Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar. Maydalash



Yüklə 352,84 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü352,84 Kb.
#180337
1   2   3   4   5
1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar 77

Volokli maydalagichlar.
Tekis yuzali valokli maydalagich rasmda keltirilgan. Valok 1 stanina 3 ga mahkamlangan qo‘zg‘almas podshipniklarga o‘rnatilgan. Ikkinchi valok 2 esa holati prujinalar 5 yordamida aniqlanadigan qo‘zg‘aluvchi podshipniklar 4 ga o‘rnatilgan.

Har qaysi valok elektrodvigateldan o‘zining shkivi 7 va 8 orqali harakatlanadi. Mahsulot ta'minlovchi voronka 9ga tushadi. Maydalangan mahsulot bo‘shatish tuynugi 10 orqali tushirib olinadi. Valoklar orasida tirqishning kengligi va shuningdek, maydalangan mahsulot yirikligi boltlar 12 dagi prokladka bilan boshqariladi. Maydalagich po‘lat listdan qilingan qoplama bilan yopib qo‘yiladi.


Prujinalar 5 maydalagichni himoya qiladigan qismlar hisoblanadi. Ular maydalagichga metall jismlar tushib qolsa siqiladi, valok 2 o‘ngga suriladi va tushgan qattiq jism pastga o‘tib ketadi. Bunda hosil bo‘luvchi katta bosim staninaga emas balki boltlarga uzatiladi.
Har qaysi valok valga o‘rnatilgan konus va uglerodli, marganetsli yoki xromli po‘latdan tayyorlangan bandajdan tashkil topgan. Bandaj ishdan chiqishi bilan almashtiriladi. Yangi bandajlarning qalinligi 75–150 mm, og‘ir sharoitda ishlashda 230mm gacha etadi. Eskirib ishdan chiqqan bandajlarning ruhsat etilgan qalinligi kichik valoklar uchun 13mm va yirik valoklar uchun 63mm. Bandajlarning xizmat qilish muddati maydalagichlarning boshqa qismiga qo‘yiladigan shartlar asosida aniqlanadi va 4 oydan 2 yilgacha bo‘lishi mumkin.

Qo‘zg‘aluvchi plitali bir rotorli bolgachali maydalagich. Nam mahsulotni maydalashda bolgachali maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi, panjaraning teshiklari tiqilib qoladi.


Zarbali maydalagichlar. Zarbali maydalagichlar mohiyat jixatidan bolg‘achali maydalagichlarning bir turi hisoblanadi. Oxirgi paytlarda ular tez tarqaldi. Zarbali maydalagichlar yirik va o‘rta maydalash uchun qo‘llaniladi, elak bilan yopik tsiklda ishlaganda esa ruda, ko‘mir, shlak, shteyn kabi turli – tuman mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi.
Barcha moslamalar (to‘qmoq li rotor, sterjen va plitalar) ichkari tomondan qoplovchi plitalar 5 o‘rnatilgan maydalagich 4 ning konusi ichiga joylashtirilgan. Sterjenlarning diametri 125-200 mm. Rotor va 7 ga aylanadi. Mahsulot maydalagichga tebranuvchi yoki vibratsion ta'minlagich 6 orqali yuklanadi. Mahsulot bo‘laklarining sterjenlarga, plitalarga va bir biriga urilishi natijasida maydalangan mahsulot 8 orkali bemalol tushib ketadi. Maydalagichning asosiy ishchi organlari bo‘lib, to‘qmoqlar, sterjenlar va plitalar hisoblanadi.
Rotorning uzunligi 500 – 1220 mm, diametri taxminan 900 – 1200 mm.

Zarbali maydalagichlar 400 t/soatgacha etadigan yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga, yuqori maydalash darajasiga ega, maydalagichga tushib qolgan begona metall va boshqa jismlarga ta'sirchanligi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
I.K. Umarova G.Q. Solijonova “Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash” fanidan darslik. 2009-yil.
M.A.Mutalova “Foydali qazilmalarni boyitish”
https://unilibrary.uz/literature
Yüklə 352,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə