Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə1/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI


17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI


KIRISH.
ASOSIY QISIM
IBOB INQILOB ARAFASIDA ANGLIYANING IJTIRAOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI.
1.1.Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi.
1.2.Respublikaning e`lon qilinishi va Kromvel protektorati.
1.3.Angliyada Styuartlar hukmronligining tiklanishi va burjua tuzumining
o`rnatilishi.

II BOB XVIII ASR OXIRI XIX ASR BOSHLARIDA ANGLIYANING IJTIMOIY VA IQTISODIY TARAQQIYOTI
2.1.Angliyada agrar munosabatlar.
2.2.Sanoat to`ntarilishi va uning oqibatlari.
2.3.Anliyada chartistlar va Sving harakati
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyodlar
Kirish
XVII asr 40-yillardagi ingliz inqilobi ilk bor burjua jamiyati va davlati tamoyillarini e`lon qildi. Bu inqilob Fransiya, Italiya, Germaniya, Pol`shada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bir vaqtda bo`lib, qo`shni Fransiyaga juda katta g’oyaviy ta`sir ko`rsatdi. Inqilob Angliyada rivojlangan falsafiy va siyosiy xarakterdagi burjua g’oyalari, ayniqsa XVIII asr Fransiya burjua inqilobi arafasida Fransuz burjua mafkurasining shakllanishiga yordam berib, Angliyaning o`zida kapitalizm taraqqiyoti uchun keng imkoniyat ochib berdi. Natijada XVIII asr 2-yarmida bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan sanoat to’ntarishi yuz berdi.
Angliya XVI-XVP asrlarda agrar mamlakat bo`lib, XVII asr boshida Angliyadagi aholining 1|5 qismi shaharlarda yashar edi. XVII asr 1-yarmida ingliz savdo floti kichik edi. Shu sababli, Golland kemalaridan foydalanib, turli mamlakatlardan va hatto mustamlakalardan ham Angliyaga juda ko`p mahsulotlar tashib kelinar edi. Angliyaning chetga chiqaradigan mollaridan biri dag’al movut bo`lib, u Gollandiyada qayta ishlanar edi.
Movut sanoati Angliyaning turli sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-N`yuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi.
Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo`lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik shakli yetilib kelayotganligi xarakterlidir.
XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlkatlar bilan savdo qiluvchi ko`plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo`lishi ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.
Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo`yilishi, Hindistonda va g’arbiy Afrika qirg’oqlarida ba`zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz lustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko`proq. Yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog’lik, edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o`ziga yer olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba`zi mahsulotlarni ko`paytirishdan manaatdor edi.
Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo`jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo`ldi. Ingliz qishlog’i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan bog’langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit`asiga juda ko`p jun chiqarilar edi. Angliyaning o`zida movut to`qish qanchalik rivojlanayotgan bo`lsa mamlakat ichida shunchalik ko`p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o`sishi Angliyada qo`ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo`ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning birinchi yarmida mashhur bo`lib ketgan “g’ov tutish” ning boshlanishiga turtki bo`ldi. Qo`y boqishning ommaviy suratda ko`paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. Gov tutishni ingliz qishlog’ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriasiya qilishnig ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko`payishi g’ov tutishning natijasi bo`ldi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə