Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar. Maydalash



Yüklə 352,84 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü352,84 Kb.
#180337
1   2   3   4   5
1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar 77

Konusli maydalagich.
Konusli maydalagichning maydalovchi organi qo‘zg‘almas konus ichiga joylashtirilgan qo‘zg‘aluvchi konus hisoblanadi. Mahsulotni maydalash ikkita ekstsentrik joylashgan kesik konus qo‘zg‘aluvchi 1 va qo‘zg‘almas 2 konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi konus pastki uchi ekstsentrik val 7 ga erkin kira oluvchi2 valga zich o‘rnatilgan. Ekstsentrik val vertikal podshipnikda 6da aylanadi.
Ekstsentrik val maydalagichning OO΄ o‘qi bo‘ylab harakatlanganda konus valining uchi ekstsentrik – val teshigi chizuvchi aylana bo‘ylab harakatlanadi, OO΄ valning o‘qi esa konusli yuza chizadi. Valning bunday harakatlanishi natijasida valga zich o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi konus qo‘zg‘almas konus ichida tebranadi va qo‘z‘almas konus ung devoriga maksimal yaqinlashadi, hamda qarama-qarshi devordan uzoqlashadi. Yarim aylanishdan so‘ng maydalovchi konusning holati qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: chap devorga maksimal yaqinlashadi va o‘ng devordan o‘zoqlashadi. Qo‘zg‘aluvchi konusning qo‘zg‘almas konusga yaqinlashuvida mahsulot maydalaniladi.


Yirik maydalovchi konusli maydalagich.
B – qabul qilish tuynugining kengligi; b – bo‘shatish tuynugining kengligi;
c – maydalagich tuynugining eng kichik o‘lchami.
Jag‘li maydalagichdan farqli o‘laroq konusli maydalagichlar uzluksiz ishlaydi, chunki konus yuzasining qaysidir qismi hohlagan vaqtda yaqinlashib mahsulotni maydalaydi. Uzluksiz ishlash maydalagich mexanizmlarini va elektrodvigatel uzatmalarini zo‘riqtirmaydi.
Jag‘li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlar yuqori mehnat unumdorligi, tinch ishlashi, maxovikning yo ‘qligi, ancha yuqori maydalanish darajasi, maydalangan mahsulot yirikligining bir tekisligi kabi bir qator afzalliklarga ega.
Volokli maydalagichlar.
Mayda maydalashda mayda maydalovchi konusli maydalagichlardan tashqari valokli maydalagichlar ham qo‘llaniladi.
Valoklarning yuzasi tekis, qirrali yoki tishli bo‘lishi mumkin. Maydalash uchun odatda tekis valokli yuzalar ishlatiladi. Tekis yuzali valokli maydalagichlarda mahsulot bir – biriga qarama - qarshi aylanuvchi valoklar orasida ezilishi natijasida maydalanadi.




Yüklə 352,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə