O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#143869
1   2   3   4   5   6
Murtozayev M

TUPROQQAL’A HAROBALARI

  • Qadimgi Naxshab, Nashebolo, Nasaf nomlari bilan mashhur shaharning qadimgi xarobalari hozirgi Yerqo'rg'onda joylashgan bo'lib, hozirgi Shayxali bekati hududida zamonaviy Qarshi shahri ma'muriy hududining shimoliy chegaralaridan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan.
  • Yerqo'rg'onning hududi ichki va tashqi devorlari chegarasida eski shahar xarobalaridan iborat bo`lgan turli xil kattalikdagi balandliklar bilan o'ralgan. Eng katta balandlik hukmdor qasri ekanligi ma`lum bo'ldi. shuningdek, sitadel (qal'a ichidagi qo'rg'on), shahar ibodatxonasi, maqbara, zardushtiylik ibodatxonasi, hunarmandlar mahallalari qazib olindi. Yerqo'rg'on atrofida, butunlay yo'qolib ketgan, o'zaro zich joylashgan shahar oldi imoratlar bo'lgan va ilk ming yillikning birinchi yarmida keng jihozlangan shahar oldi hududi g'arbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha cho'zilgan. Yerqo'rg'ondagi shahar VI asrda eftalitlar davlatini ishg'ol qilish davomida Turk xoqonligi va eron sosoniylarining birlashgan kuchlari tomonidan yoqib yuborilgan va vayron qilingan.
  • Yerqo'rg'on shahri qazilmalaridan olingan ko'plab buyumlar to'plami Qarshi vohasi hamda poytaxt shahri tarixi va madaniyati bir necha bosqichda rivojlanganligini isbotlashga yetarli asos bo'la oladi.

YERQO’RG’ON SHAHAR QOLDIQLARI

  • Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna Shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom- davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar etarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.
  • Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:
  • Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
  • Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning Shaharlarga aylanish.
  • Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.
  • Sharqiy Eron kabilalarining migratsiyasi.
  • Arxeologik nuqtai nazardan, Yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi YOz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar YOz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan.

JARQO’TON YODGORLIGIDA TADQIQOTLAR

Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda davlatchilik jamiyatning ichida, o‘z ichki qonuniyatlari asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. SHakllana boshlagani 3,5 ming yildan kam emasligi ilmiy jihatdan asoslangan Baqtriya davlatchiligi buning yorqin misolidir. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə