Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#135533
  1   2   3   4   5   6
Pedagogika va psixologiya

Konsultantning konsultatsiya jarayonidagi o‘rni va roli


Reja:
1. Konsultantning konsultatsiya jarayonidagi o‘rni va roli haqida tushuncha.
2.Psixologik maslahatchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
3. Konsultantning kasbiy tayyorgarligi


Tayanch so’z va iboralar: Konsultant, psixolog, empatiya, do‘stonalik, intim, optimal vaziyat, mutaxassis, maslahatlarning maxfiyligi

Konsultantning konsultatsiya jarayonidagi o‘rni va roli haqida tushuncha

Agarda ancha malakali, mas’uliyat bilan va yuksak darajada psixologik maslahat berish bilan shug‘ullanadigan odamni psixolog-maslahatchi oliy va maxsus oliy psixologik ma’lumotga ega va bundan tashqari psixolog maslahatchi sifatida yetarli amaliy ish tajribasiga ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va kerakli sertifikat bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo‘lishi mumkin. Buni kengroq tushuntirib o‘tamiz.


Mutaxassis oliy o‘quv yurti – universitet yoki institutning psixologiya fakulteti yoki bo‘limini muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin olgan ma’lumoti umumiy oliy psixologik ta’lim deb ataladi. Psixologiya fani va amaliyoti yo‘nalishlaridan birida ixtisoslashishni ko‘zda tutish ta’limi maxsus psixologik ma’lumot deb ataladi. Bunday ikki turdagi ta’lim psixolog-maslahatchi uchun zamonaviy ilmiy asosda va ishni chuqur amaliy tushunish bilan, maslahatchilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur, xususan quyidagi savollarga javob bera olishi uchun kerak:
Zamonaviy mijozlarning psixologiyasi qanday? Haqiqatda psixologik maslahat so‘rab yordam ko‘rsatishga murojaat etgan mijozlar bilan hozirgi paytda nimalar sodir bo‘lmoqda? Nima uchun mijozga aynan shunday tavsiyalar kerak? Ushbu tavsiyalar mijozga qanday ta’sir ko‘rsatishi kerak?
Mijozga qanday qilib ilmiy asosda ushbu aniq maslahatlar ahamiyatini tushuntirish kerak?
Ushbu barcha savollarga psixolog-maslahatchi beradigan javoblar mijozga tushunarli bo‘lishi va professional psixologlar uchun ishonchli bo‘lishi kerak. Psixolog-maslahatchining amaliy faoliyati bilan, uning odamlar bilan psixologik ishlash metodlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq psixologik ta’lim maxsus amaliy ta’lim deb ataladi. Birinchi navbatda oliy ma’lumotli amaliy psixologlarni tayyorlovchi maxsus fakultetlarda o‘qitiladigan ilmiy asoslangan ish metodlari to‘g‘risida boradi. Psixolog-maslahatchi uchun katta amaliy ishlar tajribasi psixologiyani o‘qitishi uchun emas, balki odamlarning ancha murakkab hayotiy muammolarini hal etishi uchun zarur.
Psixolog-maslahatchi uchun amaliy ish tajribasi har doim ham zarur. Bularning barchasi psixolog-maslahatchining kasbiy ishi uchun juda muhimdir. Psixolog-maslahatchi bilim va malakalardan tashqari qator maxsus shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Masalan, u odamlarni yaxshi ko‘rishi, ularning holatlarini so‘zsiz sezishi va tushunishi kerak. Mehribon, chidamli, xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lishi kerak.
Ushbu talablarga shu sohada mashxur mutaxassis bo‘lgan R.Meyning psixolog-maslahatchi to‘g‘risida o‘z vaqtida aytgan gaplarini qo‘shimcha qilish mumkin. “Maslahatchi-psixolog”, - deb yozadi u, “odamlarni o‘ziga jalb qilishi, har qanday odamlar orasida o‘zini erkin his qilishi, empatiyaga qodir bo‘lishi kerak. Psixolog-maslahatchida asosiysi – bu mehribonlik va mijozni tushunishga intilish, unga o‘zini yaxshi tomonlarini ko‘ra olishga va shaxs sifatida o‘zining qimmatini anglab yetishga yordam berishdir”.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə