Makedoniyalik Aleksandr davlatining vujudga kelishi va parchalanishi



Yüklə 23,87 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü23,87 Kb.
#157828
O\'G\'IIII


Makedoniyalik Aleksandr davlatining vujudga kelishi va parchalanishi
Durdiyeva O’g’iljon Axmedjon qizi

Urganch Davlat universiteti


Ijtimoiy-Iqtisodiy fanlar fakulteti
Tarix(mintaqalar va yo’nalishlar bo’yicha) yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola Aleksandr Makedonskiyni davlatini vujudga kelishi va gullab yashnashi, parchalanishini o’rganadi.Aleksandrning davlati haqidagi tadqiqotlar tarixning rivojlanishi va umumlashtirishga yordam beradi.Tadqiqotlar Aleksandr Makedonskiy asos solgan davlatni tarixdagi o’rni haqida aniq va mukammal ma’lumotlarni taqdim etadi.
Kalit so’zlari:Pellaga shahri,Xeroniya jangi,

Аннотация:В статье рассматривается расцвет и падение государства Александра Македонского.Исследование государства Александра помогает развивать и обобщать историю.Исследование дает точную и исчерпывающую информацию о месте в истории государства, основанного Александром Македонским.



Abstract: This article examines the rise and fall of the empire of Alexander the Great. The research provides accurate and comprehensive information about the place in history of the state founded by Alexander the Great.
Makedoniya Bolqon yarim orolining shimolida joylashgan qadimiy o’lkalardan biridir.U juda qulay geografik o’ringa ega bo’lib,tog’lik va tekislik qismlarga bo’linadi.
Miloddan avvalgi VI asr oxiri –V asr boshlarida Makedoniyada dastlabki tabaqalanish va ilk davlat tashkil topadi.Davlat birlashuvi Arxelay davrida mustahkamlanadi.U dengiz bo’yidagi yangi poytaxt-Pellaga asos solgan. Arxelay Xakidka yarim oroli va Fessaliyaning ba’zi joylarini Makedoniyaga qo’shib oladi.Arxelay vafotidan so’ng,vorislari uning ishini davom ettirgan.Makedon padshosi Filipp II (er.avv.359-336-yillar) harbiy islohat o’tkazib makedon falangasini tuzdi.Er.avv.IV asr o’rtalarida Makedoniya kuchli qo’shin bilan Epir va Frakiyani egalladi.Shu vaqtdan u yunon davlatlarining ishlariga faol aralasha boshlaydi.Er.avv 355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida o’rtasidagi urushga aralashib,Fokidani tor-mor qiladi.Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishi mumkin edi.Demosfen Afina,Fiva,Korinf va boshqa yunon shaharlari birlashgan kuchli guruhini tuzdi.er.avv.337-yil avgust oyida Beotiyada hal qiluvchi jang bo’ladi.Makedon qo’shinlari yunonlarni tor mor qildi.Ayni paytda barcha yunon shaharlari Eronga qarshi urushga tayyorgalik ko’rishlari lozim edi.Urushga qizg’in tayyorgalik ketayotgan bir vaqtda Filipp II o’z qizining to’yida fitnachilar tomonidan o’ldiradi.Filip II vafotidan so’ng taxtga 20 yoshli Aleksandr o’tiradi.Er.avv 334-yilda sharqqa yurish boshladi.Forslar bilan birinchi jangi Kichik Osiyodagi Granik daryosi bo’yida bo’ladi.Sard va Gordiy shaharlari bosib olinadi.Undan so’ng,Aleksandr Kilikiya orqali shimoliy Suriyaga o’tadi.Mil. avv.333 yilda yunon- makedonlar Doro III bilan to’qnashadi.Aleksandr katta qiyinchilk bilan g’alaba qozonadi.Undan so’ng Damashq shahrida Doro III ning xazinasini bosib oladi,bu Aleksandr qo’shinlarning moddiy ta’minotini ancha yaxshilanadi.Tir va G’azo shaharlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatadilar.G’azoni bosib olinishi yunon-makedonlarga Misrga yo’l ochadi.U keyinchalik Misrni, Mesopatamiyani,Bobilni,Eroni,O’rta Osiyo,Suriya,Hindistonda katta hududlarni bosib oladi.O’rta Osiyoda bir nechta shahar qurdirgan.Bu shaharlar uning nomi Aleksa
Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə