University of science and technologies

Yüklə 113,45 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü113,45 Kb.
#154904
8-mavzu

University of science and technologies.

Mavzu: Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy, intuitive, bilish darajalarining o`zaro aloqasiva farqi

  • Tayyorladi:
  • Guruh:

Reja: 1. Hissiy darajadagi bilimning shakllari. 2. Empirik bilim va uning shakllari. 3. Nazariy bilim darajasi va uning s hakllari.

Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a'zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.

Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in'ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta'mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hokazolar tashqi ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi.

Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in'ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob'ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim kuzatish va eksperiment, tavsiflash, taqqoslash, o‘lchash va dalillar kabi metodlar yordamida shakllanadi.

Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob'ektni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob'ektni boshqa ob'ektlar bilan har xil tarzda bog‘lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga ma'lum bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin.

Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun'iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi.

Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun'iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi.

Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba'zan juda murakkab texnika vositalari, ya'ni asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob – bu insonning sezgi a'zolari bilishi mumkin bo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalarga ega bo‘lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a'zolarimizni kuchaytirishi, ob'ekt xossalarining faollik darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob'ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.

Tavsif. Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‘li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida ifodalanishi ham mumkin. Tavsifga qo‘yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment ma'lumotlarini to‘g‘ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to‘liq yoki noto‘liq bo‘lishi mumkin, biroq u doim materialni ma'lum darajada tizimga solishni, ya'ni uni guruhlash va umumlashtirishni nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod doirasidagina qoladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Yüklə 113,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə