Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 3,43 Mb.
səhifə3/3
tarix27.05.2023
ölçüsü3,43 Mb.
#113582
1   2   3
Fond bozori instrumentlari kurs ishi

min A(T)Q = AT (qonun bilan va fond bozori tomonidan o`rnatilgan
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko`paytmasi) – AR (qatnashchi tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori ko`paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori qatnashchining fond bozoridagi imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko`rsatkichlari asosida baholanishi mumkin bo`lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar soni esa qatnashchi tomonidan berilishi lozim bo`lgan hisobotlar va ma‘lumotlar miqdoridan kelib chiqadi.
Ta‘kidlash joizki, umuman olganda, ideal holatda mamlakatdagi investorlarning faollilik darajasi (F), ya‘ni (5.2 paragrafga qaralsin):
min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg`arma hajmi va investitsiyalar likvidliligi ko`paytmasi) – PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan investitsiyalar hajmi ko`paytmasi) qatnashchilarning transparentlilik darajasiga (A(T)Q ) nisbiy miqdorda teng bo`lishi lozim.
Agar bunday tenglik ta‘minlangan bo`lsa, unda mamlakat fond bozoridagi investitsion muhit adekvat hisoblanadi.
3-jadval
Informatsiyani ochib berish jarayoni (informatsiya ixtiyoriylikmi yoki majburiy tarzda ochib berilishidan qat‟iy nazar) o‘z ichiga quyidagi informatsiya manbalari va turlarini oladi11




Birlamchi bozor

Ikkilamchi bozor


Emitentlar

Emissiya prospektlari, moliyaviy hisobotlar, qimmatli qog`ozlar chiqarish to`g`risidagi ma‘lumotlar, informatsion memorandumlar.

Moliyaviy hisobotlar, emitentning o`z faoliyati, mulki tuzilishi va boshqarilishi, chiqarilgan qimmatli qog`ozlari to`g`risidagi hisobot, diqqatga moyil faktlar to`g`risidagi informatsiya, aksiyadorlar umumiy yig`ilishida ovoz berish huquqiga ishonchnoma olish uchun murojaat qilinishi chog`ida mahsus ochib beriladigan informatsiya.

Insayderlar*

Insayderlarning qimmatli qog`ozlar bilanbog`liq operatsiyalari to`g`risidagi ma‘lumotlar.

Professional qatnashchilar

Mijozlariga taqdim etiladigan hisobotlar; faoliyati bo`yicha moliyaviy va boshqa turdagi hisobot; moliyaviy mahsulotlarni sotish chog`ida ochib beriladigan, risklar va mijozlar istakhohishlariga to`g`ri kelishi va h.k. to`g`risidagi informatsiya;emitent sifatida ochib beriladigan informatsiya.

Savdo tizimlari (jumladan, birjalar)

Sodir etilgan operatsiyalar hajmi va narxlari, bozor tuzilmasi va tashkillashtirilishi, tovarlar to`g`risidagi informatsiya; moliyaviy ho`jalik faoliyat to`g`risidagi in-formatsiya; birja mahsulotlari sotilishi chog`ida ochib beriladigan informatsiya; emitent sifatida ochib beriladigan informatsiya (agar birja aksiyalari listinga ega bo`lsa).

Regulyatorlar

Statistik informatsiya; emitentlar, professional qatnashchilar va bozorda sodir etilgan operatsiyalar to`g`risidagi barcha uchun ochib beriladigan informatsiya.

O‘zbekiston fond bozorining jahon fond bozoriga integratsiyalashuvi masalalari


O`zbekiston fond bozorini jahon fond bozoriga integratsiyalashuvi jarayonlarini tezlashtirishda ayniqsa quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq:
Yevropa Ittifoqining 1993-yil 10-may kunida qabul qilgan Direktivasiga12;
Xalqar o`ttizlik Guruhining 20 tavsiyalariga;
Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga a‘zo-davlatlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 2001-yil 24-noyabrda Sankt-Peterburg shahrida 18-7-sonli Qarori bilan tasdiqlangan, ―Qimmatli qog`ozlar
bozori to`g`rida‖gi Modelli qonuni, hamda AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlari qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyat ko`rsatish mexanizmlari va tartiblashtirilishi qismiga oid qonunchilik hujjatlariga;
milliy bank tizimi modelini isloh qilish, bunda banklarning ochiq moliya bozorlaridagi operatsiyalariga katta e‘tibor berish lozim;
milliy sug`urta tizmi modelini isloh qilib investitsion va emission operatsiyalariga katta e‘tibor berish zarur;
korporativ boshqaruv siyosati modelini takomillashtirish lozim, bunda minoritar investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta‘minlashga katta ahamiyat berish lozim;
xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish lozim13
moliyaviy instrumentlar turlarini ko`paytirish hamda ular va ularning bazislarining o`zaro ekvivalentlilik darajasini ta‘minlash.

2-rasm. Global moliya kredit bozori tasnifi



Global moliya-kredit bozoring bugungi kunda harakati:14
fond bozori va iqtisodiyotning o`zaro ekvivalentlilik darajasiga erishishi;
fond bozori emitentlarining emissiya, investitsiya, daromad stavkalari siyosatlari (strategiyalari) optimal balansini ta‘minlanishiga katta ahamiyat berish zarur;
muddatli qimmatli qog`ozlar (derivativlar) bozorini keskin shakllantirish zarur;
kollektiv investorlarni keskin ko`paytirish;
fond bozori indikatorlarining o`rta muddatda hech bo`lmasa minimal chegaraviy miqdorlariga erishish ;
fond bozoridagi faoliyat risklarini samarali boshqarishni ta‘minlash15
fond bozori makroregulyatorini to`zish maqsadga muvofiq;
mamlakat va kredit reytinglarining yaxshi ko`rsatkichlariga erishish lozim.
O`zbekistonda fond bozorida aksiyadorlik kompaniyalari korporativ boshqaruv tizimi anglo-sakson (―investorlik‖) modelidan farqli kontinental (Germaniyadagiga o`xshash ―insayderlik‖ yoki ―ikki pog`onali‖) modelga asoslanganligi va ichki nodavlat investitsiyalar hajmini kamligi, xususiylashtirish mexanizmi kam samarali bo`lgani va regulyatorlarning ko`p sonliligi, banklar, sug`urta tashkilotlari va budjetdan tashqari fondlarning yetarlicha investitsion samara bilan ishlamayotgani sababli, barcha o`tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlar singari ma‘lum darajada muammolar kelib chiqmoqda.


Xulosa
Bozor iqtisodiyotining muhim segmentlaridan biri - bu fond bozori hisoblanib, u vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirishga va qayta taqsimlash orqali maqsadli joylashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday maqsadlarga qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy va noan’anaviy segmentlari hisoblangan qimmatli qog‘ozlarning barcha turlari o‘z samarasini bergandagina erishiladi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ular bilan oldi-sotdi qilish kabi barcha operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi muomalalarni asosan tijorat banklari amalga oshiradi. Bu ularning, avvalo, ustav kapitalini oshirish darajasini ta’minlasa, ikkinchidan, bozorlardagi tijorat faoliyati yordamida chet eldagi bo‘sh kapitallarni xarakatga keltiriladi. Shuning uchun, ayni paytda qimmatli qog‘ozlarning barcha instrumentlari to‘liq va samarali ishlashi uchun mazkur bozorlar infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish davlat darajasiga ko‘tarilishini talab etmoqda. Mamlakatimizda esa fond bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan aniq maqsadlar belgilanganligi bu vazifaning davlat darajasiga ko‘tarilganligini yanada


yorqin ifodalaydi.
Yuqoridagi holatlar, fond bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida
rivojlanishi uchun avvalo shu bozorlarga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning
yuqori likvidligi, bozorning kapitallashuv darajasi, daromadliligi, kapitalni oshirish
kabi xususiyatlarini ta’minlash uchun hizmat qiladi.
Fond bozorlarining yana bir xususiyatli belgisi - bu ularning risk darajasiga
tobeligi hisoblanadi. Shu sababli fond bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish lozim.
Ayni paytda fond bozorlari va ularning samarali faoliyati, ularning ishtirokchilari hamda muomaladagi xalqaro maqomga ega bo‘lgan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar turlari muhim ahamiyatga ega. Fond bozorlarining rivojlanishi davlatning infratuzilmaviy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, avvalo milliy fond bozorini xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali yuqori sur’atda rivojlanishga olib borsa, ikkinchidan, tijorat banklarining yuqori likvidligi va moliyaviy barqarorligini xalqaro me’yorlarga tenglashuviga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar,
ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr
g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos
xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Xususan, fond bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan.
Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida
takomillashib boradi. Jahon fond bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda
noan’anaviy, zamonaviy, yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai
nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy
qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga
olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar sharhi ma’lumki, har qanday mamlakatning iqtisodiy holati unda mavjud bo‘lgan va amal qilayotgan turli xil moliyaviy institutlar faoliyatiga bog‘liq. Birjalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari - bularning hammasi turli toifadagi xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi pul-kredit va qarz, tovar, yuqori likvid qimmatli qog‘ozlar va shu kabilarning oldi-sotdisida vositachi (dallol) sifatida yuzaga chiquvchi muassasalardir. Moliyaviy vositalar (bank kapitalini, uning likvidligini, bozorning kapitallashuv darajasini oshirishga xizmat qiluvchi sifatida) moliyaviy resurslarni investorlardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo‘nalishda harakat qilishini ta’minlovchi vositalar hisoblanadi.
“Moliyaviy vositalar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga bog‘liq”, deb keltiriladi Sh.Sh.Shoxa’zamiyning ishlanmalarida:
moliyaviy vositalarning daromadlilik va risklilik darajasi;
-moliyaviy vositalarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
-moliyaviy vositalarning real bazis bilan ta’minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorining ekvivalentligi;
rivojlanishning tanlangan modeli;
makro-mikroiqtisodiy barqarorlik;
moliyaviy vositalar bozoriga ta’sir etuvchi boshqa omillar.
Shuningdek, I.L.Butikovning fikricha: “Bugungi kun nuqtai nazari bilan
qaraganda, banklar va dillerlarning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bo‘linishida uchta
asosiy sababni ko‘rish mumkin. Birinchidan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni
kafolatlash bo‘yicha banklarni biznesga kiritish o‘ta xatarli (risk) tuyuladi.
Ikkinchidan, ahvol tashvishli bo‘lib, anderrayter sifatida banklarning roli to‘g‘ridan-to‘g‘ri manfaatlar to‘qnashuvida tashvishli holatga olib keladi. Uchinchidan esa, tashvishli hol asosan moliya sohasidagi kontsentratsiyaning o‘sib borayotganligini aks ettiradi”. R.Xojimatovning fikricha, mamlakatdagi davlat banklari tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birga, ularning fond bozorlari rivojiga ijobiy ta’siri nihoyatda muhimdir. Fond bozorlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning samaradorligini oshirishda tijorat banklarining noan’anaviy instrumentlarini keng joriy etish muhim o‘rin
egallaydi. Xususan, “avvalo mamlakatimizda fond bozorlarini rivojlanishtirish,
bozorlarni yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning noan’anaviy instrumentlarini keng joriy etish orqali ... tijorat banklarining kapitallashuvi va bozor kapitallashuvining xalqaro miqyosda mavqeini oshirish uchun o‘rnatilgan me’yorlarga tenglashtirish, jahondagi yirik xalqaro moliya-kredit institutlari bilan teng raqobat darajasiga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun o‘zlarining yuqori likvid an’anaviy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish lozim”.
Shuningdek, R.Xojimatovning fikricha, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash va banklarning likvidligini oshirish uchun fond bozorlariga tijorat
banklarining yuqori likvid an’anaviy obligatsiyalarining xalqaro bozorlarga
integratsiyasini rivojlantirish lozim. Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun, Markaziy bank transmission kanallarining samarasini inflyatsion targetlashga o‘tish orqali oshirish maqsadida uning mustaqilligini oshirish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Xalqaro kapital bozori rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalarini o‘rgangan Qulmatov Ch. va To‘ychiyev N.larning fikricha, “xalqaro kapital bozori moliyaviy globallashuv jarayoni mahsuli bo‘lib, industrial mamlakatlarning umumjahon miqyosida iqtisodiy samaradorligini keskin oshirdi. Lekin, bu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi hozirda barchaga ayon bo‘lib qoldi. Buning sababi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko‘proq bog‘liqdir”.
Iqtisodiy adabiyotlarda fond bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bir xil
mazmundagi tushunchalar sifatida talqin etilgan. Shu sababli avvalo ushbu
tushunchalarning turli davrlarda tadqiqot olib borgan iqtisodchi-olimlarning ilmiy
ishlarida yoritilishini o‘rganish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, zaruriyati, tasniflanishi hamda uning
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni haqida ko‘plab iqtisodchilar
ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Sohaning etakchi olimlaridan U.Azizovning fikricha, kapital bozori aholining bo‘sh turgan mablag’lari iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilinishida, xorijiy to‘g’ridan-to‘g’ri investitsiyalar oqimi ko‘payishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, fond bozori moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida kredit bozori bilan raqobatga kirishishi kapital bozorida o‘ziga xos raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Bundan esa iqtisodiyot, qolaversa, farovonlik oshishi hisobiga aholi yutadi.

1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari /
T: O‘zbekiston, 2009. – 4-б

2 Karimov I.A. Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisdagi nutqi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 02.09.2009й

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli qarori. www.lex.uz.

4 Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем остальном мире./Пер. с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-272 с.

5 Шоҳаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга 1. Учебник.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-cc.13, 31-34.

6 Manba: James L.Massey. The Primary Market for Publik Debt. Solomon Brothers, 1990. P.2-3

7 http://news.uzreport.uz/news_7_u_93875.html

8 http://strategy.regulation.gov.uz/uz/document/table/3

9 Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем остальном мире./Пер. с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-272 с.

10 https://www.youtube.com/watch?v=lcoLoIyGw7I

11 À.Ðîò, À.Çàõàðîâ, Á.Çëàòêèñ, ß.Ìèðêèí, Á.Áîðí, Ð.Áåðíàðä, Ï.Áàðåíáîéì, À.Õèò. Îñíîâû ãîñóäàðñòâåííîãî ðåãóëèðîâàíèÿ ôèíàíñîâîãî ðûíêà.-Ì.: Þðèäè÷åñêèé Äîì «Þñòèöèíôîðì», 2003.-áá.51-54.

12 Council Directive 93/22/EEC of 10 May 1993 on investment services in the securities field

13 Øîҳàúçàìèé Ø.Ø. Îñíîâû òåîðèè è ïðàêòèêà ýêîíîìèêè ïðèâàòèçàöèè.-Ò.: Èáí Ñèíî, 2004.-852

14 https://www.youtube.com/watch?v=lcoLoIyGw7I

15 Øîҳàúçàìèé Ø.Ø., Çóôàðîâà Ø.Ø., Øîõàúçàìèé Ø.Ø.(ìë.). Òåîðèÿ áåçðèñêîâîñòè äåéñòâèé íà ðûíêàõ: ôèíàíñîâîì è öåííûõ áóìàã.-Ò.: ÒÔÈ, 2004.-101 c.






Yüklə 3,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə