Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


"Sving" harakati va parlament islohotlari



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə9/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI

"Sving" harakati va parlament islohotlari
Angliyada siyosiy kurash 1830 yilda keskin tus oldi. Xalq ommasi Fransiyadagi iyul inqilobi haqidagi xabardan junbushga keldi. 1830 yilda Angliyaning janubidagi qishloq xo`jaligida band bo`lgan ishchilar orasida "Sving" ("arg`amchi" yoki "dor") nomi bilan ataluvchi norozilik harakati boshlandi. Kent grafligidagi bunday harakatlarda qatnashgan ishchi batraklar ish haqi miqdorini oshirilishini talab qilib, qishloq xo`jalik mashinalarini vayron qildilar, g`alla va boshqa mahsulotlar saqfanadigan omborlarga o`t qo`ydilar. Qishloq aholisi joylarda fermerlar, yer egalari bilan ish haqi va boshqa majburiyatlar bo`yicha shartnomalar imzolagan. Bunday shartnomalarni tuzishdan bosh tortgan lendlordlarga "Sving" yoki "Kapitan Sving" imzosi bilan tahdidli xatlar bitilgan. Hukuinat "Sving" harakatini bostirish uchun qo`shin va artilleriya safarbar etdi. Maxsus sudlar joriy qilinib, aybdorlar jazoga hukm etildi. Harakatning yirik namoyondalari bo`lgan Kuper, Kuk va yana 7 kishi dorga osildi. Boshqa faol ishtirokchilardan 457 kishi Avstraliya va Tasmaniya oroliga surgun qilindi, yuzlab kishilar qamoqqa olindi.
1831 yilda parlamentning umumpalatasi islohotlar to`g`risidagi qonun qabul qildi, ammo lordlar mazkur qonunni rad etdilar. Bunga javoban mamlakalda yangidan inqilobiy harakatlar boshlandi. 1832 yilda lordlar islohotlar haqidagi qonunni qabul qilishga majbur bo`ldilar.
Parlament islohoti to`g`risidagi qonun 56 ta "rutubatli joylar"ni parlamentda vakillik qilishini tugatdi. 30 ta "rutubatli joylar" endi parlamentga 2 tadan emas, balki 1 tadan deputat yuboradigan bo`ldi.
Yirik sanoat shaharlari parlamentda o`z vakillariga ega bo`lish huhuqini qolga kiritdilar. Saylov huquqi bir yillik daromadi 50 ming funt sterliogdan kam bo`lmagan barcha yer egalariga berildi. Saylovchilarning soni 670 ming kishiga oshirildi. Saylov huquqlari uchun kurashgan mayda burjuaziya va ishchilar bunday huquqlarga erishmadilar. saylov okruglarining notengligi va saylovda ochiq ovoz berish saqlanib qoldi.
1831 yilgi parlament islohotiari sanoat burjuaziyasining parlamenldagi vakilligini ta`minladi.
XIX asrning 30-40-yillarida Angliyada sanoat to`ntarishi nihoyasiga etdi. Sanoat taraqqiyoti bo`yicha Angliya hamon dunyoda birinchi o`rinni egallashda davom etdi. 1840 yilda Angliyaning dunyo bo`yicha sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 45% ni tashkil etdi. To`qimachilik sanoatda ishlab chiqarishning etakchi sohasi bo`lib qolaverdi.
30-yillarning boshlarida ishchilar harakati ingliz burjuaziyasining mo`^tadil fabrika qonunlarini chiqarishga majbur etdi. 1831 yilda 18 yoshgacha bo`lgan o`smirlarni tunda mehnat qilishini, 1833 yilda esa 9 yoshgacha bo`lgan bolalarni zavod va fabrikalarda mehnat qilishni ta`qiqlovchi qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga 1832 yildagi pariament islohotlari natijasida jamoa palatasida o`z mavqcini mustahkamlab olgan burjuaziya kapitalist mulkdorlardan kambag`al qashshoqlar uchun olinadigan soliqlarni to`lashdan ozod bo`lishga urindilar. Bu bilan ular kambag`allarni diniy qavmlar orqali berilib turgan
yordamdan mahrum etib, ularni yanada kamroq miqdordagi maoshlar uchun ishlashga majbur etmoqda edilar.
1834 yilda qabul qilingan kambag`allar to`g`risidagi qonun ana shu maqsadni ko`zda tutgan edi.1601 yildayoq joriy qilingan qonunga ko`ra kambag`allarga, ya`ni, ishsizlar, xonavayron bo`lgan mayda hunarmandlar va dehqonlarga diniy qavmlar tomonidan berilib kelayotgan yordam puli keskin qisqartirildi, mulkdorlardan kambag`allar uchun olinadigan mazkur soliq tugatildi. 1834 yilda parlament tomonidan kambag`allar to`g`risidagi qonunning qabul qilinishi ishchilarga saylov huquqi uchun kurashni kuchaytirish lozimligini ro`y-rost ko`rsatdi. Bu kurashning kuchayishiga iqtisodiy inqirozlar ham katta ta`sir qildi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə