1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona daromadlari va foydasi



Yüklə 75,08 Kb.
səhifə1/4
tarix12.06.2023
ölçüsü75,08 Kb.
#116826
  1   2   3   4
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari Korxona

Reja:
Kirish


1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari
2. Korxona daromadlari va foydasi
3. Daromadlarning o`sishida mehnat unumdorligining roli
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirsh


Korxona (firma) mablaglari aylanishining har bir tsiklli mahsulotlar yoki xizmatlarning sotilishi bilan yakunlanadi. Buning natijasida tushgan pul mablaglariga u yana iqtisodiy resurslar (xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, yoqilgi, ishchi kuchi va hokazolar) sotib oladi va ularning yordamida mahsulot ishlab chiqaradi yoki xizmat korsatadi. Mana shunday tarzda sodir boladigan jarayonlar takror ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish natijasida korxona (firma) xazinasiga tushgan pul mablaglarini daromadlar deb ataladi. Korxonaning jami daromadi asosiy faoliyatdan va asosiy bolmagan faoliyatdan olingan daromadlar yigindisidan iboratdir.

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarga mahsulotlarni, ishlarni, xizmatlarni, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan tushumlar kiradi.

Daromadlarning ikkinchi turi, yani asosiy bolmagan faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:

-qimmatli qogozlarni qayta baholash natijasida hosil bolgan daromadlar;



-foizlar, dividentlar va ijara haqi korinishdagi daromadlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari
Har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, xususan, tovar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko`rsatish muayyan iqtisodiy resurslar (asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, ishchi kuchi va hokazo) sotib olishni taqozo etadi. Agar firma yangi tashkil etilayotgan bo`lsa, u yer ham sotib oladi yoki uni ijaraga oladi. Bunga ham firma muayyan sarf-xarajatlar qiladi. Agar firma o`zining pul mablag`lari kam bo`lgani uchun bankdan ssuda (qarz) olgan bo`lsa, uning uchun foizlar to`laydi. Bundan tashqari u o`z faoliyatini tashkil qilish uchun elektr energiyasi sotib oladi, transport, aloqa xizmatlari uchun pul to`laydi. Sug`urta uchun to`lovlar, reklama xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari, turli xil soliqlar va hokazolar uchun ham firma muayyan sarf-xarajatlar qiladi.
Ko`rinib turibdiki, xo`jalikni yuritish va buning natijasida muayyan foyda olish o`z-o`zidan bo`lmaydi, balki talaygina sarf-xarajatlar evaziga amalga oshadi. Ana shunday sarf-xarajatlarni, ya`ni ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan xarajatlarni ishlab chiqarish xarajatlari eb yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi har qanday sub`yektning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biroq bu maqsadga erishish, birinchidan, iqtisodiy resurslar sotib olishga sarflangan xarajatlar bilan belgilansa, ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralanadi. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foyda miqdorini belgilab beruvchi omil bo`lib qolmay, taklif hajmiga ham bevosita ta`sir etadi. Shuning uchun bu xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish va doimo tahlil qilib borish firma (korxona)ni oqilona boshqarish va uning moliya-xo`jalik faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili bo`lib xizmat qiladi.
Har qanday ishlab chiqarish firma (korxona)si oldida turadigan muhim vazifa, bu – umuman ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish emas, balki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishdan iboratdir.
Firmaning bir oyda (yoki yilda) oladigan foydasini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
F q D – X
Bu erda: D - daromadlar;
X - xarajatlar.
Agar firma ma`lum vaqt ichida 10 mln. so`mlik sarf-xarajatlar qilgan holda ishlab chiqargan mahsulotini 12 mln. so`mga sotgan, ya`ni shuncha daromad olgan bo`lsa, uning olgan foydasi 2 mln. so`mni tashkil etadi. Muayyan tadbirlarni amalga oshirib, mahsulot birligiga sarflanayotgan xarajatlarni 1 mln. so`mga kamaytirsa, uning oladigan foydasi endi 2 mln. (ya`ni 12-10) emas, balki 3 mln. (ya`ni 12-9) so`mni tashkil etadi. Endi shu misolimizni boshqacharoq qilib ko`ramiz. Firma o`sha tadbirlar natijasi o`laroq 10 mln. so`mlik sarf-xarajatlar qilib, 12 mln. so`mlik emas, balki 13 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqardi va sotdi deylik. Bu holda uning foydasi 3 mln. so`mni tashkil etadi.
Ko`rinib turibdiki, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish ikki yo`l bilan hal etilishi mumkin:
-muayyan miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish;
-muayyan miqdordagi sarf-xarajatlar bilan ko`proq mahsulot ishlab chiqarish.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo`ladigan xarajatlarni bevosita va bilvosita turlarga ajratish m umkin.
Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar bo`lib, ular shu mahsulot tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri kiritiladi. Xomashyo va asosiy materiallar, yoqilg`i, elektr energiyasi, boshqa korxonalardan sotib olinadigan yarim fabrikatlar, ishchilarning ish haqi va shunga o`xshash xarajatlar bevosita xarajatlarni tashkil etadi.
Bilvosita xarajatlar deb ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish, dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, tsex, umumkorxona va ishlab chiqarishdan tashqaridagi xarajatlarga aytiladi.
Ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
-yangi ishga tushirilgan korxonalarni o`zlashtirish va foydasini ta`minlash bilan bog`liq xarajatlar;
-yangi turdagi mahsulot, ilg`or texnologik jarayonlarni tayyorlash va o`zlashtirish uchun sarflangan xarajatlar;
-yangi, unumli texnikani yaratganligi uchun mukofot fondi ajratmalari va boshqalar.
Dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlariga dastgohlarni joriy sozlash, tsex transporti, ish joylarining amortizatsiyasi, tsex instrumentlarini tiklash va moslash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiradi.
Sex xarajatlari deyilganda, tsexni boshqaruvchi xodimlarning ish haqi fondi va ijtimoiy muhofaza uchun ajratmalar, uni isitish, yoritish, suv va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta`minlash, ilmiy tadqiqotlar o`tkazish va hokazolar bilan bog`liq xarajatlar tushuniladi.
Umumkorxona xarajatlari korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar yig`indisidan iborat bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
-boshqarish xarajatlari;
-umumxo`jalik xarajatlari;
-to`lov va ajratmalar.
Boshqarish xarajatlari quyidagilardan iboratdir:
-zavod boshqarmasi, bo`limlar xodimlarining tasdiqlangan shtat ro`yxatiga muvofiq mansab maoshlarining yig`indisi;
-xodimlarning xizmat safari xarajatlari;
-soqchi xodimlarning ish haqi, ularga beriladigan maxsus kiyimlar, o`t o`chiruvchi mashinalarga sarf qilinadigan yoqilg`i qiymati, mashinalarni sozlash uchun zarur materiallar va boshqa xarajatlar;
-zavod boshqarmasi binosi, umumkorxona yo`llari, omborlari, tibbiyot punktiga ajratilgan xona, oshxona, bufet va klublarning amortizatsiya ajratmalari va ularni joriy sozlash, yoritish, isitish va suv bilan ta`minlash xarajatlari;
-kadrlar tayyorlash, oliy va o`rta maxsus maktablaridan kelgan talabalar bilan o`tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyotlariga sarflanadigan xarajatlar.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlar mahsulot miqdoriga qarab to`g`ri mutanosiblikda o`zgarib (ko`payib yoki ozayib) turadi. Shuning uchun ularni o`zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi.
Bilvosita xarajatlar firma (korxona)da ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga qarab o`zgarmaslik xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni doimiy yoki o`zgarmas xarajatlar deb aytiladi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, bir qancha xarajatlar ishlab chiqarishda to`g`ridan-to`g`ri qatnashmaydi. Shuning uchun ularni “ishlab chiqarishdan tashqaridagi” xarajatlar deb ataladi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
-mahsulotni o`rash bilan bog`liq xarajatlar;
-mahsulotni jo`natiladigan joylarga tashib borish, vagonlarga yuklash xarajatlari.
Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytira borish firma (korxona) rahbarlari, menejeri va muhandis-texnik xodimlaridan birinchi navbatda tejamkorlik bilan ish yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xomashyo materiallaridan, yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi texnologik jarayonlarning yaratilishi va ularning joriy etilishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va firma (korxona) moliya-xo`jalik faoliyati samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi



Yüklə 75,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə