Xvii asr o`rtalari va XIX asr birinchi yarmida Angliya


Dehqonlarning yeridan mahrum qilinishi va agrar inqilob



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə7/13
tarix21.10.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#129864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
17 -18ASRLARDA ANGLIYANING IJ TIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOLI

Dehqonlarning yeridan mahrum qilinishi va agrar inqilob
Angliyada sanoat to`ntarishini tayyorlagan eng muhim sharoitlardan biri "agrar to`ntarish" yoki "agrar inqilob" bo`ldi.Angliyada dehqonlarning yerga jamoa bo`lib egalik qilishi juda barvaqt yemirila boshladi.Jamoa yerlarining va dehqonlarga tegishli chek yerlarning lordlar tomonidan tortib olinishi XV asrningTO-yillarida keng qo`llanilib,XVI-XVII asrlarda ayniqsa avj ofib ketdi.
1688-yilgi davlat to`ntarishi qirol yerlarining xususiy shaxslar (birinchi galda vigi-dehqon zodagonlarga hamda qisman London bankirlari va savdogarlariga mansub bo`lgan shaxslar) qo`liga o`tib qolishiga sabab bo`ldi.Angliya qirollari qo`lida bunday yerlar hatto XVII asrning 2-yarmida,burjua inqilobidan keyin ham juda ko`p saqlanib qolgan edi.Yangi yer egalari zodagoniar va burjuaziya qadimdan davom etib kelayotgan dehqon yer egaligi bilan sira hisolashmas edi.
Bunday sharoitda dehqonlarning yerdan mahrum etilishi, XVII asrning 2-yarmidan avj olib ketgan edi. Ingliz statisti Gregori King ma`lumitiga ko`ra aholining eng kambag`al toifasiga 3 000 000 ga yaqin kishi, 3 - loifadagi dehqonlarga (frigolderlar. kopigolderlar va Biroq agrar to`ntarishi yuqorida aytib o`tilgan xususiyallari bilan kapitalizmning rivojlanishiga yordam bergan bo`lsa,ikkinchi tomondan uning oqibatida Angliyada hukmron lendtordlar tabaqasi saqlanib qoldi.Lendlord-dvoryanlar yer rentasi tariqasida juda katta o`lpon olar edi,biroq bu o`lpon endi kapitalistik renta ko`rinishiga ega bo`igan edi.
Sanoat to`ntarilishi va uning oqibatlari
XVIII asrning ikkinchi yarmida Angliyada yirik kapitalistik ishlab chiqarishning bunyodga kelisni uchun barcha shart-sharoitlar mavjud edi: Bu vaqtda ingliz kapitalistlari qo`lida muslamlakalarni talash va Yevropadan boshqa qif alardagi turli mamlakatlar bilan dengiz osha savdo-sotiqdan behad ko`p tbyda olish natijasida juda katta miqdorda Fransiyadan uning Osiyo va Amerikadagi yaxshi mustamlakalarini tortib olib, unga qaqshalqich zarba berdi. Ingliz mustaralakachilari XVIII asrda juda keng miqyosda misli ko`rilmagan vahshiylik, shafqatsizlik va makkorlik ishlarida mustamlakalarni talashi, dastlabki jamg`arilish, deb ataladigan jarayonning nihoyasiga yetganligini bildirar cdi, bu jarayonga XV asr oxiri va XVI asrning birinchi yarmidayoq geografik kashflyotlar bilan asos solingan edi.
Bo`sh yerlarni egallash, dchqonlarni yersizlantirish, mustamlakalarni talash hisobiga kapital to`plab olgan savdo-sanoat burjuaziyasi ko`poq foyda olish uchun mashinalashgan yirik ishlab chiqarish zarurligini tushundi. Ana shundan so`ng ular har qanday texnika sohasidagi kashfiyotlarga jiddiy e`tibor berdilar va tan-texnika yangiliklarini qo`llash bilan birga uni yaratgan kishilarni rag`batlantira boshladilar.
Ip-gazlama sanoatida birinchi ko`zga ko`rinarli takomillashtirish to`quvchilik ishida amalga oshirildi. Mexanik injener Key 1733 yilda maxsus arg`amchi yordamida harakatlanuvchi uchuvchu moki ixtiro qildi. Uchuvchi moki to`qish jarayonini tezlashtirdi. Ip yigiruvchilar ip etkazib bera olmay qoldilar. Endi ipga talab ko`paydi. Ip tanqisligi kapitalistlarni ip yigirish ishida ham texnikaviy takomillikni qidirishga majbur etdi. 1761 . yilda "Mahoratni va sanoatni rag`batlantirish jamiyati" maxsus murojaatnoma chiqarib, unda mexanik ip yigiradigan charx ixtiro qilgan odamga mukofot e`lon qildi. 3765 yilda lo`quvchi Jeyms Xargrvs qo`l balan harakatga keltiriladigan mexanik ip yigiruvchi charx ixtiro qildi va unga qizining nomini berib "Jenni" deb atadi. Yigiruvchilik texnikasida bu ixtiro katta sakrash edi. Bu endi haqiqiy mashina bo"lib, u ishni kishi barmoqlarini yordamisiz yigiraverar edi. Yangi ixtiro ilgari o`zining oyoq charxida bitla duk bilan ip yigirib kelayotgan ko`pdan-ko`p hunarmandlarning o`rnini bosdi. "Jenni"da bir yo`la 16-18 duk bilan ishlash mumkin edi. Ammo uning yigirgan ipi ingichka va zaif bo`lib, charx hali kishi qo`li bilan harakatga keltirilar cdi. Ammo yigiruv sohasida takomillashtirish ishlari davom etdi. 1769 yilda tcxnik Richard Arkrayt suv dvigateli bilan harakatga keltiriladigan yangi dastgoh loyihasini taqdim etdi. 1799 yilda Samyucl Krompton ip yigiruv mashinasini takomiflashtirdi. U "Myul-mashina" degan mashinani ixtiro qildi. U "Jenni" singari ingichka, biroq Arkraytning suv mashinasi singari pishiq ip berar edi.
Arkraytga qadar ham 1760 yilda rus korchaloni Rodion Glinkov dunyoda birinchi mexanik yigiruv fabrikasini qurgan edi. Bu fabrika o`rnatilgan suv parragi yordamida o`zi yigiruv mashinani harakatga kellirar, mashina esa 9 kishining ishini qilar edi. O`sha zamonlarda Rossiyada hukm surgan feodal-krepostnoylik tuzumi sharoitida Glinkovning buyuk tashabbusi qo`flab quwatlanmadi. Uning nomi uzoq vaqtgacha unutilib ketdi, vanolanki, u ip yigiruv korxonasini mexanizalsiyalashni haqiqatan boshlab bergan dastlabki shaxs edi.
Yangi ip yigiruv mashinalarining qo`llanilishi natijasida endi to`qimachilik ishi orqada qolib ketdi. Endi Keynning uchar mokisini takomillashtirish kerak edi. Bu muammoga Endmund Karlrayt 1785 yilda ixtiro qilgan mexanik to`quv stanogi barham berdi. Muayyan vaqt ichida 40 ta to`quvchi qo`l kuchi bilan qancha mato to`qib chiqarsa, Kartrayt stanogi ham shuncha mato to`qib chiqarar edi. Ammo Kartrayt stanogi XIX asrda qo`shimcha ravishda takomillashtirilgandan so`ng qo`lda to`qishni keng ko`lamda siqib chiqara boshladi.
Dasllabki yirik mashinalarning dvigateli sifatida asosan suv kuchidan foydalanildi. Fabrikalarning kopchiligi katta yo`llardan va bozorlardan uzoq bolsa ham, odalda, daryolarga yaqin joylarga qurildi. Rivojlanib kelayotgan mashina sanoati uchun yangi, universal dvigatel zarur edi. Bu xildagi dvigatel bug` mashinasi tarzida angliyalik Jems Ualt tomonidan ixtiro qilindi. U bug` mashinasi uchun patentni birinchi marta 1769 yilda, ikki tomonlama bug` beradigan mashinasi uchun 2-patentni 1784 yilda oldi. Bug` dvigateli bilan ishlaydigan birinchi ip yigiruv fabrikasi ham 1784 yilda qurilgan edi.
XVIII asr ingliz sanoatida metallurgiyaning yirik sanoatga aylanishiga yordam bergan boshqa bir qancha ixtirolar qilindi. 1735 yilda Abragam Derbi cho`yan critish uchun toshko`mirdan foydalanish usulini ochdi. 1750 yilda Benjamin Xentsman mineral yonilg`i bilan po`lal eritish usulini ixtiro qiSdi. Sanoatga mashinalarning joriy qilinishi mehnat unumdarligini oshirdi. 1720 yilda Angliyada 18 ming tonna, 1802 yilda esa 250 ming tonna cho`yan ishlab chiqarilgan. Yirik fabrika sanoalining rivojlanishi Angliyaning iqtisodiy gcografiyasini keskin o`zgartirib yubordi. Agar ilgari mamlakalning aholosi zich va savdo-sotiq cng rivojlangan qismi janubi-sharq bo`lgan bo`lsa, sanoat to`ntaruvi jarayonida ishlab chiqaruvchi kuchlarning ko`p qismi u erdan shimoli-g`arb tomonga ko`chib o`tdi. Manchester, Birmingem, Liverpul, Glazgo kabi shaharlar asosiy sanoat markazlariga aylandi.
Fabrikalarda mehnat og`ir bo`lib, ish vaqti sutkasiga 14-18 soalni tashkil qilar edi. Yangi mashinalarning ixtiro qilinishi koplab ishi kuchlarini keraksiz qilib qo`ydi, o`rtacha ish haqining kamaytirilishiga, ayollar va bolalarning arzon mchnatidan foydalanishni csa kengaytirilishiga olib keldi. Ularning hammasi ishchilar o`rtasida norozilikni kcltirib chiqardi. Bu norozilik masinalarni buzish, mehnat qurollarini sindirish ko`rinishida ro`y berdi. 1769 yilda parlament mashinalarni buzganlar uchun o`lim jazosi berish to`g`risida maxsus qonun qabul qildi. Mashinalarni buzuvchilar - ludchilar - deb ( birinchi stanokni buzgan afsonaviy Hed Lud nomi bilan) ataldi. Dastlabki paytlarda ishchilarning mashinalarga qarshi keskin kurashi tabiiy hoi edi. Sanoat to`ntarishi davrida mashinalarni sindirish va majaqlab tashlash, ishchi g`alayonlarining o`ziga xos shakllaridan biri bo`lib, bu davrda ishchilar o`z kulfatlarining haqiqiy sababi kapitalistik munosabatlarning o`zida ekanligini hali tushinib etmagan edi. Ludchilar harakati keyinchalik, XV111 asrning 2-yarmidan ishchilarning ish tashlash harakati shaklini oldi. Sanoat inqilobi 1825 yilda J.Stefenson tomonidan paravozning ixtiro qilinishi bilan nihoyasiga etdi. Mamlakatda temiryo`l qurilishi avj olib, 1850 yilda butun mamlakat temiryo`l to`ri bilan o`rab tashlandi va ularning umumiy uzunligi 50 ming km.ga etdi. Temiryo`l qurulishi metallurgiya. mashinasozlik, tog`-kon qurilishi ishlariga turtki berdi. 20 yil ichida cho`yan eritish 3 barobarga etib, 2 million tonnadan oshib ketdi.
Temiryo`llar qurilishi paravoz va vagonsozlikka ham keng yo`l ochdi. Sanoat to`ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar keltirib chiqardi. Yirik fabrika ishlab chiqarishning g`laba qilishi natijasida Angliyada sanoat ishchilari paydo bo`ldi. Sanoat to`ntarishi oddiy, qo`l bilan harakatlanadigan qurollarni mashinalarga, ustaxonalarni fabrikalarga, hunarmandlarni ishchilarga, sobiq yirik savdogarlarni fabrikantlarga aylantirdi.
Sanoat to`nlarush shunday qilib, kapitalistik jamiyat taraqqiyotida muhim marra edi. Bu ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi borasidagi juda katta sakrash va ayni paytda kapitalizm ishlab chiqarilishi munosabatlarining shakllanishida yangi bosqich edi.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə