Sanoat korxonalarining pasaytiruvchi podstansiyalari



Yüklə 36,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü36,99 Kb.
#156491
  1   2   3
3-laboratoriya ishi




LABORATORIYA ISHI №3 
SANOAT KORXONALARINING PASAYTIRUVCHI PODSTANSIYALARI 
SXEMALARINI O’RGANISH 
 
Ishdan maqsad: 
Podstansiya sxemasiniga operativ o’zgartirishlar kiritishda 
amaliy ko’nikma hosil qilish, 6-10 kV bosh pasaytiruvchi podstansiyada 
kommutatsiya apparatlarini ulanish tartibini o’rganish.
Nazariy qism. 
Podstansiyalarda elektr energiyasi qabul qilinadi, kuchlanishi o’zgartiriladi va 
taqsimlanadi. Ular sanoat korxonalarining elektr ta’minotini asosiy qismlaridan 
bo’lib, quvvati, kuchlanishi va vazifalasiga qarab keng nomeklaturaga ega. 
Podstansiyalar quyidagilarga bo’linadi: 
-bosh pasaytiruvchi podstansiyadar(bpp); 
-chuqur kirib borgan (glubokiy vvod) podstansiyalar (chkb); 
-sex transformator podstansiyalar (stp). 
Podstansiyalar sxemasi tanlayotganda umumiy sxemasi bilan birgalikda, 
korxonani rivojlanish istiqbollarini e’tiborga olishi lozim.
Kommutatsiya sxemalarini ishlab chiqishda ular maksimal ravishda 
soddalashtirishga va minimal kommutatsiya apparatlarini qo’llashga harakat 
qilinadi. Bunday sxemalarning faqat arzonligi emas, balki ishonchliligi ham amalda 
tasdiqlangan. Sxemalarni soddalashtirish ayrim elementlarni tez va xatosiz 
zahiralashni amalga oshirishga imkon beradi va bu bilan ularning ishonchliligini 
oshiruvchi avtomatikani (AVR, APV) qo’llashga yordam beradi.
Barcha sanoat korxonalari transformator podstansiyalari sxemalari quyidagi 
asosiy nizomlari hisobga olib ko’riladi: 
- Bitta shinali tizimlarni ko’proq qo’llash va ikkita shinali tizimlarni qo’llashni 
keskin chegaralash.
- «Blokli sxema» va «shinasiz» podstansiyalarni keng qo’llash.



- Oddiy va arzon apparatlardan: bo’lgich va qisqa tutashtirgich, yuklama 
uzgich va saqlagichlardan keng foydalanish.
- Avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalashtirish sxemalarini keng ishlatish.
Amaliyotda podstansiya sxemalarining quyidagi turlari keng qo’llaniladi: 

Bitta yig’ma shina tizimli sxemalar.

Aylanma yig’imli shina tizimli sxemalar.

Ikkita yig’mali shina tizimli sxemalar.

Soddalashtirilgan podstansiya sxemalari.

Ajratkichli, otuvchi saqlagichli sxemalar.

Ko’prikli sxemalar. 
Faqat ajratgichli yoki transformatorlarning birlamchi kuchlanish tomonidan 
to’g’ridan to’g’ri ulangan sxemalar.
Sanoat korxonalarining podstansiyalarida bir shinali kommutatsiya sxemalari 
keng tarqalgan. Bir shinali sxemalar asosan taqsimlash podstansiyalarida va BPP ni 
ikkilamchi kuchlanish taqsimlash qurilmalarida yig’ma shinali sxemalar katta 
kuchlanishli elektr iste’molchilarini ta’minlaydigan o’rta va katta sex 
podstansiyalari qo’llaniladi. Bir shina tizimli sxemalar seksiyalangan va 
seksiyalanmagan bo’ladi.
Sanoat korxonalari ayrim podstansiyalarida, asosiy ish shinasidan tashqari, 
aylanma yig’ma shinalar ham qo’llaniladi. Ularni qo’llash operativ ulanishlar zarur 
bo’lganda, ish harakteristikasiga qarab o’zgichlarni qisman reviziya qilish 
imkoniyatini beradi. Alohida yig’ma shinalar uzluksiz ravishda har qaysi ish 
shinalarni ta’mirlash va o’zgichlarni reviziya qilish imkoniyatini beradi. Alohida 
uzgichlar yordamida aylanma yig’ma shinali har qanday asosiy ish shinalariga ulash 
mumkin. 
Hozirgi 
vaqtlarda 
"Blokli 
prinsip" 
nomi 
bilan 
ataladigan 
podstansiyalarning soddalashtirilgan sxemasi keng qo’llaniladi.
Blokli sxema shunday bir oddiy podstansiya sxemasi bo’lib. birlamchi 
kuchlanishda yig’ma shina yo’q. Ba’zi bir hollarda esa ular ikkilamchi kuchlanishda 



ham bo’lmaydi. Kommutatsiya sxemalari esa oddiy uzgichlar yoki ayirgich va qisqa 
tutashtirgichlar yordamida bajariladi.
Otqichli saqlagichli sxemalar 35 va 110 kV li kuchlanishlarda ochiq 
podstansiyalarda ishlatiladi. Albatta bunda saqlagichni nominal toki, kuchlanishi va 
uzish quvvatini hisobga olish zarur. Otqichli saqlagichlar yopiq binolarda ishlatishga 
ruhsat etilmaydi va quvvati 6300 kVA gacha bo’lgan transformator podstansiyalari 
uchun tavsiya etiladi.
BPP lar uchun yig’ma shinasiz sxemalar yoki birlamchi kuchlanish uchun 
uzgichlar, ko’prikli sxemalarni uzib-ulab turadigan qurilmalar qabul qilinadi. Oddiy 
keng tarqalgan ko’prikli sxema ikki transformatorli va ikki ta’minlovchi 
liniyalaridan iborat bo’ladi. Ajratkichli yoki transformator birlamchi kuchlanishga 
to’g’ridan to’g’ri ulanishli sxemalari 1000kVA quvvatli transformatorlarda 
ishlatiladi. Bu hollarda gaz himoyasi talab qilinmaydigan tupikli liniya - 
transformator sxemasi ishlatiladi. Bunday sxemalarni har qanday quvvatli 
transformatorlarni radial liniyalar orqali ulanganda ham ishlatish mumkin bo’lib. 
liniyani boshlang’ich qismida joylashgan uzgichlarni distatsion boshqaruvchi 
sistemasiga transformator himoyasi ta’sir etadigan bo’lishi kerak. Energosistemaga 
yoki korxonaning asosiy taqsimlovchi podstansiyaga 110-220 kV. radial liniyalar 
orqali ulangan chuqur pasaytiruvchi transformatorlar sxemasi eng sodda hisoblaadi. 
Bunday sxema ifloslangan muhitli sanoat korxonalarda maqsadga muvofiq, chunki 
apparatlar qanchalik kam bo’lsa ifloslanish va korroziya manbalarini ta’siri kam 
bo’ladi.
Ushbu tajriba ishida qo’yilgan maqsadni bajarish uchun universallik va 
qulaylikka ega bo’lgan 2 ta yig’ma shina tizimli sxema ko’rib chiqiladi. Ikkita 
yig’ma shina tizimida quyidagilarni bajarish mumkin;
yig’ma shinalarni qurilma ishida tanaffussiz va iste’molchilar ta’minotini 
buzmasdan navbat bilan ta’mirlash; 
har qanday shina ajratkichini faqatgina u tegishli bo’lgan zanjirni uzib 
ta’mirlash; 



yigma shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan so’ng ishni tezda tiklash; 
har qanday shina ajratkichini faqatgina u tegishli bo’lgan zanjirini uzib 
ta’mirlash; 
yig’ma shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan so’ng ishni tezda tiklash; 
har qanday zanjirdagi o’chirgichni, uni ishini uzoq muddatga to’xtatmagan 
holda ta’mirlash.
Biroq shu bilan birga ikkita yig’ma shinali sxemalar bir qator kamchiliklarga 
ham ega. Bulardagi eng asosiy kamchiligi shina ajratkichlarini operativ apparatlar 
sifatida, ya’ni zanjirda yuklama toki mavjudligida har xil qayta ulash 
operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatishdir. Bunday operatsiyalarda qayta ulash 
tartibidagi xatolik ajratgich zanjirini uzishda yoy hosil bo’lishiga va natija yig’ma 
shinalarda qisqa tutashuv bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi kamchiligi ishchi 
shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan butun qurilmani uzilib qolishi ehtimoli 
mavjudligidir. Liniya o’chirgichlarini ta’mirlash uchun bu liniyalarni ma’lum 
muddatga uchirish kerak bo’ladi. Bu narsa ham sxemaning kamchiligi bo’lib 
hisoblanadi.
Ko’rib chiqilayotgan sxemaning kamchiligiga shina ajratkichlarining soni 
ko’pligi, rangli metallar sarfini kattaligi. TP qurilmasi konstruksiyasining 
murakkabligi va boshqalar kiradi.

Yüklə 36,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə