Sanoat korxonalarining pasaytiruvchi podstansiyalari


Tajriba qurilmasining yozma tavsifi



Yüklə 36,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü36,99 Kb.
#156491
1   2   3
3-laboratoriya ishi

Tajriba qurilmasining yozma tavsifi 
Tajriba qurilmasi stendida ikkita yig’ma shina tizimli BPP sxemasi tasvir 
etilgan. Shina va liniya ajratkichlari hamda o’chirgichlarni immitatsiya qiluvchi 
tumblerlar montaj qilingan. Stendagi signal chirog’i ajratkichlar va uzgichlarni 
holatini ko’rsatadi.
Tajriba ishini bajarishga topshiriq 
1. Tajriba ishini yozma tavsifi bilan tanishish.
2. Kommutatsiiya qurilmalarini qayta ulash tartib qoidalarini o’rganish.
3. O’qituvchi bergan topshiriq bo’yicha quyidagi operatsiyalarni bajarish: 
a) yig’ma shinalarini ta’mirlashni amalga oshirish; 



b) shina ajratgichini ta’mirini amalga oshirish; 
v) yig’ma shinalarni ishchi seksiyadagi qisqa tutashuvdan so’ng podstansiya 
ishlash faoliyatini cheklash.
Tajriba ishini bajarish uslubi va tartibi
O’qituvchi tomonidan ko’rsatilgan operatsiyalarni bajarishga kirishishdan 
avval kommutatsiya qurilmalarni qayta ulash ketma-ketligi qoidalarini o’zgarib 
chiqish zarur. Ularning mazmuni quyidagilardan iborat: 
1. Ajratgichlar zanjirini yuklama toki ostida uzish va ulash mumkin emas. 
Ajratkichlarni ulash va uzish quyidagi xollarda ruxsat beriladi: 
a) zanjir uzilgan bo’lsa; 
b) ajratkichlarning pichog’i va qo’zg’almas kontaktlari bir xil potensial ostida 
bo’lsa: 
v) ajratkich, boshqa ajratgich yoki boshqa bir elementi bilan shuntlantirilsa: 
g) transformator salt ishlayotganda.
2. Operativ ulashlar jarayonida shinalararo o’zgichlar no to’g’ri ishlab 
ketishini oldini olish uchun ularni himoyasi uchirilib qo’yiladi.
3. SHinalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun ularni texnik 
ishlatish oidalarga asosan erga ulanadi (zaminlanadi) 
4. Ajratgichlar yoki o’chirgichni ta’mirga chiqarish va uni shina ulagich bilan 
almashtirish uchun, uni rele himoyasini shu zanjir himoyasiga mos holda sozlash 
kerak.
5. Ajratkich yoki o’chirgichni ta’mirga chiqarish uchun ikkala tarafdan ham 
kuchlanish yo’qligiga ishonch hosil qilish zarur.
Ajratkichlarni uzilgan qismlari ko’rinib turishi kerak. Kommutatsiya 
qurilmalarining ulanishlari ketma-ketligi qoidalari bilan tanishilgan so’ng stendga 
avtomatik o’chirgich yordamida kuchlanish berish zarur. O’qituvchi topshirigi 
bo’yicha yig’ma shinalar ishchi seksiyasidagi qisqa tutashuvdan so’ng podstansiya 
ishlash faoliyatini tiklash bo’yicha operatsiyalarni bajarish zarur. Bunda tezkor 
qayta ulanishni bajarish ketma-ketligi jurnalini to’ldirish kerak. So’ngra 



operatsiyalar bajarilgandan keyin hosil bo’lgan podstansiya sxemasini chizish zarur. 
Operativ ulanishlarni bajarish ketma-ketligi ko’rsatuvchi jurnal quyidagi shaklda 
keltirilgan.

Yüklə 36,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə