Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


XIX asrning boshlarida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy ahvoli



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə8/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI

XIX asrning boshlarida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy ahvoli
Angliyada XIX asr boshlarida mayda burjuaziya va ishchilar siyosiy tu/umni demokratlashtirishni va umumiy saylov huquqtni joriy qilinishini talab qilmoqda edi. Ko`p yillik kurashdan so`ng ishchilar 1824 yilda ishchi tashkilotlarini tuzishni taqiqlivchi qonunni bckor qilishga erishdilar. Bu qonun 1799 yilda joriy qilingan edi. Endi tezda ishchlar ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida o`zlarining kasaba uyushmalari (Tred-yuniontar)ni tuzdilar. Biroq. kapitalistlar tred-yunionchilik harakatidan tashvishga tushib, 1825 yilda "Ishchilarning ittifoqlari haqida qonun"ni qabul qilinishiga erishdilar. Mazkur qonun, mehnat sharoitlarini yaxshilanishini talab qilib chiqgan ish tashlashlar va namoyishlar o`tkazishni man qildi.
1825 yilda Angliyada birinchi marta ortiqcha ishlab chiqarish oqibatida iqtisodiy inqiroz yuz berdi. U sanoatning barcha sohalarida, ayniqsa to`qimachilik sohasida ancha kuchli tarzda namoyon bo`ldi. Ko"plab sanoat korxonalari yopildi, yoki to`liq bo`lmagan ish kuniga o`tkazildi. Mamlakatda ommaviy ishsizfik hukm surdi. U bilan birga oziq-ovqat mahsulollarining narxi oshib ketdi. Inqiroz aholining norozilik harakatlarini kuchaytirdi.
20-yillarning oxiridan Angliyada mayda burjuaziya, sanoat burjuaziyasi va ishchilarning parlament islohotlari uchun kurashi kuchaydi. Sanoat burjuaziyasining iqtisodiy qudrati tez o`sdi, ammo uning parlamentdagi (a`siri oldingiday suslligicha qolmoqda edi. Xalq ommasi saylov huquqlariga ega emas edi. Angliyaning 20 mln. kishilik aholisidan faqal 220 ming kishi saylov huhuqiga ega edi. Parlamentda yirik ycr egalari,
savdo va sanoat burjuaziyasi hukmronlik qilar edi. Lendlordlarning siyosiy ta`sirining ustunligi saylov masalasida yaqqol ko`rinmoqda edi. Aholisi 400 ming kishidan iboral bo`lgan 30 ta "rutubatli joylar" umum palatasiga 22 tadan, Manchester, Birmingem, Lids, Shefflld va London shaharlarining 1,5 mln. kishilik aholisi parlamentga bor yo`g`i 4 ta deputat saylash huquqiga ega edi. Sanoat burjuaziyasi o`zining parlamentdagi siyosiy ta`sirini kuchaytirish uchun ishchilarning parlament isiohotlarini talab qiluvchi kurashidan foydalandi.



Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə