O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA
1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar,
manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati
organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan
qismining siyosiy irodasini
ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat
ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
74-moddasi
.
2-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi
tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
,
ushbu Qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga
muvofiq, shuningdek o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat
ko‘rsatish prinsiplari
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga
oshirish
maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish,
partiyaga ixtiyoriy
ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi
boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi
taqiqlanadi:
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi;
O‘zbekiston
Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga,
fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
urushni,
ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi;
xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi;
milliy va diniy ruhdagi partiyalar.