O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#143869
1   2   3   4   5   6
Murtozayev M

Katta Xorazm davlati Olimlarning fikricha, Areshiena, «Avesto»da tilga olingan Vishtaspning podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX-VIII-asrlarda Drangiana, Satagadiyab Ariya, Margiyona, Amudaryo o’rta oqimidagi yerlarni birlashtirgan. G`arb olimlari V.B. Xenning va I.Gershevichlarning fikricha, Kavi Vishtaspning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» bo’lgan. Bu masala xali to’liq o`z yechimini topgan. S.P.Tolstov va Ya.G`.G`ulomovlar Xorazm davlati qadim zamanlardanoq aynan Amudaryoning quyi oqimlarida yuzaga kelgan degan fikrni ilgari surishgan. Bu davlat xududi xozirgi Xorazmdan ancha katta bo’lgan. Miloddan avvalgi so'nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o'ziga xos sun'iy sug'orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo'lgan shahar-qal'alar Qal'aliqir, Ko'zaliqir, Jonbosqal'a va boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan daloiat beradi. Negaki, bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o'zgarishlar davlat boshqaruvi yo'li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo'lgan. /jfQadimshunos olim Ya.G'ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha o'nlab metrdan iborat kana! o'zani, obod dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o'z hududiy chegaralariga ega bo'lgan o'lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma'lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo'ylab 360 dan ziyod sun'iy sug'orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho'lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan.f Gerodot taassurotlarida Xorazm o'lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega boiib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug'doy, suli, arpa, meva-sabzavot-chilik mahsulotlarini mo'1-ko'l yetishtirganligi qayd etib o'tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g'isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko'rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o'ziga xos ko'rkamligi ta'minlangan. Bu ko'hna hudud bag'rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o'tib, saqlanib kelayotgan ko'plab osori atiqalar, shahar-qal'alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadiJ Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog'-kon ishlari ancha rivojlangan. 


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə