Buxoro amirligi Xiva xonligi



Yüklə 20,77 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü20,77 Kb.
#149603
  1   2
Документ Microsoft Word


Taqqoslash

Buxoro amirligi


Xiva xonligi


Qo'qon xonligi


Tashkil topishi


1756-yil
1920-yil tugatilgan.




1512-yil
1920-yil tugatilgan.




1709-yil
1876-yil tugatilgan.




Hududi

Buxoro shahri, Vobkent, G’ijduvon, Qorako’l, Vardonze, Qashqadaryo,Miyonkol, Xo’jand, Toshkent, Hisor, Balx, Andxoy, Maymana, Badaxshon Shibirg’on

Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda Eron va Marvgacha, shimolda Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha yetgan. 


Bu davlat hududiga Qo’qon,Namangan,Marg’ilon, O'sh,Andijon, Konibodom,Isfara va atrofidagi qishloqlar kirgan.Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga yurish qilinib Samarqand egallandi (1732-yil).


Siyosiy ahvoli


Xo’jand, Toshkent, Hisor vaqtvaqti bilan esa Xuzor, Shahrisabz, Nurota, shuningdek, Amudaryoning o’ng sohilidagi Balx, Andxoy, Maymana, Badaxshon va Shibirg’onlar ham Buxoroga vassal bo’lishiga qaramay, unga itoat etmay qo’yishdi. Bu davrga kelib Buxoro amirligida iqtisodiy, siyosiy va hududiy parokandalikning yuzaga kelishining bosh sababi – bu so’nggi ashtarxoniylar davriga kelib Buxoro xonligida hukm surgan o’zaro feodal janjallar va kelishmovchiliklar edi.


XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi. Buning asosiy sabablaridan biri-Amudaryoning o’z o’zanini o’zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo’yganligi bo’ldi. Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo’nalishiga burildiki, natijada eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylandi. Axoli esa xonlikning boshqa xududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda 2 marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o’zaro qabilaviy urushlar, og’ir soliqlar xamda turli to’lov va jarimalar mamlakat axolisini xonavayron qilgan. Bu xol savdo-sotiqqa kata putur yetkazgan.


XVI asrda Xiva-Buxoro munosabatlari. Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan 2 davlat - Buxoro va Xiva xonlig’ o’rtasida doimo o’zaro dushmanlik munosabatlari xukm surgan. Buning asosiy sababi-xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari xisobiga o’z xududlarini kengaytirishga urinishlari bo’lsa, 2-si, Buxoro va Xiva xonligida xukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.


19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shim. viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi. Chorizm qoʻshinlari uning shim.gʻarbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Fargʻona vodiysi bilan cheklanadi.


Iqtisodi



XIX asr o’rtalari – XX asr boshlarida Buxoro amirligida dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq mamlakat iqtisodining asosiy tarmoqlari hisoblanardi. Dehqonchilik sohasida bug’doy, arpa, jo’xori, poliz va sabzavot ekinlari yetishtirishga ancha katta e’tibor berilgan. Uzumchilik hamda bog’dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Qarshi, Kattaqo’rg’on hududlarida tamaki yetishtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Amirlikda sholikorlik ham yaxshi rivojlapgan. Jumladan, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on kabi vohalarda ko’plab sholi yetishtirilgan. Rossiyaga paxta tolasining 35 ko’p mikdorda sotilishi tufayli, XIX asr boshidan boshlab paxtachilikni rivojlantirishga e’tibor ancha kuchaytirilgan. D.N.Logofetning ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro amirligining «Qashqadaryo vohasi, Surxondaryo vohasi, Yakkabog’, Kitob, Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G’uzor, Termiz tumanlarida paxta katta miqdorda yetishtirilgan». 1 Ayniqsa, Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida aloqaning o’zaro yaxshilanishi tufayli, XVI asrdan boshlab XIX asr ikkinchi yarmiga qadar Buxoro amirligida paxta yetishtirishga katta e’tibor berila boshlandi. Xalqaro maydonda va jahon bozorida paxta narxining ancha oshishi aynan paxta yetishtirishning ko’payishiga sabab bo’lgan edi. A. Kostenkoning ma’lumotlariga qaraganda, O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro paxtasi alohida diqqatga sazovor bo’lib, u ancha qimmat turgan. 2 P. I. Demezonning yozishicha, Buxoroda sholi yetishtirishga katta e’tibor berishgan. Eng yaxshi guruch Miyonkol hududlarida va Samarqand atroflarida yetishtirilgan. Buxoro shahrining o’ziga, odatda, Shahrisabz va Hisordan ko’plab guruch olib kelingan. Buxoroda bug’doy (gandum), jo’xori, oq jo’xori, makkajo’xori, kunjut, arpa (javdar(i)), tariq, mosh, no’xat, loviya kabi poliz ekinlari ko’plab yetishtirilgan


Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining ikki asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. g’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’1 hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: «Men









Yüklə 20,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə