Tayanch so’z va iboralar


Konsultantning kasbiy tayyorgarligi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#135533
1   2   3   4   5   6
Pedagogika va psixologiya

Konsultantning kasbiy tayyorgarligi
Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlashga nimalar kiradi? Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash har qanday psixolog uchun majburiy bo‘lgan umumta’lim ilmiy tayyorgarlikdan tashqari (unga har qanday ixtisosdagi professional psixolog uchun zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar minimumi kiradi), kerakli kasbiy sohasida
ushbu holatda psixologik maslahat berish sohasida ixtisoslashishni ko‘zda tutuvchi psixologiyaning qator bo‘limlarini o^zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash maxsus yo‘nalishlari quyidagilar: 1. Psixologik maslahatning tayyorgarlik bosqichini o'rganish. 2. Ps ixolog-maslahatchi ishlari mazmuni to ‘g ‘risidagi malumotlarni o ‘zlashtirish. 3. Psixolog-maslahatchining mijozlarbilan ishlash metodlarini egallab olish. 4. Quyidagi maxsus sohalarda psixologik maslahat o‘tkazish xususiyatlari bilan tanishish: oilaviy maslahatlar, amaliy maslahatlar, psixologik-pedagogik maslahatlar, intim-shaxsiy maslahat o'tkazish. 5. Ps ixolog-maslahatchining ancha tajribali psixologmaslahatchi - supervizor rahbarligi ostida ishlashi. Psixologik maslahat ishlariga tayyorgarlik jarayonini o‘rganish tashkiliy masalalarto‘plami, shujumladan maslahat berish sohasi, maslahat ishlari boshlanish vaqtini tanlashdan iborat masalalarni diqqat bilan o‘rganib chiqishni o‘z ichiga oladi. Psixolog-maslahatchi amaliy mazmunda muammoni hal qilishn: bilishi kerak b o ‘lgan aniq masalalar qatorida quyidagilarni ko'rsatishi mumkin:
■ Mijozlar aniq doirasini — psixologik maslahat olishga keluvchilarni, psixologik maslahat ishlari mazmuniga ularning mumkin bolgan muammolarining bog‘liqligini va maslahatchi bo‘lib ishlovchi psixologlarga qo'yilishi mumkin bolgan kasbiy talablarga bog‘liqligini aniqlash.
• Psixologik maslahat ishlari uchun psixolog kadrlarni va xizmat ko‘rsatish xodimlarini tanlab olish, kadrlar bilan ish sharoitlari va vazifalari bilan tanishtirish, bir-birlari bilan o kzaro aloqalarni tashkil etish, maslahat ishlari qoidalari bilan tan ish tir ish maxsus tayyorgarlik ishlarini o ‘tkazish.
• Maslahatlar amaliy ishlarni boshlash uchun moddiy baza va hujjatlami tayyorlash.
• Mumkin boMgan mijozlarorasida maslahat ishlari to‘gkrisida ma’lumotlarni tayyorlash va tarqatish.
Psixolog-maslahatchi ishini tashkil qilish bilan tanishish psixologik maslahat qanday tashkil qilinishi, buning uchun kerak bo'tgan uskunalar minimumiga nimalar kirishi, psixologik maslahat va psixolog-maslahatchi uchun qulay ish tartibi qanday bolishini, psixologik maslahat ishlari davomida sharoit qanday bolishi kerakligi va qator boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. Endi boshlayotgan mutaxassisning psixolog-maslahatchi ishi mazmuni bilan tanishishi o‘z navbatida quyidagilarni ko‘zda tutadi. Birinchidan, psixologik maslahat nima ekanligi, psixolog amaliy faoliyati boshqa turidan uning farqi nimadan iboratligi bilan tanishish. Ikkinchidan, o‘z kasbiy vazifalarini yuksak darajada bajara olishi uchun psixolog-maslahatchi nimalarni bilishi va bajarishni bilishi kerakligini aniqlash. Uchinchidan, psixologik maslahat asosiy turlari bilan ularga qo‘yiladigan asosiy talablar bilan tanishish. Tokrtinchidan, psixolog-maslahatchi ish sharoitlarini bilish. psixolog-maslahatchi ish metodlarini o'zlashtirish ish boshlayotgan psixolog-maslahatchining mijozlar bilan muloqot olib borish uslublarini, psixologik maslahat amaliyotida foydalaniladigan psixodiagnostika metodlarini egallashni ko‘zda tutadi. Ushbu uslub va metodlarbo‘lajak psixolog-maslahatchi tomonidan amaliy, mos ravishdagi maxsus mashg‘ulotlar davomida o kzlashtirilishi kerak. Shunday uslublar va metodlar qatoriga xususan psixologmaslahatchining mijozga to‘g‘ridan tokgkri psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatish metodi kiradi. Turli sohalarda psixologik maslahatlar o ‘tkazish xususiyatlarini o‘rganish zarurligi, birinchidan, intim-shaxsiy, oilaviy, amaliy va psixologik-pedagogik maslahatlar — bular turli narsalar ekanligi, ikkinchidan, psixolog-maslahatchi maslahatlarning ushbu turlari bilan bir xil darajada shug‘ullanmasligi va ularga vaqti-vaqti bilan murojaat ctib, shunga qaramay barcha ko‘rsatilgan sohalarda o‘z kasbiy malakasini saqlab qolishi kerakligi bilan bogliqdir. Shu bilan birga psixologik maslahatlar ushbu sohalarida ko‘plab xususiy ancha nozik va murakkab o‘ziga xos masalalar mavjud. Bu masalalarni bilish uzoq vaqtni talab etadi, amaliy muvaffaqiyatga erishish esa — mustahkam malaka va ko‘nikmalar talab etadi. Tajribali mutaxassis rahbarligi ostida amaliyot o ‘tayotgan psixolog-maslahatchi rolida ishlash psixolog-maslahatchiga kasbiy tajriba orttirish va amalda kerakli malaka va ko'nikmalarni egallab olish uchun zarurdir. Bularning barchasiga ma’ruzalar tinglash va kitob oqishdan ko‘ra boshqalar tajribalarini o‘rganib olish ancha osondir. Blindan tashqari psixolog-masiahatchi amaliy ishida oldindan bilib bolmaydigan va o‘quv faoliyati davomida qoniqarli javobolibbo‘lmaydigan ko‘plab kutilmagan masalalar yuzaga keladi. Malaka boshqalar kasbiy ishlariga taqlid qilish davomida amaliy ishlab chiqiladi. Psixolog-maslahatchini tayyorlash qanday boshlanadi, olib boriladi va nimalarga asoslanadi? Psixolog-maslahatchini kasbiy tayyorlash odatda uning umumiy oliy pedagogik ma’lumot olishidan boshlanadi. Bunday ta ’lim umumiy psixologiyani, ijtimoiy psixologiyani, yosh davrlari psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, maxsus psixologiyani, psixofiziologiyani, psixologiya tarixini bilishni o‘z ichiga oladi. Shundan keyin psixologik maslahatlar olib borish kerak boladigan faoliyat turlari psixologik jihatlari bilan bogkliq qator fanlarni ham xususan tibbiyot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, bolalar psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya va qator boshqa maxsus fanlarni o'zlashtirishi zarur. Shulardan keyin psixolog-maslahatchi maslahat o ‘tkazish bo‘yicha amaliy malakalar va ko‘nikmalar ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan bilimlarni oladi. Bu bilimlar psixologik testlardan foydalanish (psixodiagnostika), psixologik maslahatning o‘zi bilan va nihoyat psixokorreksiya bilan bog‘liq malakalardir. Bularning barchasi bilan bog‘liq o ‘quv fanlari odatda ancha katta hajmda o‘qitiladi va ularni o‘rganish faqat ma’ruza shaklida emas, balki seminar va amaliy mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi. Shularning hammas i ps ix o lo g -ma s lah a tch in i umumiyfundamental yoki tayanch kasbiy tayyorlashni tashkil etadi va o ‘qitishning boshlangMch bosqichi mazmuniga kiradi. Uning yakunlanishi bilan bo ‘lajak psixolog-psixolog-maslahatchiik maslahat amaliyotini o‘zlashtirish bilan bogliq mustaqil amaliy ishlarga kirishishi mumkin bo‘ladi. Biroq avvaliga bunda ishning darajasi (saviyasi) unchalik yuqori boMmaydi, chunki umumiy va maxsus bilimlardan tashqari ishda professionalizmga erishish uchun tajriba orttirishi zarur. Hayot psixolog-maslahatchi yaxshi mutaxassis bolishi uchun zarur bo‘lgan malakalarga erishish o‘quv yurtida emas, balki faqat amaliy faoliyati davomida egallashini ko‘rsatadi. Bunga bolajak psixolog oliy okquv yurtida bilim oigan vaqt talab etiladi. Shuning uchun haqiqatda vaqt o'tishi bilan yuksak darajali mutaxassis bolish uchun psixolog-maslahatchi supervizor rahbarligi ostida ancha ko‘p vaqt ishlashi kerak. Bu ish uchun odatda oliy o ‘quv yurtini tugatgandan so‘ng bir-ikki yil sarflanadi. Maslahatchi-psixologni kasbiy tayyorlash uning bilim, malakalar, ko‘nikmalar to‘plamlarini o ‘zlashtirishidan iborat boiadi. U quyidagilarni bilishi zarur:
• Psixologik maslahatni yuksak darajasida o ‘tkazish uchun o‘rganishi zarur bo‘lgan psixologiya sohasidagi u bilan yaqin bo'lgan fanlar zarur nazariy bilimlarni egallashi kerak.
• Psixologik maslahat ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilimlar.
• Mijozlar bilan amaliy mashg‘ulot sohasidagi rivojlangan malakaga ega bo‘lish kerak.
• Turli masalalar va turli odamlar bilan psixologik maslahat o‘tkazish uchun ancha katta tajribaga ega boMishi kerak. Psixolog-maslahatchi ishi olim-psixolog va psixologiya o‘qituvchisi faoliyatidan iborat. Psixolog-maslahatchi uchun hozirgi kunda fanda hatto u psixologik maslahat o‘tkazadigan sohalarda to‘plangan barcha bilimlarni bilishi shart emas, biroq psixologik maslahatda odamlar bilan amaliy ishlarda foydali bo‘lishi mumkin bolgan barcha axborotlarni u bilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Psixolog-maslahatchi ilmiy tushunchalarni to‘g‘ri aniqlashni bilishi majburiy emas, ilmiy tadqiqotlami tashkil qilish va o‘tkazishni bilishi shart emas. Lekin u odamlar murojaat etadigan amaliy muammolami nazariy bilimlar bilan bog‘lashga va ushbu bilimlarini mavjud qiyinchiliklarni samarali hal etishda foydalanishga o‘rganib olishi kerak. Maslahatchi-psixolog ynksak ilmiy va metodik darajada psixologiyani o‘qitishni bilishi shart emas, lekin u mijozlarga foydali psixologik bilimlar berishni o ‘rganib olishi kerak. Psixologmaslahatchi faqat amaliyotchi emas, balki ishning tashkilotchisi hamdir. Shuning uchun u psixologik maslahat ishlarini tashkil etishga taalluqli barcha ishlarga o ‘rganib olgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunga xususan ma’lum ijtimoiy, huquqiy, moliyaviy masalalar va yangi tashkilotni yaratuvchi va tashkil etuvchi boshlayotgan ishbilarmon uchun zarur bo‘lgan bilimlar kiradi. Bunga yana kadrlarni tanlab olish va joyiga qo‘yish, ular o‘rtasida vazifalami taqsimlash, ularning o‘zaro aloqalarini tashkil etish ham kiradi. Mijozlar bilan muloqot jarayonida psixolog-maslahatchidan odamlami to‘g‘ri baholashni bilish, bir-birini tushunishga erishish, yaxshi munosabatlar o‘matish va ishontirishni bilish talab etiladi. Gap shundaki, kasbiy oliy o ‘quv yurti tayyorgarligi jarayonida barcha vaziyatlami ko‘zda tutish mumkin emas, bunday tayyoigarlik malaka, ko^ikmalarni ishlab chiqishdan ko‘ra ko‘proq bilim olishga yo‘naltirilgan. Malaka, ko‘nikmalar esa psixologik maslahat o ‘tkazish amaliy tajribasida shakllanadi.
Psixolog-maslahatchining kasbiy malakasi qanday oshiriladi? Kasbiy malakasini mantazam oshirib borish ham uning umumiy va maxsus psixologik ta’limi kabi psixolog-maslahatchining kasbiy tayyorlashga majburiy talab hisoblanadi. Birinchidan, oliy o‘quv yurtida oigan bilimlari vaqt o ‘tishi bilan eskirib boradi va ularni yangilash zaruriyati yuzaga keladi. Ikkinchidan, harbir psixologik maslahat, har bir psixolog-maslahatchi boshqalar uchun foydali amaliy ish tajribasini to‘plab boradi va ulami almashish odatda malaka oshirish vaqtida amalga oshiriladi. Psixolog-maslahatchilarni kasbiy tayyorlash asosiy soha va yoknalishlari psixolog-maslahatchi ishiga qo‘yiiadigan talablarga binoan uning kasbiy ma lakas ini oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko'rsatib o ‘tish mumkin:
1. Psixolog-maslahatchi faoliyati asosini tashkil etuvchi zamonaviy psixologiya sohalarida yangi iimiy va amaliy foydali bilimlarni olish, bu bilimlami turli yo‘llar bilan egallash mumkin: malaka oshirish maxsusfakultetlarida, kurslar, seminarlarda hamda yangi ilmiy va ilmiy-amaliy nashrlar bilan doimiy tanishib borish hisobiga mustaqil ravishda egallab borish.
2. Yanada yuksak kasbiy razryad olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish, imtihon topshirish, bu yo‘nalish odatda ma’lum huquqlarga ega bo‘lgan davlat yoki jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi.
3. Psixolog-maslahatchining psixoterapiya yoki psixokorreksiya yangi metodlarini o'zlashtirishi, mijozga psixotcrapevtik yoki psixokorreksion ta’sirko‘rsatishi odatda psixolog-maslahatchi vazifasiga kirmasa ham u kerak bo‘lgan vaqtda zarur metodlardan foydalanishni bilishi kerak. Bu metodlami psixolog-maslahatchi qanchalik yaxshi bilsa, uning kasbiy mahorati darajasi shunchalik yuqori bo'ladi.
4. Boshqa psixologik maslahatlarda va yanada tajribali psixologmaslahatchilar rahbarligi ostida malakasini oshirishning bu shakli ish tajribasini almashish bilan bog‘liq bo'ladi. Bunday doimiy tajriba almashish esa har qanday psixolog-maslahatchining kasbiy mahoratini ta'minlash va rivojlantirish uchun zarurdir.
5. Mijoz sifatida psixologik maslahatdan o‘tish, maslahat berish, psixokorreksiya va psixoterapiya metodlari bilan tanishish, malakasini oshirish psixolog-maslahatchi ishida ikki barobar ijobiy roi o ‘ynaydi. Birinchidan, uning yordamida har qanday odamda bo‘lgani kabi unda ham boMishi mumkin boMgan muammolarini hal etish imkonini beradi. 0 ‘zi uchun bu muammolarni hal qilmay, ularni yo‘qotmay turib u boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli maslahat o‘tkazishi qiyin boladi. ikkinchidan, mijoz rolida ishtirok etib psixolog-maslahatchi bolajak mijozlami chuqurroq tushunishga va his etishga o‘rganib olishi, psixokorreksiya va psixoterapiya kerakli metodlarini yaxshiroq egallab olishi mumkin boladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə