Xalqaro Nordik universiteti yozish va taqdimot qilish komptenesiyasi fanidan Bilim va uning shakllari mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 11,11 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü11,11 Kb.
#152774
Idrok fenomenlari.

Xalqaro Nordik universiteti Bolalar psixologiyasi fanidan Idrok fenomenlari. mavzusida tayyorlagan taqdimoti Talaba: 1-MTS-23 guruh talabasi Rizakulova Xursandoy Isroil qizi O’qituvchi: _____________________


Idrok fenomenlari.
Reja:
  • Idrok fenomenlari.
  • Idrokning xususiyatlari.
  • Idrokning turlari.

Psixologiyada ko‘rish illyuziyalarining o‘rganilishi muayyan o‘zi-ning tadqiqot tarixiga ega. Baʼzi qollarda narsalar noto‘g‘ri, yang-lish idrok etilishi mumkin. Narsa va hodisalarning bu tariqa no-to‘g‘ri idrok qilinishi illyuziya deyiladi. Masalan, agarda biz quyi-dagi rasmda ko‘rsatilganidek ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarimizni chalishtirsak, no‘xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan hol-dagi ikkala barmog‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek, ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizningtagida bitta emas, balki ikkita no‘xat bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo‘lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi.
Og‘irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil ko‘rinishdagi ikki buyumni ketma-ket tarzda ush-lab turilsa, uning kattasi yengilroq ikkinchisi og‘irroqdek tuyula-di. Go‘yoki metalldan yasalgan 1 kg tarozi toshi xuddi shu vazndagi paxtadan og‘irroqsek inson tomonidan his qilinadi. Bunday psixo-logik hodisaga geometrik illyuziyalar deb nom berilgan. Masalan, uzunligi bap-baravar bo‘lgan ikki chizikdi chetlariga ikki xil bur-chaklar chizilsa, u holda illyuziya hodisasi yuz beradi, yaʼni burchakla-ri ichkariga yo‘naltirilgan chiziq kaltaroq bo‘lib ko‘rinishi mum-kin. Bir nechta parallel chiziqlar ustidan qiya chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar parallel emasdek tuyuladi, go‘yoki har xil tomonga yoyilib ketgan chiziqlardek idrok qilinadi.
Illyuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari har qanday aqli raso (mukammal) insonlarda sodir bo‘ladigan illyuziyalardan hisob-lanadi. Bunday tarzdagi illyuziyalarning muayyan darajadagi qonu-niyatlari mavjud. Masalan, yuqorida keltirib o‘tilgan Arastu illyu-ziyasi paydo bo‘lishining asosiy sababi shundan iboratki, bunda bitta narsa barmoquchlarimizningterisi yuzasidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatda, esa tabiiy sharoitda bitta narsa xuddi shu ikki nuq-taga hech qachon bir davrning o‘zida tegib turmaydi. 
Shuningdek, og‘ir-ligi barobar, ammo kattaligi har xil bo‘lgan buyumlardan kichikrog‘i kattarog‘iga qaraganda og‘irroq ko‘rinishining sababi shundaki, shaxs hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan og‘ir ekanligi-ni o‘z tajribasida hamisha sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil narsalarni ko‘z bilan idrok qilganda beixtiyor shu shaxsiy tajribaga tayanadi-da, kattaroq buyumni ushlaganda kattaroq zo‘r beradi, ki-chikroq jismni qo‘lga olganida esa unchalik zo‘r bermaydi. Buning natijasida og‘irligi barobar bo‘lganligi bilan zo‘r berishi yoki mus-kullarning qarshilik ko‘rsatishi tufayli sarf qilingan kuch-quvva-ti har xil ekanligi sababli kichikroqbuyum og‘irroqsek his qilina-di.
Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Masa-lan, sahroda cho‘llagan inson uzokda yarqirab turgan sho‘rxok yerni ko‘l deb idrok qilishi, lekin bu illyuziyani sarobdan farq qila olishi joiz yoki o‘rmondagi to‘nka qo‘rqoq insonning ko‘ziga bironta yirtqich hayvonga o‘xshab ko‘rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
Odatda, illyuziyani gallyusinatsiyadan farqqila olish lozim. Il-lyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi aʼzolariga taʼsir etib turgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyu-sinatsiya yo‘q, mavjud emas narsalarni «tashqi taassurotsiz” idrok qilinishidir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek ko‘rinishi, yo‘q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning dimoqqa uri-lishi va hokazolar gallyusinatsiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Gallyusinatsiya shaxsning biror narsa va holatni ko‘rgandek, eshit-gandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tasavvurlarning aks etishi-dir, xolos. Gallyusinatsiya hodisasi ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro‘y berishi mumkin.
Mabodo, jismning chetlari orasidagi masofani ko‘rish illyuziya-sini anikdash maqsadida A.L.Yarbus tajribasini tahpil qiladigan bo‘lsak, u holda quyidagilarni ko‘rib chiqish ayni muddaodir. Maz-kur tadqiqot oldiga qo‘yiladigan maqsad jismlarning chekkalari orasidagi masofani solishtirish va ko‘z bilan kuzatish (chamalash) orqali baholash jarayonida paydo bo‘ladigan qator optik illyuziya-larni tushuntirib berishdan iboratdir. Masalan, quyidagi illyuzi-yani ko‘zdan kechirishni ushbu toifaga taallukdi ekanligini taʼkid-lab o‘tish mumkin.
Yuqoridagi mulohazalar shunday taxminga olib kelishi mumkin-ki, mazkur holatda idrokda shunday tendensiya mavjudki, bunda pred-metlarning chetlari orasidagi masofa emas, balki predmetlarning o‘rtasidagi masofa belgilanadi. Ushbu ilmiy farazni quyidagicha isbot qilish mumkin. Shuning uchun 4-rasmdan o‘ziga xos voqelik kelib chiqadiki, bunda idrokda berilgan vertikal to‘g‘ri chiziqbilan aylana o‘rtasidagi ma-sofaning kattalashishi, odatda, ushbu holatda aylananing mavjudli-gi bilan shartlangandir. Endi idrok qilishdagi ikki aylananing ular orasidagi masofa-gataʼsirini ko‘zdan kechiramiz. 5-rasmda ikkita vertikal to‘g‘ri chiziq bilan ikkita aylana berilgan.
Illyuziya fenomenlarini tadqiq etish yuzasidan bir qancha naza-riyalar paydo bo‘lgan va ular ichida geshtaltnazariya alohida ahamiyat kasb etadi. Geshtaltpsixologiya maktabi boshqalardan farqli o‘laroq ko‘proq inson idrok qilayotgan narsalardan stimullarning o‘zaro alo-qasinyng ahamiyatliligini alohida taʼkidlaydi hamda konstantlik gipotezasi (farazi)ning xato ekanligini ko‘rsatib beradi. Aynan xuddi shu nazariya umumiy taʼlimot sifatida illyuziyalarni o‘rga-nish jarayonida muayyan darajada yaroqli hisoblanadi.
Ushbu nazariyaning XX asr variantiga ko‘ra illyuziyani ko‘z haraka-ti keltirib chiqarmaydi, balki taradudlanish yoki ko‘z muskullariga berilgan xato kuchlanishidan boruvchi asab tizimi buyrug‘iga bog‘liq-dir. Nazariyaning variantiga, shuningdek, ko‘z harakatlari amalga oshmagan davrda, yaʼni qisqa muddatli kuzatuvda illyuziyaning hosil bo‘lishi kabi omillar ham go‘yoki qarama-qarshi kelmaydi. Baʼzi bir psixologlarning mulohazasicha, joyni, uzunlikni va shaklni idrok etishdagi ko‘z harakatlari stimul konfiguratsiyasininghar bir bo‘lin-masini qayd qilish (fiksatsiyasi) uchun talab qilinadi, deb taxmin etiladi. Xuddi shu bois bu nuqtai nazarga binoan ko‘z burchagi bilan ajratilgan strelka egallagan katta maydonda harakatlantirishda Myuller-Layer illyuziyasiga ko‘ra uchlarini birlashtiruvchi strelka band qilgan maydon bo‘yicha harakatlantirilganda birmuncha kamroq uzunlik tasavvurini yuzaga keltiradi.
Xulosa
Shunday qilib, a rasmdagi vertikal to‘g‘ri chiziq b rasmdagiga qaraganda uzunroq ko‘rinadi, chunki a tasvirdagi chiziq kuzatuvchidan uzoqroqda bo‘lgandek tuyuladi va shuning uchun uzunroq ko‘rinishga egadir.
Idrok etilish chuqurligi orasida hech qanday farqbo‘lma-gan taqdirda ham mavjuddir.
Garchi u mavjud ekan, baribir konstantlikning modifikatsiya-langan gipotezasi talablariga muvofiq ravishda chuqurlik mavjud bo‘lganda ham illyuziya o‘zgarmaydi. Bu gipotezadan shuni anglash mum-kinki, manzara tasviri konstantlik samarasiga mos kelmaslikka olib keladi. Barcha chuqurlik belgilarining o‘zaro qarama-qarshi taʼsiriga qara-masdan shuni taʼkidlash kerakki, chuqurlik va uning mavjud emasli-gi idrokning ongli bo‘lishi sari yetaklaydi. Shunday qilib, illyu-ziyalarning bevosita konstantlik nazariyasini takomillashtirish bilan tushuntirish mumkin emas. Faqat baʼzi hollardagina konstant-lik mexanizmi ularning baʼzilarini tushuntiradi. Ponzo illyuzi-yasini maʼlum darajada test chiziklarini turli masofada idrok etish tendensiyasi bilan kuchaytirish kuzatiladi.
Adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 
6. S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 11,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə