Mavzu: Adsorbsion suyuqlik xromatografiyasi



Yüklə 4,19 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü4,19 Kb.
#165465
Mavzu Adsorbsion suyuqlik xromatografiyasi-fayllar.org


Mavzu: Adsorbsion suyuqlik xromatografiyasi

  • Mavzu: Adsorbsion suyuqlik xromatografiyasi

  • Reja.

  • 1 Adsorbsion xromatografiyasi

  • 2 Yupqa qavat xromatografiyasi

  • 3 Xarakatchanlik koyffisenti RF qatori omillar

  • Adsorbsion xromatografiyaning eng ko‘p tarqalgan turi yupqa qavat xromatografiyasi – qisqartirilgan xolda YUQX tekislik xromatografiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda plastinka yuzasidagi adsorbentning yupqa qatlamidan foydalaniladi.

  • Shisha, metall yoki plastmassadan tayerlangan plastinkaning toza sirtiga sorbentning qatlami tekis yoyiladi, aksariyat holda, adsorbent plastinka sirtidan to‘kilib ketmasligi uchununga maxkamlangan (yopishtirilgan) bo‘ladi. Plastinkaning o‘lchami (uzunligi va eni 5 dan 50 sm gacha) bo‘lishi mumkin. Plastinka sirtiga pastki chetidan 2-3 sm masofada, sorbent sirtini tirnamasdan yumshoq, qalam bilan start chizig‘i va erituvchi etib boradigan front chizig‘i (finish chizig‘i) chizib olinadi

  • Plastinkaninng start chizig‘iga (kapillyar yoki mikroshprits yoramida ajratilishi lozim bo‘lgan A va V moddalarni tegishli erituvchidagi eritmasidan kichik bir tomchi tushiriladi. Erituvchi uchib ketgach, plastinka xromatografik kameradagi mazkur holat uchun maxsus tanlangan erituvchilar aralashmasi suyuq fazaga (XF) tushiriladi.

Plastinkani xromatografik kameradan olib, xavoda quritiladi va A va V moddalardan hosil bo‘lgan dog‘larni plastinkadagi holati aniqlanadi. Dog‘lar odatda dumaloq yoki cho‘ziq doira (ellips) shaklida bo‘ladi. Mazkur holatda A moddaning dog‘i start chizig‘idan lA masofada, V moddaning dog‘i lB masofada hosil bo‘lgan, erituvchi esa L masofani o‘tgan.


  • Ba’zan, ajratiluvchi moddalar eritmasining tomchisi bilan yonma-yon start chizig‘iga standart yoki guvoh moddalar (aralashmada mavjud bo‘lgan moddalar) eritmasi ham kapillyar bilan tushiriladi.

  • Xarakatchanlik koeffitsienti Rf qator omillar: erituvchining tabiati, sifati, tozaligi, sorbent (yupqa qatlam) tabiati, sifati, zarralar o‘lchamining bir xilligi, qatlam qalinligi, sorbentning faolligi (namligi), tajribaning bajarilishi (namunaning massasi, erituvchining siljish masofasi L), tajriba bajaruvchi shaxsning amaliy ko‘nikmasi va x.k. Larga bog‘liq.

  • Ajraluvchi moddalarni yanada ishonchliroq farqlash uchun, aniqlanuvchi aralashmada mavjudligi taxmin qilingan etalon modda – «guvoh» ishlatiladi. Agar Rf=Rf(guvoh) bo‘lsa, bu erda Rf vaRf(guvoh) tegishlicha tekshiriluvchi modda va guvoxning xarakatchanlik koeffitsientlari, aralashmada guvoh kabi modda borligi aniq bo‘ladi.

XULOSA

XULOSA

ANALITIK KIMYODA ANALIZ QILINAYOTGAN MODANI QANDAY MODDALARDAN TARKIB TOPGANLIGINI ANIQLASH UCHUN KO’PLAB ANALIZ USULLARI MAVJUD. BUNGA MISOL QILIB: SUYUQLIK, YUPQA QATLAM, GEL, GAZ, ADSORBSION VA BOSHQA USULLARDAN KENG FOYDALINILADI.BULAR ICHIDA ADSORBSION SUYUQLIK XROMATOGRAFIYASI AJRALIB TURADI. BU USUL VAQTNI KAM TALAB QILISHI, TEKSHIRILAYOTGAN MODDANI YUQORI ANIQLIKDA ANILAB BERADI.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. O.FAYZULLAYEV ‘’ANALITIK KIMYO’’ 2006-YIL

2.O.FAYZULLAYEV, N.TUROPOV, E.RO’ZIYEV ,A.QUVVATOV ,N.MUHAMMADIYEV ‘’ANALITIK KIMYO LABARATORIYA MASHG’ULOTLARI’’ 2006-YIL.

3.INTRNET MALUMOTLARI VIKIPEDIA. ZIYONET.



http://fayllar.org
Yüklə 4,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə