Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə3/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI

Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi
1637 yilda Shotlandiyada xalq qozg`oloni ko`tarildi. Qo`zg`olonni Karl I ning ingliz absolyutizmi tartiblarini joriy qilish, Shollandiuaga ingliz cherkovini kiritish va Shotlandiya parlamenti huquqlarini cheklashga bo`lgan urinishi keltirib chiqardi. Shotlandiya katta harbiy kuchga ega edi. Shotlandiyaliklar Angliyaning shimoliy qismini egallab oldilar. Karl I ning ularga qarshi kurashish uchun na armiyasi va na mablag`i bor edi. Shuning uchun u-parlamentni chaqirishga majbur bo`ldi. 1640 yilning aprelida 11 yillik tanaffusdan so`ng yana parlment chaqirildi. Ammo bu parlament shotland isyonchilariga qarshi kurashish uchun qirolga pul bermadi va yana huquqlar to`g`risidagi iltimosnomada keltirilgan talablarni bajarilishini rad etdi. Karl I bir necha hafla o`tgandan so`ng parlamentni larqatib yubordi, shuning uchun u " qisqa parlament" deb nom oldi.
Shotlandiyada qo`zg`olon kengayib boraverdi. 1640 yil noyabrda yangi parlament chaqirildi. Bu oldingisidan ham qaysarroq chiqdi. Shotlandiyaliklarning g`alabalaridan va qirolning qiyin ahvolidan foydalangan parlament uning oldiga o`z talablarini qat`iy qo`ydi., Qirol parlamentni tarqatib yuborishdan qo`rqib, uning talablarini qabul qilishga majbur bo`ldi. Bu parlament 12 yildan ziyodroq faoliyat ko`rsatdi, shuning uchun u "uzoq pariament" deb nom oldi. Pariamentning talabi bilan lord-kantsler Strafford va arxiyepiskop Lod o`limga mahkum qilindi. Parlament siyosiy ishlsr bo`yicha oliy qirol sudi bo`lgan "Yulduzli palata" ni va cherkov sudi bo`lgan "Oliy komissiya" ni tugatdi, "Kema solig`i" bekor qilindi. 1641 yil noyabrda parlament "Buyuk remonstratsiyani"` qabul qildi. Unga ko`ra qirolning qonunga zid bo`lgan harakatlari birma-bar sanab o`tihb, davlatning barcha muhim lavozimlariga parlamcntning ishonchli vakillari qo`yildi. Rcmonslratsiyani qabul qilishda asosan qirolning yakka hokimligidan aziyat chekayotgan yirik burjuaziya ko`pchilik ovoz berdi.
Qirol muxolifatni qarshiligini tugatish maqsadida quyi palataning daholarini hibsga olish uchun qurolli otryad yubordi. Ammo ular yashirinishga ulgurdilar. 1642 yil yanvarida qirol mamlakatning feodal tuzum kuchliroq bo`lgan shimoliy hududlariga chekinishga majbur bo`ldi. Parlament ham kurashga tayyorlanib, armiya tashkil qila boshladi. 22 avgustda qirol parlamentga urush e`lon qildi.
Shimoliy va g`arbiy grafliklar qirol taraflda bo`ldilar. Ular iqtisodiy va siyosiy qoloq rayonlar bo`lob, iqtisodiy jihatdan rivojlangan janub,i-sharq, shimol va markazning sanoatlashgan rayonlari va flot parlament tomonida turdi. Qirolga qarshilik ko`rsatish markazi London shahri bo`lib qoldi.
Ingliz cherkovi qirol tomonida, puritanlar esa parlament tomonida turdilar. Asosan dvoryanlardan tashkil lopgan qirol tarafdorlari " kavalerlar" deb, parlament tarafdorlari esa "yumaloqboshlilar" deb ataldi. Kurash boshida qirol tarafdorlari ustunlikka ega edilar., parlament armiyasi nihoyatda yomon tashkil qilingan edi. Bundan tashqasi parlament tarafdorlari o`rtasida yakdillik yo`q edi. Parlamentda asosiy rol presviterianlarga tegishli bo`lib, ular boy savdogarlar, monopolistlar, bankirlar va yangi dvoryanlardan chiqqan yirik yer egalaridan iborat edi. Ular inqilobning dastlabki yillarida qo`lga kirililgan yutuq va muvaffaqiyatlarini saqlab qolishni istar edilar. Shuningdek parlament tomonida independentlar ham turdilar. Ularning kuchini asosan o`rta hoi burjuaziya, o`rta va mayda dvoryanlar tashkil qildi. Bu toifa parlamentda hokimiyatni qo`lga kiritish uchun siyosiy islohotlar o`tkazishga harakat qilayotgan edi. Independentlarga o`rtahol va o`ziga to`q dehqonlar - yomcnlar, mayda savdogarlar va hunarmandlar ham qo` shildi.
Parlamentning qirolga nisbatan qat`iy bo`lmagan siyosati va parlament qo`shinining muvaffaqiuatsizliklari ingliz jamiyatining radikal doiralarida norozilik uyg`otdi. Norozi bo`lganlar independentlar partiyasi atrofida birlashdilar. Independentlarning daholaridan biri ingliz inqilobining yirik arbobi-Oliver Kromvel edi. Dvoryan oilasida tug`ilgan Kromvel 1640 yilda parlamentga saylandi. 1644 yil Kromvel harbiy islohotlar o`tkazib. temir intizomli "Yangi namunadagi armiya" tuzdi. Natijada qo`shinga rahbarlik markazlashtirildi, ofitser va askarlarga doimiy ravishda maosh tayinlandi, ular qurol-yarog` bilan ta`minlandi. 1645 yil iyunida Nesbi yaqinida Kromvel armiyasi qiro! qo`shinlarini tor-mor qildi. Natijada qirol parlament bilan kelishish to`g`risida muzokaralar boshlashga majbur bo`ldi. Ammo lining boshqa davlallardan inqilobni bartaraf etish uchun yordam olish to`g`risidagi iltimosi xalq orasida umumiy norozilikni tug`dirdi. 1646 yil mart oyida esa qirol qal`asi parlament qo`shini tomonidan egallangach, qirol Shollandiyaga qochib ko`di. 1647 yil yanvarda shotlandlar 400 ming funt sterling evaziga qirolni inliz parlamentiga tutib berdilar.
Urush ketayotgan bir davrda parlament qo`shininig muvaffaqiyatlariga tayangan parlament yirik burjuaziya manfaatiga mos keluvchi tadbirlarni amalga oshirishga shoshildi. U qirol, yepiskoplik va feodal yerlarini konfiskatsiya qilib sola boshladi. 1646 yilda ritsarlarning mulklarini va g`ov tutishga qarshi bo`lgan barcha qonunlarni bekor qildi. Fransuz inqilobi hech qanday to`lovsiz feodal mulklarni tugatgan va uni burjua muiki deb e`lon qilgan bo`lsa, ingliz inqilobi bunday qilmadi. Chunki unda burjuaziya yangi dvoryanlar bilan birgalikda monarxiyaga, dvoryanlarga va hukmron cherkovga qarshi kurashdi, 1789-1794 yillardagi Frantsuz burjia inqilobida esa burjiaziyaa xalq bilan monarxiyaga, dvaryanlar va hukmron cberkovga qarshi kurashgan.
Presviterianlar va ular bohqarayotgan parlament uchun inqilob tugadi. Qirol absolyutizmi sindirildi, hokimiyat parlamenl qo`liga o`tdi, feodal institutlari tugatildi, ammo xalq omrnasi hech narsaga ega bo`lmadi. Parlament xalqning siyosiy huquqlarini va diniy erkinligini kcngaytirishga yo`l qo`ymadi, aksincha uning soliq siyosati xalq ommasining ahvolini og`irlashtirdi. Xalq ommasi endi independentlardan uzoqlashib, levellcrlar (tenglashtiruvchilar) partiuasiga ergasha boshladilar. Bu partiya rahbari Jon Lilbern edi, Yangi partiya asosan shahar va qishloq mayda burjuaziyasidan iborat edi. Ular umumsaylov huqiqini joriy qilishni, qirol hokimiyatim esa bekor qilishni, lordlar palatasi o`rniga bir palatali parlament joriy qilishni va qishloq jamoalariga g`ov tutilgan yerlarni qaytarib berishni talab qila boshladilar. Armiyadagi askarlarning ko`pchiligi bu partiyani qo`llab-quvvatladilar. Partiyadagi askarlarning vakillari i!Xalq bitimi" deb nomlangan talabnoma bilan chiqdilar. Bu bitim umumsaylov huquqini joriy qilishni, davlatning din ishlariga aralashnasligini va majburiy xizmatni bekor qilishni talab qildi.
1647 yil oktyabr-noyabr oylarida London yaqinidagi Pyotnida armiya konferensiyasi chaqirilib, unda armiyaning yuqori doiralari-grandlar va levellcrlar uchrashdilar. Konfcrensiyada asosan umumsaylov huquqi to`g`risidagi talab muhokama qilindi, ammo qamashuvchilar bir qarorga kela olmadilar. Shunda umumqo`shin kengashi tarqatib yuborilib, uning o`rniga ofitserlar kengashi tuzildi. .Ofiserlar bilan askarlar o`rtasidagi munosabatlar kcskinlashdi. Shunday bir vaqtda qirolning qochganligi to`g`risida xabar tarqaldi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə