Guruhiy normalarni ishlab chiqish bosqichi



Yüklə 89,52 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü89,52 Kb.
#116269
  1   2
Гос дубл два


79Trening mashg‘ulotining boshlang‘ich bosqichi treningning samaradorlgini ta’minlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu bosqich birinchi kundagi quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi:
Guruhiy normalarni ishlab chiqish bosqichi
Tanishuv bosqichi
Kutishlarni aniqlash bosqichi
Guruhiy norma (tamoyil, qoida)larni ishlab chiqish bosqichi. Trening jarayonida albatta o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bosqich — guruhiy normalarni ishlab chiqish bosqichidir. Guruhiy normalar guruhda mashg‘ulotning dastlabki soatlaridanoq samimiylik, o‘zaro ishonch, o‘zaro hurmat muhitini vujudga keltirish maqsadida qabul qilinadi. Guruhiy normalarni ishlab chiqish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya qilish kerakligi to‘g‘risida kelishish va har bir a’zoning roziligini olish kerak. Bu qoidalarga rioya etish treningning maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Guruhiy normalar trener bilan guruh ishtirokchilarining hamkorligida ishlab chiqilishi shart. Mashg‘ulot jarayonida qanday qoidalarga amal qilish lozimligi to‘g‘risida guruh a’zolarining o‘zi takliflar, fikrlar berishi kerak va bu fikrlarini asoslab berganidan keyin qabul ilinadi. Buning uchun trener “Aqliy hujum” usulidan foydalangan holda fikrlar yig‘ishga harakat qiladi.
Ko‘pgina hollarda trenerning o‘zi yo‘naltiruvchi fikr sifatida birorta qoidani taklif etadi.
Trening jarayonida guruhda ishlarni tashkil qilishga doir normalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
* Intizomga qat’iy rioya qilish yoki “O-O qoidasi”. Bunda har bir guruh a’zosi mashg‘ulotga o‘z vaqtida kelishi, o‘z vaqtida ketishi kerakligi zarurligini his etishi lozim va bunga qat’iy amal qilishi kerak. Chunki trening mashg‘ulotiga biror bir a’zo kechikib kelganida odatda uni kutishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bunday holning bo‘lishi ba’zi ishtirokchilarning jahlini chiqarishi, g‘ashiga tegishi, mashg‘ulotlarning to‘xtab qolishi va noroziliklarga olib kelishi mumkin.
* "Maxfiylik". Trening jarayonida bayon etilgan kimningdir, aniqrog‘i biror-bir guruh a’zosining hayotiga oid ma’lumotlar, fikrlar, hissiyotlarning ifodalanishi, o‘yin va mashqlarni bajarish jarayonida noqulay holatlarga tushib qolishlar trening doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
* "Shu yerda va hozir". Guruhdagi muomala-munosabat mashg‘ulot jarayoniga bevosita aloqador, ya’ni hozirgi zamonga bog‘liq bo‘lishi zarur. Hattoki ishtirokchilardan birortasi o‘tgan zamondagi voqeani hikoya qilayotganda ham, uning shu yerda va ayni paytda nimani his qilayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, trener ham, har bir ishtirokchi ham barcha muammolarini unutib, o‘zini faqat "shu yerda va hozir" holatida his qilishi lozim.
80Sotsial trening avvalo shaxs yoki guruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi kommunikativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi.
Sotsial psixologik treninglarning maqsadi, vazifalari va unda yechiladigan muammolar.
Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishdan iborat.
Demak-ki, trening — shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisidir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.
Sotsial psixologik treninga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Birinchidan: Trening guruhi a’zolaridan sotsial faollik talab etiladi chunki guruh a’zolari vaziyatlarda o’zlaridagi va o’zgalardagi mavjud bilim va malakalardan foydalanib guruh a’zolarining harakatlari hamda vaziyatning talabiga ko’ra aniq xulq atvor shakllarini namoyon qilishlariga to’g’ri keladi.
Ikkinchidan: Trening guruhi a’zolarida doimiy izlanuvchanlik, muayan joyda vaziyat hamda rollarni tahlil qilgan holda uning mohiyatini tushunish u yoki bu rolga kirishi lozim bo’ladi, chunki trening tafakkur va qarashlarning egiluvchan hamda vaziyatlarga mos bo’lishini taqozo etadi.
Uchinchidan: Sotsial psixologik trening mashg’ulotlarida namoyon bo’ladigan xulq-atvor shakllarining ob’ektivlashuvi, ya’ni guruh a’zolarining munosabati va ularning talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi ayni shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlashi va boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur va nihoyat har bir mashg’ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda bir birlarini hurmat qilishlariga asoslanmog’i kerakki, natijada shaxs bunday mashg’ulotlardan keyin begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga «O’zga bo’lish» va birovlarni tinglashga mos tarzda o’z fikr mulohazalarini bayon etishga o’rganadi. Demak, sotsial psixologik treningning tub mohiyati – kishilarni o’zini va o’zgalarni bilish, tushunish, insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iborat.
82 qayta aloqa Treningni yakunlash bosqichini tashkil etish trenerdan chuqur bilim va juda katta mahorat
talab etadi. Bu jarayonda u ishtirokchilarga nisbatan mehrini va hissiyotlarini ochiq ifodalash
imkoniga ega bo‘ladi. Quyida yakunlash bosqichini
оtkazishda nimalarga e tibor berish lozimligi
haqida ayrim tavsiyalar havola etiladi.
Bu jarayonda treneming vazifasi nimalardan iboratligini ko‘rsatib o'tish lozim.
- trening yopilishini yuqori hissiy toTqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish har
bir ishtirokchiga o‘z hissiyotlarini ifodalash uchun qulay sharoit yaratish
- ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o'zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish
- ulardan bo‘lib o'tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash
- hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish.
Albatta, har qanday trening mashg‘ulot ishtirokchilarida katta taassurot qoldirishi va ular
uchun ma lum bir samaraga ega boTishi mutaxassislarga ma’lum. Lekin treneming o‘zi o‘zidan
qoniqish hosil qilishi uchun mashg‘ulotnmg ayrim jihatlarini aniq yakun topganligini bilib olishi
zarurki, bu unga keyingi guruhlar bilan ishlash jarayonida asqotadi.
Trener “qayta aloqa”ni amalga oshirishida bir qancha usullar mavjud boTib, ulardan eng asosiylarini sarrnb o‘tamiz: Poster - bu juda oddiy texnika boTib, trening mashg‘ulotining boshida trener xonaga 2 - 3ta plakat joylashtiradi va bu plakatlarga ishtirokchilar o‘z kutuvlarini yozadilar, treningni yakunida esa trener va ishtirokchilar birgalikda bu kutuvlaming mohiyati hamda ulaming amalga oshganlik darajasini muhokama qiladilar. Kutuvlar daraxti - bu juda rang-barang texnika bo’lib, treneming oldindan tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi, ya’ni trener oldindan turli rangli kartochkalar (stiker), katta vatmanga
chizilgan daraxt rasmini tayyorlab qo'yadi va guruhni 3-4 ta kichik guruhchalarga boiadi. Har bir guruh o‘z kutuvlarini daraxt barglari shaklida qirilgan kartochkalarga umumlashtirib yozadi va oldindan chizilgan daraxtga yopishtirib chiqadi. Agar ishtirokchilaming soni kam bo‘lsa, u holda har bir ishtirokchiga o‘z kutuvini alohida yozish taklif etiladi. Mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng anketa savollari yig‘ib olingach, trener “Kutuvlar daraxti”ni yana doskaga yoki ko'rinarli joylashtiradi va ishtirokchilarga turli xil mevalar shaklida qirqilgan stikerlami tarqatadi. Ishtirokchilarga mashg'ulotlarga kelishdan maqsadlari yoki birinchi kunda o‘zlari kutgan kutuvlari mashg'ulot jarayonida amalga oshgan-oshmaganligini qayd etish so‘raladi. So‘ng bu “mevalar” daraxtning shoxlariga yopishtiriladi. Trener dastlabki kutuvlar darxt barglari boTgan boTsa, kutuvlaming amalga oshiganligi, erishilgan natijalar go‘yoki daraxt mevalari ekanligiga nisbat beradi va “meva’Targa yozilgan fikrlami o‘qib, guruh bilan birgalikda muhokama etadi.
84
Ijtimoiy psixalogik treningni asosiy bosqichlari va etaplari
Farg‘ona davlat universiteti pedagogika - psixalogiya fakulteti amaliy psixalogiya yo‘nalishi talabasi orifjonov nuriddinning individual va guruhiy konsultatsiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
Reja
Guruhni tashkil etish bosqichi
Boshlang‘ich bosqich
Ishni olib borish bosqichi
Yununlash bosqichi

Psixalogik treningni tashkil etish bosqichlari


Guruhni tashkil etish bosqichi
Boshlang‘ich bosqich
Ishni olib borish bosqichi
Yakunlash bosqichi
Eng muhim bosqich guruhni tashkil etish bosqichi hisoblanib quyidagildagilarga etibor berish muhim hisoblanadi
 Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsustreninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga egabo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtiroketmasligi lozim. Negaki,bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimolikuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak. guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20tagacha) bo’lgani ma’qul. ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ularorasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etishlozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatlita’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi hammumkin). ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha tengbo’lishi kerak.
 Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo’ladi:
 Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak.
 Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari
lozim.
 Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart,
ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham
boshqalarga halaqit bermasligi kerak.
 Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
 Trenerdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani
yaxshi bilish talab etiladi.
Treningda metodik qo’llanmalarni tadbig’ qilishda trening
yo’nalishini tanlashi quyidagi omillarga bog’liqdir:
 Trening mundarijasi.
 Guruhning o’ziga xosligi.
 Holatlarning o’ziga xosligi.
 Trenerning imkoniyatlari.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening qatnashchilari uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor bermasa trening guruhi “bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni ko’ngliga “jarohat” yetkazishi mumkin.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening qatnashchilari uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor bermasa trening guruhi “bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni ko’ngliga “jarohat” yetkazishi mumkin.
Boshlang‘ich bosqich
Guruh normalarni ishlab chiqish bosqichi. Guruhiy
normalar guruhda mashg`ulotning dastlabki soatlaridanoq samimiylik, o`zaro ishonch,o`zaro hurmat muhitini vujudga keltirish maqsadida qabul qilinadi. Guruhiy normalarni ishlab chiqish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya qilishkerakligi tug`risida kelishish va har bir a‟zoning roziligini olish kerak;Ishni olib borish bosqichi
85Guruhiy psixologik faoliyat
Guruhlarni o'rganishga bo'lgan qiziqish pragmatik sabablarga bog'liq. Inson faoliyatining aksariyat turlari jamoaviy xususiyatga ega bo'lib, guruh va guruhlarda amalga oshirilganligi sababli, guruh faoliyati jarayonlari haqidagi ilmiy bilimlar guruh jarayonlarini samarali boshqarish, guruh faoliyatini yaxshilash, kuchaytirish, ularning samaradorligini oshirish. Ammo inson uchun guruhdagi faoliyat, odatda, guruhning boshqa a'zolari ishtirokida odamlarda faoliyat yuritadi. Biz avvalgi bo'limlardan bilamizki, bizning xatti-harakatlarimiz nafaqat biz kiritgan guruh a'zolari, balki umuman, har qanday odamning mavjudligi bilan ta'sirlanadi. Aslida, guruhlardagi faoliyatni o'rganish boshqa odamlarning shaxsning xatti-harakatlariga ta'sirini o'rganish bilan boshlanadi.
86 Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar quyidagilar: 1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek "O’zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan xukmronlikning bir shaqlidir", degan naqlni esdan chikdrmaslikdir; lekin bunda pedagogik altruizm, ya'ni o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun kuyish xislati mavjud bo’lishi kerak;
2) o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur;
3) har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslaxat bera olish;
4) empatiya, ya'ni o’zgalar xolatlarini chukur xis qila olish qobiliyatining mavjudligi;
5) o’zgaruvchan, moslanuvchan aql soxibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik;
6) o’z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish;
7) o’zgalar nutqi, reaktsiyalarini aniq tushu-nish va tinglash, mimika va harakatlar moxiyatini to’g’ri galkin etish va tushunish;
8) tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining extiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormaslik;
9) rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jixatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja to’za olish;
10) o’ziga ishonch, e'tikodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi. Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chikadi. Ya'ni, u avvalo ta'lim dasturiga ega bo’lishi kerak Dasturga moe stsenariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo’lsa, har bir aniq xrlat va vaziyatga moslashtirishi, mashg’ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e'tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va extiyojlariga mos ravishda dastur va stsenariylarga o’z vatstida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yo’qoridagi omillarga moe ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashg’ulotlar boshlanishidan avval mavzu buyicha yozma matnlar bilan ta'minlashi va ma'ro’zalarni iloji boricha, o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma'kul. Chunki bu erda "nimaga urgatish" va "qanday urgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uygunlik bo’lishi mumkin.

Trenerga qo‘yiladigan umumiy talablar


Trener har doim trening mashg‘ulotni o‘tkazishga kirishishdan avval o'ziga:
• Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
• Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
• Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? degan savollarini berishi lozim. Buning uchun u albatta reja va dastur tuzib olishi kerak. Trening uchun reja va dasturning qay darajada ahamiyatliligi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida yuqorida so‘z yuritganmiz.
Trening mashg‘ulotlari samarali o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har tomonlama rivojlangan, rejaiashtirish va tashkillashtirish tajribasiga hamda qobiliyatiga, eng muhimi muloqot madaniyatiga ega bo’lishi talab etiladi. Trener hech qachon trening qatnashchilaridan kam bilimga ega bo'lmasligi kerak. Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilish va qatnashchilarning savollariga javob berish mahoratiga ega bo'lishi kerak.
Bundan tashqari malakali trener uchun quyidagilar xos bo’lishi, ya’ni u quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
- Malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan;
- Guruhda terapevtik iqlimni yarata oladigan;
- Muammoli vaziyatlarga aralasha oladigan va undan chiqa oladigan;
- Muammoning yechimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lgan shaxs bo'lishi lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish kerakki, guruhni boshqarayotgan trener shaxslar bilan ishlaydi, har bir shaxs esa o'ziga xos individuallikka egadir.
Shu bilan birga har bir shaxs o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham ega. Tabiiyki ular shu jihatlari bilan bir-biridan hamda trenerdan farq qiladi. Shularni hisobga olgan holda trener quyidagilarga amal qilishi lozim:
- Guruhning har bir a’zosiga individual yondashishi;
- Ishtirokchilarga “bosim” o'tkazmasligi;
- Har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashishi zarur.
Trenerlik ishi bu asta-sekin kasbga aylanadigan, maxsus ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Trening jarayonini tashkil qilish va uni o’tkazishda trenerdan juda ko‘p narsa talab etiladiki, trener boTish istagida bo‘lgan yoki trenerlik qilayotgan har bir mutaxassis bularni bilishi va amal qilishi zarur. Bu borada trenerlar va bo‘lajak mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni bilishi lozim:
ishchi guruh uchun qoidalar ishlab chiqish;
har bir mashg'ulot uchun o‘ziga xos ko‘rsatma bera olish;
guruh muhokamasini tashkil qilish; qatnashchilarning savollariga javob bensh va ularning bajarayotgan ishlarini nazorat qilish;
ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil qilish;
qatnashuvchilarning emotsional holatini nazorat qilish va ularga psixologik yordam berish;
har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish;
mashg‘ulot oxirida ishtirokchilarga trener haqida o‘z fikrini bayon etishga imkon berish.
Bundan tashqari ishtirokchilarni qiziqtmsh, ularning mustaqil ishlashiga imkon yaratish kerak.
Hech bir qatnashchini muhokama qilish kerak emas, ishtirokchilarga o‘zini bir-birlaridan yuqori tutmasligini tushuntirish, o‘zi esa mutaxassis ekanligini ta’kidlayvermasligi kerak.
Eng muhimi, trenerlik qilayotganda shuni unutmaslik kerakki, trener o‘qituvchi emas, uning vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko‘maklashishdan iborat.
Har qanday trener trening mashg'ulotlarini olib borish uchun katta trenerlik tajribasi va mahoratini egallashi kerak. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarning ijodkorligi talab etilgan holatlarda trener quyidagilarni yodda tutishi lozim:
u guruhga rahbarlik qilmasligi;
guruhga tayyor axborotlarni bermasligi;
guruh nima ish qilishi kerakligi to‘g‘risida maslahat yoki takliflar kiritmasligi kerak.
Mohir trener gumh bilan ishlash jarayonida nafaqat guruhning ahvoli, kayfiyati, muammosiga, balki har bir ishtirokchining ahvoli, kayfiyati, muammosiga ham katta e’tibor bilan qaraydi.
Trenerning asosiy vazifasi — guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo‘naltirib va rag'batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o‘zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma’lum bir xulosalarga kelish jarayonida o‘zaro ishonch va hurmat ko’nikmalarini egallab boradi.
Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to‘g‘ri qaror sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvoffaqiyatini rag'batlantirib, ularning yashirin iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak. (M: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo‘shiq yoki she’r aytishi, rolli o'yinda yaxshi rol bajarishi jarayonida).

Trenerga qo‘yiladigan umumiy talablar


Trener har doim trening mashg‘ulotni o‘tkazishga kirishishdan avval o'ziga:
• Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
• Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
• Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? degan savollarini berishi lozim. Buning uchun u albatta reja va dastur tuzib olishi kerak. Trening uchun reja va dasturning qay darajada ahamiyatliligi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida yuqorida so‘z yuritganmiz.
Trening mashg‘ulotlari samarali o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har tomonlama rivojlangan, rejaiashtirish va tashkillashtirish tajribasiga hamda qobiliyatiga, eng muhimi muloqot madaniyatiga ega bo’lishi talab etiladi. Trener hech qachon trening qatnashchilaridan kam bilimga ega bo'lmasligi kerak. Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilish va qatnashchilarning savollariga javob berish mahoratiga ega bo'lishi kerak.
Bundan tashqari malakali trener uchun quyidagilar xos bo’lishi, ya’ni u quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
- Malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan;
- Guruhda terapevtik iqlimni yarata oladigan;
- Muammoli vaziyatlarga aralasha oladigan va undan chiqa oladigan;
- Muammoning yechimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lgan shaxs bo'lishi lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish kerakki, guruhni boshqarayotgan trener shaxslar bilan ishlaydi, har bir shaxs esa o'ziga xos individuallikka egadir.
Shu bilan birga har bir shaxs o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham ega. Tabiiyki ular shu jihatlari bilan bir-biridan hamda trenerdan farq qiladi. Shularni hisobga olgan holda trener quyidagilarga amal qilishi lozim:
- Guruhning har bir a’zosiga individual yondashishi;
- Ishtirokchilarga “bosim” o'tkazmasligi;
- Har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashishi zarur.
Trenerlik ishi bu asta-sekin kasbga aylanadigan, maxsus ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Trening jarayonini tashkil qilish va uni o’tkazishda trenerdan juda ko‘p narsa talab etiladiki, trener boTish istagida bo‘lgan yoki trenerlik qilayotgan har bir mutaxassis bularni bilishi va amal qilishi zarur. Bu borada trenerlar va bo‘lajak mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni bilishi lozim:ishchi guruh uchun qoidalar ishlab chiqish;har bir mashg'ulot uchun o‘ziga xos ko‘rsatma bera olish;guruh muhokamasini tashkil qilish; qatnashchilarning savollariga javob bensh va ularning bajarayotgan ishlarini nazorat qilish;ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil qilish;qatnashuvchilarning emotsional holatini nazorat qilish va ularga psixologik yordam berish;har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish;mashg‘ulot oxirida ishtirokchilarga trener haqida o‘z fikrini bayon etishga imkon berish.Bundan tashqari ishtirokchilarni qiziqtmsh, ularning mustaqil ishlashiga imkon yaratish kerak.Hech bir qatnashchini muhokama qilish kerak emas, ishtirokchilarga o‘zini bir-birlaridan yuqori tutmasligini tushuntirish, o‘zi esa mutaxassis ekanligini ta’kidlayvermasligi kerak. Eng muhimi, trenerlik qilayotganda shuni unutmaslik kerakki, trener o‘qituvchi emas, uning vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko‘maklashishdan iborat.
Har qanday trener trening mashg'ulotlarini olib borish uchun katta trenerlik tajribasi va mahoratini egallashi kerak. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarning ijodkorligi talab etilgan holatlarda trener quyidagilarni yodda tutishi lozim:u guruhga rahbarlik qilmasligi;guruhga tayyor axborotlarni bermasligi;guruh nima ish qilishi kerakligi to‘g‘risida maslahat yoki takliflar kiritmasligi kerak.Mohir trener gumh bilan ishlash jarayonida nafaqat guruhning ahvoli, kayfiyati, muammosiga, balki har bir ishtirokchining ahvoli, kayfiyati, muammosiga ham katta e’tibor bilan qaraydi.Trenerning asosiy vazifasi — guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo‘naltirib va rag'batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o‘zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma’lum bir xulosalarga kelish jarayonida o‘zaro ishonch va hurmat ko’nikmalarini egallab boradi.Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to‘g‘ri qaror sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvoffaqiyatini rag'batlantirib, ularning yashirin iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak. (M: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo‘shiq yoki she’r aytishi, rolli o'yinda yaxshi rol bajarishi jarayonida).
87 Guruh psixoterapiyasi yoki guruh terapiyasi - bu psixoterapiya shakli bo'lib, unda bir yoki bir nechta terapevtlar mijozlarning kichik guruh sifatida birlashtirib ishlashadi. Bu atama qonuniy ravishda psixoterapiyaning har qanday shaklini, jumladan, art-terapiya, kognitiv xulq-atvor terapiyasi yoki shaxslararo terapiyani guruh formatida o'tkazishi mumkin, lekin u odatda guruh konteksti va guruh jarayoni mexanizm sifatida aniq qo'llaniladigan psixodinamik guruh ichidagi shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish va o'rganish orqali o'zgarishlar guruh terapiyasi doirasida qo'llaniladi.

Guruh terapiyasining kengroq kontsepsiyasi guruhda sodir bo'ladigan har qanday yordam jarayonini, shu jumladan qo'llab-quvvatlash guruhlarini, ko'nikmalarni o'rgatish guruhlarini (g'azabni boshqarish, aql- idrok, dam olish yoki ijtimoiy ko'nikmalarni o'rgatish) va psixota'lim guruhlarini o'z ichiga olishi mumkin. Psixodinamik guruhlar, faoliyat guruhlari, qo'llab-quvvatlash guruhlari, muammolarni hal qilish va psixota'lim guruhlari o'rtasidagi farqlar psixiatr Charlz Montgomeri tomonidan muhokama qilingan.[1] Guruh terapiyasining boshqa ixtisoslashgan shakllariga art-terapiya, raqs terapiyasi yoki musiqa terapiyasi kabi og'zaki bo'lmagan ekspressiv terapiya kiradi.Guruh terapiyasi guruh psixoterapiyasining ko'plab yo'nalishlari mavjud. Psixodinamik, Gestalt, shaxsiy o'sish va kasbiy ko'nikmalar, psixoanalitik guruhlar, muayyan sharoitlarni boshdan kechirish uchun qo'llab-quvvatlash guruhlari, raqs va vosita terapiyasi, psixodrama. Guruh psixoterapiyasi jarayonida inson o'zini va xatti- harakati haqida noto'g'ri tushunchalardan xalos bo'lish, shuningdek, xavfsiz muhitda boshqa odamlardan hisobot olish imkoniga ega. Guruh qo'llab-quvvatlashga yordam beradi va ularning javob xususiyatlarini sezadi. Yetakchi psixoterapevt yordami bilan atrofdagi odamlarni qo'llab-quvvatlash va ularga javob berish juda bezovta qiluvchi va qo'shimcha ravishda ishlaydigan narsalar ustida ishlash. Guruh psixoterapiyasi ijtimoiy muammolar, adaptatsiya muammolari, past yoki etarlicha yuqori benlik hurmati, psixologik travma va stress holatlarida juda samarali. Shuni ta'kidlash kerakki, guruh psixoterapiyasini o'tkazish uchun kontrendikatsiyalar mavjud bu o'tkir holatlar,shuningdek, shaxsning o'z harakatlariga javobgar bo'lmasligi.


88Guruh dinamikasi, K.Levin uning fikricha, guruhlarning tabiati, ularning rivojlanish va takomillashtirish qonuniyatlari, guruhlarning shaxslar, boshqa guruhlar va institutsional shakllanishlar bilan o'zaro munosabati bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishi kerak. 1945 yilda Levin Massachusets texnologiya institutida "Guruhlar dinamikasi tadqiqot markazi" ni tashkil qildi. Bu ilmiy yo'nalish psixologiya, sotsiologiya, aloqa nazariyasi bilan bog'liq; birinchi navbatda kichik guruhlarning xatti-harakatlarini o'rganadi.
89Guruh psixologik ishlarining afzalliklari va kamchiliklari.

Yüklə 89,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə