Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


XVIII asr va XIX asrning boshlarida Angliyaning Ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə6/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI

XVIII asr va XIX asrning boshlarida Angliyaning Ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti
XVII asr burjua inqilobi Angliyada boshqarishning feodal-mustabid tizimini tugatdi va bu bilan kapitalizmning bundan keyingi taraqqiyotiga xalaqit berib turgan eng asosiy to`siqni bartaraf etdi. Shuning ychun ham XVII asrning oxiri va butun XVIII asr Angliya uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sish davri bo`ldi, bu esa pirovard natijada ayni shu mamlakatda ishlab chiqarishning yangi shakilarini yaratishga-mashinalashgan yirik kapitalistik ishlab chiqarishning g`alabasiga olib keldi. Dunyo mamlakatlari orasida dastlab Angliyada kapilalistik fabrika bunyud qilinib, bu fabrika undan oldin o`tgan mahufakturaga qaraganda kapitalistik xo`jalikning xiyla etuk va rivojlangan ko`rinishi edi. Ammo Angliya tarixida XVTTT asr boshqa jihatdan ham muhim bo`ldi. XVIII asrda ingliz parlamentar tizimi, ya`ni yangi zamondagi burjua davlatiga xos shakli tashkil topdi. Bu hukumatning oldida mas`uliyatli ekanligida, umumpalatasida qaysi siyosly partiya ko`pchilikka ega bo`lsa, o`sha siyosiy partiya rahbarlaridan ministrlar tayinganligida o`z ifodasini topdi. Keyinchalik ministrliklarning parlament oldida javobgarligi prinsipini Yevropadagi hamda dunyoning boshqa qit`alaridagi burjua mamlakatlarining ko`pchiligi biror shaklda qabul qildilar.
Nihoyat, XVI11 asrda Britaniya mustamtaka imperiyasi vujudga keldi. XVIII asr oxirlarida Angliya juda ko`p mustamkalarga ega bo`lib, bu mustamlakalar ycr yuzining barcha qit`alariga yoyilib yotar edi. U o`zining mustamlakachilik sohasidagi eski raqiblari -Ispaniya, Portugaliya va Gollandiyani orqada qoldirib ketdi. Angliya agrar sohada ham yangi va eng xavfH raqibi Fransiyadan ko`ra tez rivojiandi. XVIII asr lendlordlari odatda xo`jalik ishlari bilan o`zlari shug`ullanmasdan, yerlarni yirik ijarachi fermerlarga uzoq muddat bilan ( ko`pincha 99 yilga) ijaraga berar edilar. Bunday yirik ishlab chiqarish korxonalari haqiqiy kapitalistik korxonalar edi. Fermer takomillashgan mehnat qurollarini va yerga ishlov berishning ilg`or usullarini qo`llab, juda ko`p yollanma qishloq xo`jalik ishchilarini ekspluatatsiya qildi, zotli mollarni boqib ko`paytirdi hamda hosildorlikni ancha oshirishga erishdi. Sanoatni zarur xom-ashyo bilan, sanoat shaharlari va posyolkalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlab turgan fermerchilik kapitalistik xo`jaligi mamlakatda kapilalizmning umumiy rivojlanishiga mos kelar edi.
Agrar to`ntarishning ikkinchi oqibati, dehqonlarni ekspropriatsiya qilish natijasida bo`shab qolgan ishchi kuehlari biian o`sib kelayotgan kapitalistik sanoatning ta`minlanishi, bu ham sanoat uchun katta ahamiyatga ega edi. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning bir qismigina fermadan o`ziga ish topa olar edi. Yeridan ayrilgan dehqonlarning ko`pchilik qismi esa shaharlarga ketar va shu tariqa ishsizlar armiyasini bunyodga keltirar edi. Bu ishsizlar armiyasi esa manufaktura va fabrikaiarni doirniy ishchi kuchi bilan ta`minlar edi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə