2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#136778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzi-www.hozir.org

Qisqa tutashuv rejimi
. Transformatorning qisqa tutashuv rejimi avariya rejimiga
kiradi. Bunda, chiqish chulg‘ami uchlari qisqa tutashgan bo‘lib transformator
chulg‘amlaridan juda katta tok oqib o‘tadi. Bu tok natijasida chulg‘amlar qattiq
qizib ketadi va izolyatsiya ishdan chiqadi. Chunki chiqish chulg‘amining qarshiligi
nolga teng bo‘lib, chulg‘am uchlaridagi kuchlanish ham nolga teng bo‘ladi undagi
Amaliyotda transformatorning chiqish chulg‘amlaridagi (iste’molchi zanjiridagi)
qisqa tutashuvlar sodir bo‘lib turadigan holat. Shuning uchun bunday holatlarda
transformatorni himoyalash uchun qo‘shimcha vositalar (qisqa tutashuv
saqlagichlariG‘ ishlatiladi. Transformator chulg‘amlaridagi quvvat isroflarini
aniqlash uchun transformatorni qisqa tutashuv tajribasi o‘tkaziladi. Bu rejimda
shuningdek, transformatorni mexanik va termik jihatdan mustahkamligini
ta’minlash, himoya vositalarini yaratish va ularni to‘g‘ri ishlashini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan texnologik kattaliklarni ham aniqlash mumkin.
Qisqa tutashuv tajribasini o‘tkazish uchun birlamchi chulg‘amga nominal
kuchlanishga qaraganda ancha kam kuchlanish beriladi va chiqish chulg‘amlari
qisqa tutashtiriladi. Bunda kirish chulg‘amiga berilgan kuchlanish shunday
tanlanadiki, chiqish chulg‘amlari qisqa tutashtirilgan holatda kirish chulg‘amidan
o‘tayotgan tok transformatorning nominal tokiga teng bo‘lishi kerak. Aynan shu
kamaytirilgan kuchlanish transformatorning qisqa tutushuv kuchlanishi -U
qt
deb
yuritiladi va transformator nominal kuchlanishiga nisbatan foizlarda ifodaladi.
Odatda U
qt
–qisqa tutashuv kuchlanishining U
n
- nominal kirish
kuchlanishiga nisbati U
qt
/U
n
= 0,05-0,1 oraliqda o‘zgaradi. Bu nisbat kirish
chulg‘ami kuchlanishi va transformator quvvati oshishi bilan ortib boradi.
Demak, qisqa tutashuv paytida transformator chulg‘amlaridagi tok kuchi nominal
tok kuchiga nisbatan 10-20 marta ortib ketishi mumkin.
13.2-rasm. Transformatorni qisqa tutashuv ish rejimida tekshirish sxemasi.



Qisqa tutashuv tajribasida, 13.2-rasm, transformator chiqish chulg‘amining


a x uchlari qisqa tutashtiriladi. Kirish chulg‘amiga esa o‘lchov qurilmalari ulanadi.
Tajribada aniqlangan I
q
- qisqa tutashuv toki, U
q
– qisqa tutashuv kuchlanishi va R
q
– qisqa tutashuv aktiv quvvatidan foydalanib, salt rejimdagi kabi, transformator
chulg‘amining Z
q
- to‘la, X
q -
reaktiv va r
q
-aktiv qarshilik larini aniqlash mumkin.
Nominal rejim
. Transformatorning nominal rejimi ishlab chiqaruvchi tomonidan
belgilangan va transformator pasportida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilishidir.
Transformatorning ishlashi jarayonida ko‘rsatkichlarning ishlab chiqaruvchi
tomonidan belgilangan meyo’rlarda bo‘lishi transformatorni uzoq muddt samarali
ishlashini ta’minlaydi. Shuning uchun ham nominal rejimni ta’minlash amaliy
jihatdan juda muxim texnik va iqtisodiy axamiyatga ega. Transformatorning
nominal rejimi parametrlari transformator pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Adabiyotlar ro‘yxati: A-1; A-2; A-4; A-5; A-7; Q-12; Q-14; Q-19.


Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə