Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


Inqilob arafasida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə2/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI

Inqilob arafasida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
XVII asr ingliz burjua inqilobi bilan jahon tarixining yangi tarix davri boshlanadi. Niderlandiyada Ispaniyaning hukmronligiga qarshi XVI asrda burjua inqilobi bo`lib o`tgan bo`lsada, bu inqilob ancha cheklangan edi. Shunung uchun ham Niderlandiya inqilobi yangi tarix davrining boshlanishiga asos bo`la olmadi. XVII asr ingliz burjua inqilobi Yevropaning kapitalizm tez va muvaffaqiyatli rivojlanayolgan mamlakatlaridan biri - Angliyada bo`lib o`tdi. Uning natijasida oradan 100 yil o`tgach, Angliya dunyoning eng qudralli davlaliga aylandi. Ingliz kapitalistik xo`jaligi butun dunyoda kapitalistik munosabatlarning taraqqiyoti uchun katta ta`sir ko`rsatdi. Aynan shuning uchun ham ingliz burjua inqilobi yangi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan.
XVII asr ingliz burjia inqilobi kapitalistik taraqqiyot uchun kcng yo`l ochdi, ammo Angliyada kapitalislik munosabatlar dastlab XVI asrdayoq shakllana boshlagan edi. Burjua inqilobigacha kapitalizm rivojlanishi feodal tuzum qoldiqlari orasida juda sekinlik bilan bordi. Shaharlarda feodal hunarmandchiligining qoloq shakllari hukmronlik qildi. Yangi paydo bo`lao`tgan burjuaziya tabaqasi savdo va erkin raqobatda o`rta asrlar monopoliyasining hukmronligini bekor qilishni talab qilib chiqa boshladi. Nihoyat, Angliyaning siyosiy tuzumi - absolyutizm endi burjuallashgan dvoryanlarni va burjuaziyani qoniqtirmay qo`ydi.
XVI asr oxirlarida Angliyada kapitalistik taraqqiyot bir qancha muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi. "G`ov tutish" oqibatida dehqonlar yerdan mahrum qilindi, manufakturalar va savdo jadallik bilan o`sdi. Ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlar yanada boyib, mustahkamlandi. Endi ular kuchli qirol hokimiyatining yordamiga muhtoj emasdilar. Shu bilan birga ingliz qirollari bundan keyin ham cheklanmagan hokimiyatga ega bo`lish va boshqarishni orzu qildilar. Buning uchun ular parlamcntning ruxsalisiz soliq yig`ish va katta armiyaga ega bo`lish lozimligini tushunardilar. Chunki bu vaqtda fransuz va ispan qirollari shunday vakolatga ega edilar. Ammo Angliya tarixi boshqacha rivojlandi. Ingliz parlamentida burjuaziya va yangi dvoryanlarmng vakillari ko`pchilikni tashkil qilar edi.` Ularning har ikkalasi savdo va sanoatning taraqqiyotidan bir xilda manfaatdor edilar. Qirol o`z-o`zicha soliq yig`ish huquqiga ega bo`lmaganligi uchun boshqa yo`llar bilan mablag" topishga harakat qildi. Hukumat boshqa davlat bilan savdo qilish huqiqini, savdo kompaniyalariga monopoliya sifalida, katta pullar evaziga sola boshladi. Burjuaziya va dvoryanlar bundan norozi edilar, chunki monopoliyalar boshqa savdogarlarni raqobatda siqib qo`ygan edi.
Parlamentning noroziligi dastlab qirolicha Elizaveta davrida boshlangan edi. Ammo dono qirolicha parlament bilan kurashdan cheklandi. Toj va parlament o`rtasidagi ziddiyat Yakov I Styuart hukmronligi davrida yangidan boshlandi. U Angliyada absolyulizm boshqaruvini o`rnatilishiga harakat qilgan edi. Biroq Angliyaning xo`jalik va ijtimoiy taraqqiyoti bunga yo`l qo`ymasligini u tushunmadi. Absolyutizm uchun kurashni ingliz ruhoniylarining bir qismigina qo`llab-quvvatladi. Yakov 1 o`zining absolyutistik orzularini amalga oshirish uchun parlament bilan nizo chiqarib, uni siyosiy sahnadan tushirishga urindi. Parlamentning noroziligini ayniqsa qirolning moliyaviy tadbirlari va tashqi siyosati kuchaytirdi. Inglz xalqi va parlament Ispaniyani Angliyaning dengiz va mustamlakalardagi asosiy raqibi deb bilgan bo`lsalar, qirol hukumati muxoHfatga qarshi kurash uchun Ispaniya bilan yaxshi munosabatda bo`ldi.
Shunday qilib, qirol va partamcnt o`rtasidagi kurash Angliyani inqilobga olib keldi. Qirol Karl I (1625-1649) davrida bu kurash nihoyatda jiddiy tus oldi. Angliyaning Ispaniya va Fransiya bilan olib borgan urushlari uchun ingliz hukumatiga ko`p miqdorda pul kcrak edi. Qirolning tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklaridan norozi bo`lgan parlament uning hukmronligini uehinchi yilida "Huquqlar to`g`risidagi iltimosnoma" ni imzolatishga majbur qildi. Unga ko`ra, har qanday soliqlar faqat parlamentning ruxsati bilan yig`ilishi va har qanday hibsga olishlar qonuniy asosda bo`lishi kerak edi. Iltimosnoma imzolangandan keyin ham qirol parlamentning ruxsatisiz soliqlar yig`ishni davom ettirdi. Bunga qarshilik ko`rsatgan parlamentni tarqatib yubordi va 1629 yildan to 1640 yilgacha mamlakatni parlamentsiz boshqardi.
Qirolning eng yaqin maslahatchisi bo`lgan graf Strafford, absolyutizm tarafdori bo`lib, qirolning siyosiy dushmanlariga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Qirolning yna shunday tarafdorlaridan biri Kenterberre Sobori arxiyepiskopi Lod, hukmron ingliz cherkoviga qarshi bo`lganlarni ta`qib qilish uchun "Oliy komissiya" deb nomlangan cherkov sudini boshqardi. Lod shafqatsiz ravishda dahriylar, puritanlar va lyuteranlarga qarshi kurashdi.
Qirol xazinasini to`ldirish uchun hukumat 1635 yilda "Kema soligT`ni yig`ishga kirishdi. Bu soliq o`tmishda normanlarning talonchiliklariga qarshi kurashish uchun aholidan yig`ilgan soliq bo`lib, lining qaytadan joriy qilinishi umumiy norozilikka sabab bo`ldi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə