Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MAVZU: Badiiy ijod va irratsional tafakkur



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə16/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

12-MAVZU: Badiiy ijod va irratsional tafakkur.
Badiiy ijod – yuksak maʼnaviy voqelikni aks ettiruvchi badiiy obrazlarni turli janr va ifodaviy uslubda yaratishga qaratilgan insonning aqliy faoliyatidir. Badiiy ijod adabiyot, meʼmorchilik, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy sanʼat, musiqa, raqs, teatr, kino va inson faoliyatining boshqa turlarini oʻz ichiga qamrab, dunyoni anglashning xaqqoniy va majoziy shakllarini kashf etib namoyon qiladi.
Badiiy ijodda muallifning muayyan jamiyat hayotining muayyan davri muammolariga nisbatan shaxsiy nazari, oʻziga xos badiiy talqini, his-tuygʻulari oʻz ifodasini topadi. Yaʼni turli adabiyot va sanʼat asarida hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlganlari tanlab olinadi va badiiy tahlil va tasnif etiladi.
Badiiy ijod murakkab jarayon boʻlib, inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bogʻliq holda amalga oshadi. Buning uchun ijodkor erkin xayol, keng qamrovli tafakkur, boy ramziy tasavvur, milliy ong va yuksak maxoratga ega boʻlishi kerak. Badiiy ijod mahsulining dolzarbligi va ijtimoiy mohiyati ana shu bilan belgilanadi. Ijodning taraqqiy etishida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va madaniy-maʼnaviy tafakkurning yuksalgan darajasi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Mamlakatimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari badiiy ijodning yuksak pogʻonalariga erishib, bu sohada taraqqiyotning yangi ufqlarini belgilab bergan atoqli namoyandalarni koʻramiz. Ushbu namoyandalar adabiyot va tasviriy sanʼat sohalarida badiiy ijodning yangi tendensiyalarini belgilab berganlar.
Darhaqiqat, jahon tarixida renessansning vujudga kelishida ilm-fan, adabiyot va sanʼatning taraqqiy etishi muhim oʻrin tutgan. Bu sohalarda koʻtarilgan buyuk gʻoya va kashfiyotlar inson tafakkurining mahsuli sifatida jahon tamaddunini yanada yuksak bosqichga olib chiqqan.
Bugungi kunda yurtimizda badiiy ijodning taraqqiy etishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Prezidentimizning “Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash «Ilhom” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorlarida badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonda madaniyat, sanʼat va jurnalistikani rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish va yoʻnaltirish kabi vazifalar belgilab berilgan.
Hozirgi kunda badiiy ijod erkinligi madaniyat va sanʼatning barcha sohalarida koʻzga tashlanadi. Oʻzbek musavvirlari boʻlmish Ch.Axmarov, R.Ahmedov, A.Abdullayev, D.Roʻziboyev, B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Nur, O.Qozoqovlarning asarlari soʻnggi yillarda jahonning eng nufuzli ekspozitsiyalaridan joy egalladi. Adiblarimiz A.Oripov, E.Vohidovlarning asarlari jahonning koʻplab tillariga oʻgirilgan.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə