Buxoro amirligi Xiva xonligi


Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman»



Yüklə 20,77 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü20,77 Kb.
#149603
1   2
Документ Microsoft Word

Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman». Don ekinlari ichidajo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko’p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan.
Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo’lgan.









Qo'qon xonligida koʻplab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻ-dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra boʻlgan. Bular: misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va koʻzagarlik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqimachilik, doʻppichilik, kashtachilik, koʻpriksozlik, temirchilik va shahrik.


Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham maʼlum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Mas, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo'qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha maʼlum darajada rivojlana borgan.
Savdo-sotiq Qo'qon xonligi hayotida katta va muhim oʻrin egallagan. U ichki va tashqi savdoga boʻlingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qad. davrdan beri oʻzaro koʻchmanchi chorvador, oʻtroq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi oʻzining ehtiyojlarini asosan oʻz xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.
Qo'qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afgʻoniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan boʻlgan tashqi savdo katta oʻrinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo'qon xonligi qishloq xoʻjaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining baʼzi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo'qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchra-shiga sabab boʻldi.
Qoʻqon, Margʻilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, boʻz va boshqalar) toʻqilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xoʻjalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qogʻoz va boshqa nar-salar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qoʻrgʻoshin va boshqa ham maʼlum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bogʻdorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.
Qo'qon xonligidan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va boshqa mahsulotlar keltirilgan.











Madaniy hayot , din




Boshlangʻich taʼlim beruvchi maktablar amirlikning barcha yirik qishloqlarida, shaharlarining barcha mahallalarida mavjud boʻlib, bu maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, Qurʼonning dastlabki oyatlari yodlatilgan. Shariatga oid dastlabki saboqlar berilgan. Madrasalar amirlikning barcha shaharlarida mavjud edi. Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim oʻrin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik maktablari mavjud edi. Oʻz kasbining ustasi boʻlgan mohir hattotlar davlat va xoʻjalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiybadiiy asarlar yozish va koʻchirishda meʼmoriy inshootlarga turli yozuvlar (Qurʼoni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur boʻlganlar. Bu davrda amirlikning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Gʻuzor, Kattaqoʻrgʻon, Dehnov kabi koʻplab shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etilgan. Buxorodagi Domullo Tursunjon madrasasi, Xudoydod meʼmoriy (masjid, madrasa va sardoba) majmuasi, Ernazar elchi madrasasi, Qarshidagi Ali va Mir Muhammad madrasalari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda shaharlarda koʻplab ixtisoslashgan yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, yoʻllar boʻylarida sardobalar bunyod etilgan.Dini Islom.


XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay - to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’ozixon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi.


Abulg’ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari («Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima») bilan o’chmas nom qoldirdi.
«Shajarayi turk» asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512- 1663- yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan.
Abulg’ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi.
Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi «Abulg’oziyning ,shajarayi turk»i uchun butun dunyo undan minnatdor, deb yozgan edi.Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda.
Abulg’ozixonning topshirig’i bilan «Dasturul amal» asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu’ asarda Sohibqiron Arrur Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo’lyozmaning bir bo’limi bag’ishlangan.Dini -Islom

Xonligining 18–19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi. Bu esa qoʻqonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, oʻzlari ham sheʼriyatda qalam tebratganliklarini koʻrsatadi. Mas, "Tarixi jahonnamoyi" (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Roʻzi Muhammad soʻfi oʻgʻli), "Shohnoma" (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), "Shohnomayi Umarxoniy" (Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiy, u Fazliy Namangoniyning "Zafarnoma" asarini nasriy qilib yozgan). "Muntaxab at-tavorix" (Xoʻja Muhammad Hakimxon-toʻra bin Sayid Maʼsumxon), "Tarixi Shohruxiy" ("Tarixi sayyidi Xudoyorxon", Mullo Niyoz Muhammad Xoʻqandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xoʻqandiy), "Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxoʻja ibn Qorixoʻja), "Shohnoma" (Mahzun Ziyovuddin Xoʻqandiy), "Jangnomai Xudoyorxon" (Shavqiy Namangoniy) va boshqa


19-asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan. Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼri-fat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–22) va muhammad Alixon (1822–41) davrlari yaqqol ajralib turadi.
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qoʻqon xoni Umarxon), Boqixontoʻra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xoʻqandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxoʻja oʻgʻli), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuham-mad Yormuhammad oʻgʻli Pisandiy, Fazliy Namangoniy, Gʻoziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar.
Qoʻqon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda oʻzbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur oʻzbek shoiralari isteʼdodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Moh-zoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molik-dir.
Qoʻqon adabiy muhitining samarali taʼsiri oʻlaroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy soʻz sanʼatkorlari yetishib chiqdilar va oʻz xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar.
Umuman olganda, 19-asrning oʻrtalariga kelib, Oʻrta Osiyo xonliklarida adabiyot va tarixshunoslik bilan bir qatorda mat., tibbiyot, geogr., astro-nomiyaga oid hamda diniy asarlar yara-tildi. Bu xonliklarda miniatyura va xattotlik sanʼati ham oʻz oʻrniga ega. Bu davrning madaniy hayotida dorbozlik, askiya, qoʻgʻirchoq teatri, masxa-rabozlik, ayniqsa, bastakorlik bir-muncha rivojlandi.

Qo'qon xonligining barcha bekliklarida madrasa, maktab va qorixonalar mavjud edi. Madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy fanlar boʻyicha tanilgan mudarrislar, olimlar bor boʻlganligi uchun ham bu yerga turli mamla-katlardan koʻplab talabalar kelib oʻqishgan.Dini Islom.



Yüklə 20,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə