Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar. Maydalash



Yüklə 352,84 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü352,84 Kb.
#180337
1   2   3   4   5
1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar 77

Maydalash sxemalari.

Ruda tayyorlash operatsiyalari maydalash, elash va yanchish operatsiyalarini o'z ichiga olib, rudani boyitilishga moyilligi, ishlatilishi mumkin bo'lgan dastgohlarning texnologik hususiyatlari,hamda xossalari va tarkibi jihatidan o'xshash rudani qayta ishlash tajribalari asosida tanlanadi.
Fabrikaga berilayotgan maqsulotning yirikligi loyihaning kon qismi bo'yicha aniqlanadi, boyitishning birinchi operatsiyasiga kelib tushadigan mahsulotning yirikligi va boyitishning usuli boyitilishga o'tkaziladigan tadqiqotlar asosida o'rnatiladi. Rudaning fizik xususiyatlari: qattiqlik, granulometrik tarkib, namlik, loyning miqdori, maydalanuvchanlikni, elanuvchanlik, yanchiluvchanlik maydalash, elash, yanchish usullarini va bu operatsiyalarni bajarish uchun apparatlar turini belgilaydi. Sxemani tanlashga loyihalashning umumiy sharoitlari: rayonning iqlimiy sharoiti, korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi, konni qazib olish usuli, fabrikaga rudani berish usuli va boshqalar ta'sir qiladi. Ba'zan, mayda mahsulotni ajratish va bo'lakli rudani alohida to'plashga to'g‘ri keladi.
Loyihalovchiga tekshirilayotgan rudaga o'xshash rudani boyituvchi fabrikaning ekspluatatsiya ko'rsatkichlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Loyihada tekshirishdan o'tgan echimlarni ho'llash qurilgan fabrikada tuzatilishi qiyin bo'lgan xatoliklarning oldini oladi. Ayrim texnologik bo'simlarni qayta turish katta harajatlarni talab qiladi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini o'zlashtirishga vaqtni yo‘qotadi.
Quyidagi sxemalarni asoslash va taxlil qilish maydalash uchun yuzli va konusli maydalagichlar, yanchish uchun esa barabanli tegirmonlarni ishlatish mumkin bo'lgan qattiq va o'rtacha qattiqlikdagi rudalar uchun keltiriladi.
Maydalash operatsiyalari foydali qazilmalarni tegirmonda yanchish yoki foydali mineral o'lchami kattaroq bo'lganda to'g‘ridan-to'g‘ri boyitishga tayyorlash uchun ishlatiladi. Maydalash-saralash fabrikalarida maydalash operatsiyalari mustaqil ahamiyatga ega.
Maydalash sxemalariga odatda dastlabki va tekshiruvchi elash operatsiyalari kiritiladi. Ularni elakning yuqori mahsuloti (elak usti) tushadigan maydalash operatsiyalariga kiritish qabul qilingan.
Maydalash operatsiyalari o'zlariga tegishli elash operatsiyalari bilan birgalikda maydalash bosqichini, maydalash bosqichlarining yig‘indisi maydalash sxemasini tashkil qiladi


Dastlabki elash

III bosqich II bosqich I bosqich
- +
_ _ _ _ _ _ _


Маydalash sxemasi
Dastlabki elash
- +
_ _ _ _ _ _ _

Маydalash


Маydalash






Maydalash bosqichlari to'rt ko'rinishga ega:





•A'- dastlabki elash, maydalash va tekshiruvchi elash operatsiyalari;


•B – dastlabki elash va maydalash operatsiyalari;
•V – maydalash va tekshiruvchi elash operatsiyalari;
•G – maydalash operatsiyalari.




  1. Yüklə 352,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə