Reja: Hissiy darajadagi bilimning shakllari



Yüklə 25,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü25,5 Kb.
#153248
  1   2
Документ DOC


Mavzu: Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy, intuiktiv bilsih darajalarining o’z aro aloqasi va farqi.
Reja:

  1. Hissiy darajadagi bilimning shakllari

  2. Emperik bilim va uning shakllari

  3. Nazariy bilim va uning shakllari

1. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Sezgi a’zolari yoki arsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etishi natijasida olingan bilimhissiy bilamdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi va idrok. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. Sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in’ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin deb qayt etadi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o‘xshash.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi.


  1. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in’ikosi bo‘lishi mumkin. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli obyektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
    Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi.
    Kuzatish – bilish obyektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan obyekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.
    Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida obyekt yo sun’iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi.

  2. Nazariy bilishga kelsak, unda boshqa tadqiqot vositalari qo‘llaniladi. Bu yerda o‘rganilayotgan obyekt bilan moddiy, amaliy o‘zaro ta’sirga kirishish vositalari mavjud emas. Biroq nazariy tadqiqot tili ham empirik tavsiflar tilidan farq qiladi. Uning negizi sifatida nazariy ideal obyektlarni anglatuvchi nazariy atamalar amal qiladi. Ular shuningdek ideallashtirilgan obyektlar, mavxum obyektlar yoki nazariy konstruktlar deb ham ataladi. Ular borliqning mantiqiy rekonstruksiyalari hisoblanadigan alohida abstraksiyalardir. Birorta ham nazariya bunday obyektlar yordamisiz yaratilmaydi.




Yüklə 25,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə