O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#143869
1   2   3   4   5   6
Murtozayev M

Mil.avv.VIII asrning oxiri – VII asrga kelib O‘rta Osiyoning janubidagi qishloqlar rivojlanishiga jadallik bilan o‘zgarishlar boshlanib Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida o‘zida Shaharsozlik belgilarini (mustahkam devorlar, saroylar, burjlar, xandaqlar, devorlardagi o‘q otish yo‘laklari va boshq.) aks ettiruvchi makonlar paydo bo‘ladi. Ilk temir davriga oid bunday manzilgohlarning soni Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyonada 20 tadan ziyodroq. Asosiy manzilgohlar esa (maydoni 5 gadan kam) qishloq qo‘rg‘onlari, uchun katta bo‘lmagan alohida qal’alar va dexqonchilik qishloqlaridan iborat. Shaharlar turiga kiritish mumkin bo‘lgan, kattagina qo‘rg‘onli mustahkamlangan manzilgohlar ayrim qadimgi dexqonchilik viloyatlarida (Surxon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va boshq.) bitta yoki ikkitadan ko‘p bo‘lmagan.

Qadimgi Baktriya davlati Miloddan avvalgi 700-540-yillarda qadimgi Baktriya davlatining (Baktriya, Margiyona Sugdiyonaning bir qismi) ancha rivojlangan davri bo’lib, uning hududlari Murg`ob vohasi, Hindikush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlarigacha borib yetgan deb taxmin qilinadi. Baktriya bu davrda Xorazm davlati va sak-massagetlar harbiy-siyosiy uyushmasiga chegaradosh bp’lgan. Margiyona va Sugdiyona Baktriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida ham ayrim ma`lumotlar mavjud.

Qadimgi Baktriya davlati Miloddan avvalgi 700-540-yillarda qadimgi Baktriya davlatining (Baktriya, Margiyona Sugdiyonaning bir qismi) ancha rivojlangan davri bo’lib, uning hududlari Murg`ob vohasi, Hindikush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlarigacha borib yetgan deb taxmin qilinadi. Baktriya bu davrda Xorazm davlati va sak-massagetlar harbiy-siyosiy uyushmasiga chegaradosh bp’lgan. Margiyona va Sugdiyona Baktriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida ham ayrim ma`lumotlar mavjud.

Hozirgi Afg‘onistonning Shimoli-Sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli Yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“SHohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).

  • Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini Shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq Shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi.
  • A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi Shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoShahar, Ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshoatini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi Shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq Shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə