3 I. Bob. Tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi



Yüklə 23,11 Kb.
səhifə1/6
tarix01.06.2023
ölçüsü23,11 Kb.
#114834
  1   2   3   4   5   6
madina.samatova12


Mundarija:
Kirish...............................................................................................................3
I.BOB.Tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi
1.1.Tarbiyachining pedagogik mahoratini oshirish metodikasi....................8
1.2.Pedagogning kasbiy madaniyatini oshirish omillari................................13
II.BOB.Maktabgacha tarbiyachining kasbiy vazifalari
2.1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari.............................................................................................20
2.2.Tarbiyachining kasbiy kompensatsiyalari va kreativligi.........................23
III.Xulosa........................................................................................................25
IV.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati ..........................................................28

Kirish
Mavzuning dozarbligi.O'zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab olgan O'zbekiston Respublikasi ta ’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko'lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo'lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta ’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o'z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog'liq o'zgarishlardir. O'quv faoliyati — bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon bo'lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatmng manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O'quv faoliyati-bu insonda muvaffaqiyatli mehnat faohyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o'qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to'plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko'nikmalar shaklida o'zgartirish hamda uni o'sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog'liq va uning hamma fazalarda-bolalikdan boshlab, to ulg'aygan davrigacha mavjud bo'ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o'quv jarayoni o'z rivojlanish tarixiga ega. IVmak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. Jamiyatning o'zi murakkab va ziddiyatli o'zgarishlarga uchrab turar ekan, o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda mustaqillik qo'lga kiritilgandan so'ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi, ya’ni o'qitish jarayoni takomillashish yo'liga o'tdi. Shuni ta’kidlash joizki, o'quv faohyati liar doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning m a’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. O'quv faoliyati o'z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy yo'naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o'quv faoliyati ko‘p qirralidir. Uning asosini shaxsan o'qitish jarayoni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka va ko'nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi. O'quv faoliyatining aynan bu tom onini ta’lim berish jarayoni tushunchasi bilan belgilaymiz. O'quv jarayoni deganda-o'quv faoliyati, tor m a’noda, bir maqsadga yo'naltirilgan ta’lim berish sifatida tushuniladi. Bu o'quv faoliyatini asosiy tom oni hisoblanadi. Lekin u o'quv faoliyatining mazmunini to'laligicha yoritmaydi. O'quv faoliyati tarkibiga keng m a’noda, ta’lim berishdan tashqari, yana bir eng muhim va m a’suliyatli jarayon-tarbiya kiradi. U o'quv faoliyatining ajralmas qismi bo'la turib, o'quvchilardan bir qator zarur ijtimoiy silatlarni shakllantirishga xizmat qiladi va ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan jarayon hisoblanadi. Ularda o'quv faoliyatining ikkita vazifasi-ta’lim berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon ham bir-biridan farqli ravishda o'zining aniq maqsad va vazifalariga ega bo'lishiga qaramasdan, ular mohiyati jihatidan bitta ijtimoiy maslak-jamiyat a'zolarining komilliginita’ininlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo'lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Muslaqillikni mustahkamlashning strategik yo'lida og'ishmay davom etayolgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'liga kirib borayotgan mamlakatimi/.da ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg'or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jara- yonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi, asosiy maqsad esa komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilaadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o‘zaro bog'liq holda namoyon boiadi. Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta ’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta ’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalaming hal etilishi jahon ilmiy jam g‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday o'qitish masalalarining yechimi bilan bevosita bog'liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalaming o‘z aksini yaxshi topmaganligi ham tegishli o'qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga aylantirib qo'ymoqda. Hozirgi paytda, aksariyat metodist va pedagog-olimlar pedagogik texnologiyalar o'quvchi yoki talabalarga ta’lim-tarbiya berishda ko'zlnngan maqsadga erishishni to‘la kafolatlaydi, deb qarashmoqda. Lckin bunday fikrlarni obyektiv haqiqat o'rnida qabuJ qilib bo'lmaydi, chunki bunda obyekt shaxs bo'lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani to'laligicha qabul qila olmaydi, aksincha, uni inkor qilishi ham mumkin, Shuning uchun, zamonaviy pedagogik texnologiyalami o'quv jarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi bo'lgan o'qituvchigina ko'zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisi bo'ladi. Agar shu nuqtai nazardan kelib chiqib qaraydigan bo'lsak, yangi pedagogik texnologiyalar va uning asosiy negizi bo'lgan axborot-kommunikatsiya (АКТ) texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi boim ish o'qituvchining tayyorgarlik darajasini birinchi o'ringa qo'yish lozim. Shu sababli pedagogik jarayonlarning kun tartibidagi aksariyat dolzarb muammolarining ijobiy yoki maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi ko'p jihatdan o'qituvchining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratiga bog'liqdir. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish ko'lamini kengaytirish, bu yo'nalishda ilg'or tajribalarni tatbiq qilish, har bir fan bo'yicha bu sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish, darslik va o'quv qo'llanmalari hamda dasturlar va m a’ruza matnlarini elektron disketlarga ko'chirish, ular bilan har bir talabani ta'minlashga erishish, ilmiy va ilmiy-metodik ishlarda, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga erishish, ta ’lim tizimini zarur axborot vositalari bilan yetarli darajada ta'minlash, ta’lim muassasalarini kommunikatsion tarmoqlarga bog'lash kabi vazifalar muhim hisoblanadi. Xullas, pedagogik texnologiya - o'qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o'quvchi yoki talabalarning kuchiga. o'zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o'zgartirish ham ta ’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya, o'z navbatida, ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o'quv jarayonlari, ta’limtarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o'zida mujassamlashtiradigan o'quv jarayonidir. Mazkur darslikda yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarni hal etishning ayrim jihatlari, pedagogik texnologiyalar va pedagogik m ahoratning ahamiyati hamda ular bilan bog'liq jarayonlarni o'rganishning metodik asoslari bayon qilingan. Darslik oliy o'quv yurtlarining magistrlari va pedagogik jarayonlar mexanizmi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun m o'ljallangan. Undan oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, pedagogika va o'qitish metodikasi masalalari bilan shug'ullanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog’liq”1 O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi2 da belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash3 kabi ustuvor vazifalari ta’lim muassasalarida o’qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki kasbiy ta’limning xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotiga joriy qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan pedagogik texnologiya o`quv qo`llanmasi o’quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratildi. O`quv qollanmaning maqsadi – pedagogik texnologiya fanining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, bo’lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o’zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Kurs ishining maqsadi: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash, ta’lim jatumanida innovatsion texnalogiyalardan foydalanish va uning ahamiyatini aniqlashdan iborat.


Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid abiyotlar pedagogik va psixologik adadabiyotlar taxlili.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari;
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish omillari;
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalari;
5. Kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish;
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.

Kurs ishining ob’yekti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish


Kurs ishi predmeti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalarini takomillashtirish.
Kurs ishi metodlari: Pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish; anketa so’rovnomalari o’tkazish, kuzatish, suhbat,
tajriba-sinov ishlari, kurs ishi natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik
uslublarini qo’llash.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Har bir bo’lajak tarbiyachi o’z ixtisosligidan o’quv –tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo’lgan metodik birlashmalarni tashkil etish shakllarini va pedagogik bilimlar va ko’nikmalarning umumiy hajmini, tarbiyachiga xos kasbiy fazilatlarni egallashi lozim.


Yüklə 23,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə