Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MAVZU: G’arb adabiy-nazariy tafakkur tarixiga oid manbalar



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə2/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

2-MAVZU: G’arb adabiy-nazariy tafakkur tarixiga oid manbalar.
Reja:
1. Sharq va Farb adabiy aloqalari tarixini davrlashtirish.
2. Sharq mamlakatlarining qadimiyligi.
«Nur Sharqdan» deyiladi Yunon naqllaridan birida. Darhaqiqat, quyosh Sharqdan chiqadi. Aql quyoshi marifat ham Mashriqda tugilib Magribga yol olgandir. Sanat va madaniyat dastlab Xitoy, Xindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Misr kabi olkalarda maydonga kelgandir. Lekin Sharq olamiga ziyo berib, uni mumtoz aylagan tafakkur tugilgan joyida qolib ketmadi, balki umuminsoniyat aqli-shuuri, mushtarak mulki sifatida zamonlar osha Farbga ham yetib bordi. Farbning motadil, osoyishta tuprogida yangidan-yangi samaralar berdi. Farb-Sharqning bu «oldi-berdi»si to hanuzgacha davom etmoqda. Bugungi Yevropaning xolis fikrlovchi eng mashhur olimlari qadim antik madaniyatning maydonga kelishida Xorazm sarhadlarida koz ochgan zardushtiylik talimotining hal qiluvchi tasirini koradi. Oz navbatida Farb antik madaniyati insoniyat tafakkurining ajralmas bir sahifasi bolib tarixga kirdi. Orta asrlar islom fani unga yangi hayot baxsh etdi. Aristotel, Platon, Ptolomey, Galen kabi onlab daholarni Arastu, Aflotun, Batlimus, Jolinus nomlari bilan Yevropaga qayta tanitdi. Ayni paytda Al-Xorazimiy, Ahmad Fargoniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi tafakkur mashallarini dunyoga berdi. Farb Yana Sharqqa ergashdi. Va bu uzluksizlik qonuniga amal qiluvchi hodisa 15-asrlargacha davom etdi.
Kopincha olimlarni eng qadimiy madaniyat qayerda paydo bolgan: sharqdami yoki garbdami degan savol oylantiradi. XIX asr ortalariga kelib, Yevropada qiyosiy adabiyotshunoslik alohida fan sifatida taraqqiy topdi. Farbda maxsus komparavistika (qiyosiy adabiyotshunoslik) maktablari yuzaga kela boshladi. Ayniqsa fransuz olimlari Pol Azar, Georg Brandes, Paul Van Tigem adabiyotshunoslikni yangi kashfiyotlar bilan boyitdilar.Ammo jahon adabiyoti tarixini yaratishga bel boglagan bu olimlar dunyoning faqat bir qitasi, yani Yevropa (shunda ham Farbiy Yevropa) madaniyatini tan oldilar, xolos. Boshqa xalqlar tomonidan bunyod etilgan manaviy boyliklar ular tadqiqotlaridan chetda qoldi. Necha asrlar muqaddam gullab-yashnagan muazzam Sharq madaniyati umumiy oqimdan surib chiqarildi. Komparavistlar uni organishga arzimaydi, deb hisobladilar. Bu mustamlakachilik, irqchilik siyosatini yurgizuvchi «yevropotsentrizm» oqimining tasiri edi. Mustamlakachilik mafkurasini ifodalovchi mazkur oqim vakillarining fikricha, Sharq xalqlari azaldan qoloq bolganlar; ularning bashariyat taraqqiyotida hech qanday ulushlari yoq. Adabiy tasir masalasida ular faqat Yevropaning Sharqqa tasiri xususidagina gapirish mumkin, deb bildilar. Sharqni organish, ularcha, etnografik malumotlar toplash hamda ekzotik jimjimadorlikni korib, kozni quvontirishdan iborat. Sharq xalqlari madaniyatiga past nazar bilan qarash adabiyotshunoslargina emas, balki yevropalik faylasuflar, tarixchilar orasida ham birmuncha keng tarqalgandir. Masalan, Fr. Shlosser degan tarixchi: «Sharq davlatlari mustabidlik (despotizm) hamda iyerarxiya asosiga qurilgan. Din bu yerda hamma narsani oz tasiriga olganidek, urf-odat, adabiyot, mafkura, axloq, hokimiyat tarzi va hatto, sanat ham doimiy, ozgarmas deb qaralgan… Ular oz madaniyatlarining doim ana shunday turgun bolishini xohlab keldilar, boshqalar tasirini qabul qilmadilar»,-deb yozadi. Farbda bunday qarashlar kop vaqtgacha hukmron aqida bolib keldi. Ular oz madaniyatlarining Sharqdan kelib chiqqanligini zo`r berib inkor etdilar va jahon tarixini faqat Yevropa xalqlari tarixi tashkil etadi, deb tushuntirdilar. Xalqlar orasiga fitna soluvchilar Sharq va Farb azaldan bir-birlariga dushmandir, ular qoshilolmaydilar, deb chiqdilar. Bu fikrlar 1841 yilda chop etilgan «Russkiy vestnik» nomli jurnalning 1-sonida nashr etilgan «Yevropa, Rossiya va Ulug Petr» degan maqoladan iqtibos qilingan. Bu maqola oz vaqtida V.G. Belinskiy (Sob. sochin., II tom, M., GIXL, 1948, 178-179-b.b) tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan.
Ammo Yevropa ilmu adab ahlining hammasi ham Sharqqa nisbatan bunday munosabatda bolmagan. Ayniqsa garb sharqshunos olimlarining xizmati kattadir. Ularning izlanishlari tufayli koplab durdona asarlar Yevropa tillariga tarjima qilindi. Yevropa kitobxonlari tarjima vositasida Sharq xalqlari ijodiyoti bilan tanishar ekanlar, bundan ming yillar muqaddam Osiyo koksida yetuk madaniyat barpo etilganligi, teran, nozik insoniy tuygular, ulug gumanistik goyalar baralla kuylangan yuksak adabiyot yaratilganligining guvohi boldilar. Bugina emas, Sharq adiblari asarlari garbliklar didi va zavqiga goyat mos bolib tushdi. Yevropa adiblari sharqliklar ijodiga taqlid qildilar, ulardan ilhomlandilar. Ulug nemis shoiri I. Gyote Xoja Xofiz devonini Fon Xammer tarjimasida mutolaa etib, azbaroyi tasirlanganidan ozini SHeroz bulbulining muridi, deb elon qildi. Ulug adiblarning Sharq adabiyotiga qoygan etiqodi komparavist adabiyotshunoslar yuzini ham Sharqqa ogirdi. Tadqiqotlar shuni korsatdiki, insoniyat jamiyati doimo osishda, ozgarishda, yangilanishda boladi. Xar bir madaniy kotarilish ozigacha bolgan yutuqlarni jamlagan, boyitgan va yangi-yangi oqimlarni birlashtirib, olga siljishda davom etgan. Sivilizatsiya tarixiga Sharq va Farb xalqlari galma-gal hissa qoshib kelganlar. Jahon xalqlari orasidagi iqtisodiy va madaniy aloqa tobora rivojlana borgan va u hozirgi paytda yangi kuch bilan mustahkamlanmoqda. Ammo zamonlar otishi bilan adabiy-madaniy boglanishlar xarakteri, mazmuni ozgarib turgan. Jumladan, Orta asrlar madaniyatini yuksaltirishda Sharq yetakchi bolib, tashabbusni oz qolida saqlagan ekan, keyingi davrga kelib, Farb oldinga otib oladi. Sharqu Farb adabiy-madaniy aloqalari juda katta davrni qamrab oladi. Professor N.Komilov bu aloqalarni davrlashtirib quyidagicha tavsif qilgan:
Eng qadimgi davrlardan ellin madaniyatigacha bolgan Orta dengiz atrofidagi xalqlar madaniy aloqalari;
III-VI asrlardagi Yunon- Orta Osiyo, Yunon-Eron, Yunon-hind aloqalari;
VIII-IX asrlarda Yunon-arab aloqalari;
XI-XII asrlarda Ispaniya orqali amalga oshgan Sharq-Farb aloqalari;
XIV-XVIII asrlardagi aloqalar;
XIX asr madaniy aloqalari; XX asr Sharqu Farb aloqalari.
Demak, hali tadqiqotchilar oldida har bir davrni tolaqonli, sinchkov o`rganish singari dolzarb muammolar turibdi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə