Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix28.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#107395
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog\'iston Respublikasi



Termiz Iqtisodiyot va sevis universiteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 21-22
guruh Ishmamatova Adolat va Shoydullayeva 
Shohsanamning O’zbekistonning eng yangi 
tarixi
fanidan tayyorlagan taqdimoti 


Mustaqillik yillarida
Qoraqalpog'iston
Respublikasi


R
eja
:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- O‘zbekiston Respublikasi
tarkibidagi suveren davlat
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasi va davlat
tuzilishi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi - O‘zbekiston
Respublikasi tarkibidagi suveren davlat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi "Qoraqalpog‘iston
Respublikasi" deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko‘ra, "Suveren Qoraqalpog‘iston
Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpog‘iston
Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" 
deyiladi. Asosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Asosiy Qonuni
bilan uning O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb e’lon
qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi "Davlat suvereniteti" 
deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpog‘iston - O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga
kiruvchi suveren demokratik respublikadir, deb belgilangan.



Qoraqalpog‘istonda davlat tili - qoraqalpoq va o‘zbek tillardir. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida
iste’qomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi ta’minlanadi
ularning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratib beriladi va suveren Respublikaning davlat ramzlar hurmat qilinadi, 
va davlatning xalq irodasini ifoda etishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari hamda mansabdor
shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi.



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va
davlat tuzilishi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ustivorligini tan oladi. Bu birinchi navbatda Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi va
qonunlarini tamoyil va moddalari mos kelishi kerakligini anglatadi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari bilan
chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hududida ham amal qilishi majburiydir. Huquqiy davlatning asosiy
belgilaridan biri-davlat yagona huquqiy siyosat va qonun qo‘llash bilan har ikkala
respublikada ham yagona qonunlarga tayanishni talab qiladi. Huquqning barcha
tarmoqlari o‘zagida O‘zbekiston qonunlari mujassamlashtirilgan bo‘lib, 
Qoraqalpog‘iston hududida ham amal qilishi mustahkamlangan.



Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan
siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining raisi, 
uning o‘rinbosari va qo‘mitaning a’zolari tarkibida saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasiga
saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir.

Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasiga saylangan shaxslar o‘z vazifalarini bajarishda daxilsizdirlar va
faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo‘ysunadilar. Uni tashkil etish va ish
tartibini belgilash Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi
to‘g‘risidagi qonuni bilan belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlari tumanlar va shaharlarda
hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, 
ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal
etadilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga
egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Mahalliy hokimiyatning vakillik organlari yashirin
ovoz berish yo‘li bilan umumiy teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida o‘tkaziladi, 18 
yoshga to‘lgan har bir fuqaro saylash huquqiga ega bo‘ladi.


Gulahmadov Shahboz Akbarovich
MMT-92
O’zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə