xizmat qiluvchi usullar; 
2. Egallangan bilimlarni mustahkamlashga va takomillashtirishga 
yо‘naltirilgan usullar. 
Birinchi guruhga: axborot — rivojlantiruvchi usullar (og‘zaki bayon, 
suhbat, kitob bilan ishlash), evrestik (izlanuvchan) usullar (evrestik suhbat, 
munozara, laboratoriya ishlari); tadqiqot usullari kiradi.Ikkinchi guruhga: 
mashq (nusxaga qarab kо‘chirish, sharhlangan mashqlar, variantli 
mashqlar va hokazo) va amaliy mashg‘ulotlar kiradi. 
Didaktikada keng tarqalgan usullar guruhi, bu akademik Y.K. 
Babanskiyning taklif qilgan tasnifidir. Bunda uch yirik usullar guruhi 
ajratilgan: 
1. О‘qish-о‘rganish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish 
usullari; 
2. О‘qish-о‘rganish faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiyalash; 
3. О‘qish-о‘rganish faoliyatining samaradorligini tekshirish va 
о‘zini о‘zi nazorat qilish usullari. 


О‘qish-о‘rganish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish 
usullari, о‘z navbatida, tо‘rt guruhga bо‘linadi: 
1.
Manbalar jihatidan — og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy; 
2.
Mantiqiy jihatdan — induktiv va deduktiv; 
3.
Fikr yuritish bо‘yicha — reproduktiv va muammoli izla-nysh; 
4.
Boshqarilishi jihatidan — mustaqil ishlash va о‘qituvchi 
rahbarligida ishlash usullari. 
Uqish-о‘rganish faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiyalash 
usullari ikki guruhdan iborat:
1. О‘qishga qiziqishni asoslash va uni rag‘batlantirish 
2. О‘qishga bо‘lgan mas’uliyatni asoslash va rag‘batlantirish.
О‘qitish-о‘rganish faoliyatining samaradorligini tekshirish о‘zini 
о‘zi nazorat qilish usullari, о‘z navbatida, uch guruhdan iborat: 
1. Og‘zaki tekshirish va о‘ziny о‘zi nazorat qilish darslari; 
2. Yozma ravishda tekshirish va о‘zini о‘zi nazorat qilish usullari; 
3. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar orqali tekshirish hamda 
о‘zini о‘zi nazorat qilish usullari. 
Tadqiqotlar 
shuni 
kо‘rsatdiki, 
usullar 
asosan 
quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: о‘qitish, rivojlantirish, tarbiyalash, о‘qishga 
qiziqishni rag‘batlantirish, nazorat qilish va to‘zatish.
Aytib о‘tilgan pedagogik usullarning birontasi ham kamchiliklardan xoli 
emas. Shuning uchun usullar nazariyasi tinimsiz taraqqiy etib, barcha 
о‘qituvchi va pedagoglar talabiga birday javob beruvchi usullar 
izlanmoqda. Shu izlanishlar natijasi sifatida о‘quv jarayonining 
texnologiyalashgan usuli vujudga keladi.
TALABA MUSTAQIL RAVISHDA QUYIDAGI SAVОLLARGA 
JAVОB TAYYORLASHI LОZIM. 


1.Fizika kursini qurilish sistemasi haqida ma’lumot bering? 
2.Fizika o‘qitishda radial o‘qitish usuli haqida ma’lumot bering? 
3.Fizika o‘qitishda konstentrik o‘qitishni tushuntiring? 
4.Fizika o‘qitishda bosqichli tuzilishini aytib bering? 
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN VAZIFA 
O’tilgan mavzuni o’qib-o’rganish va o’quv adabiyotlaridan 
konspekt qilish.
O’z o’zini fizika fani bo’limlarini qay darajada bilish darajasini 
baholash. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 


1.,,Fizika o’qitish metodikasi’’ o’quv uslubiy majmua 
Dot.G.S.Uzoqova. 

Yüklə 159,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə