Ogahiyning о‘lmas lirikasi irisboyeva Dilorom Shomurodovna



Yüklə 314,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü314,3 Kb.
#135978
  1   2
Irisboyeva Dilorom Shomurodovna



OGAHIYNING О‘LMAS LIRIKASI 
 
Irisboyeva Dilorom Shomurodovna 
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 4-
O’rta maktab ona-tili va adabiyot fani 
o’qituvchisi, oliy toifali 
 
Annotatsiya

Ogahiy devonida zamon va zamondoshlar obrazi ham katta 
o‘rin tutgan. Shoir o‘zi yashab ijod qilgan mashaqqatli davrni mahorat bilan 
umumlashtirar ekan, zamonga, uning odamlariga munosabat bildirar ekan, ularga 
baho bersa, unga insonparvarlik, xayrixohlik nuqtai nazaridan yondashadi.
Kalit so’zlar: Shoshmaqom,ton aruz chiston g‘azal kuy -ohang. 
Ogahiy xalq orasida kо‘proq lirik shoir sifatida mashhur. Muhammadrizo о‘z 
she’riyatining oshiqlar qalbiga yaqin, ular bilan tumordek doimo hamroh bо‘lishini, 
ishq ahliga dard-
alamlardan xalos qiluvchi fazilatlarga ega bо‘lishni istadi va 
devonini “Ta’viz-ul-oshiqin”(oshiqlar tumori) deb atadi. Bu fikrni shoir kо‘pgina 
she’rlarida faxriya usulida izhor etadi. 
Ogahiy, dilsо‘z nazmingni eshitsa ahli ishq 
Bо‘ynig‘a ta’vizdek aylar ash’oringni band. 
Ogahiy “til tiyig’i tortib, maoni mulkini olgan” mahoratli san’atkordir. Uning
badiiy qudrati haqida fikrlashishdan avval, shuni e’tirof etish lozimki, yosh 
Muhammadrizoning “til tiyig’i” Alisher Navoiy mahorat maktabida charxlangan
sayqal topgan. Ogahiy nazmidan navoiydan o’rganish izlari, ulug’ san’atkor 
ta’siriga berilish, undan qutulolmaslik, ustozning turli g’oya va ifodalarini o’zgacha 
talqinlari
da sharhlash ham ko’rinib qoladi goho.
Navoiy: 
Ul quyosh hajrida qo’rqarmen, falakni o’rtagay,
Har sharorekim, bo’lur bu o’tlug’ afg’ondin judo. 
Ogahiy: 
Barqdek kuydurgusi yetti falakning xirmanin,
Aylamas to’ti takallum shakkaristondin judo. 
Bunday hollarda shoirning kamchiligi sifatida emas, balki badiiy mahorat 
qozonish yo’lidagi dastlabki tajriba, har bir ijodkor tabbiy va qonuniy ravishda 
boshidan 
kechiradigan ijodiy jarayon tarzida baholanmog’i ma’qul. Ulug’
Navoiyga izdosh o’zbek mumtoz shoirlari qatori Ogahiyga ham fazlu ifixor 
sanalgan. 
Sharqda qadimdan hukmdorlar ma’naviy rahnamolar – ulug‘ allomalar
qurshovida bо‘lganlar. Kaykovus, Nizomulmulk, Navoiy singari donishmandlar 
podsholarga mamlakatni qanday boshqarish tо‘g‘risida yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatganlar, 
pand-
nasihat qilganlar, puxta ta’lim berganlar.”Kobusnoma” “Siyosatnoma” 


“Mahbub-ul-qulub” kabi asarlar ana shu maqsadlarda yozilgan. Ogahiy masnaviysi 
ham aynan shunday -
mamlakatni qanday boshqarish tо‘g‘risida yaratilgan asar. 
Mazmunan maqsad nasihat emas, nasihat unda vosita. Donishmand muallim yosh 
hukmdorni juda kо‘p ezgu va yovuz narsalardan ogoh etishni kо‘zlagan. Shuning 
uchun masnaviyning nomi “Ogohnoma” deb yuritilgan. 
i
Ogahiy masnaviysi yirik pandomuz asar bо‘lib uni boshdan oyoq tinglash 
katta sabru toqatni talab etardi. Yuksak mavqeda turib aytilgan bu ulug‘vor 
о‘gitlarni siyratiga singdirishi mumkin edi. 
Ayo xusravi ma’dalatdastgoh, 
Najobat sipehrida raxshanda moh, 
Shahanshahliq о‘lsun muborak sango, 
Madadkor tangri taborak sango. 
Singari 
tabrik sо‘zlari bilan boshlansa-da, bunday tantanavor ruh dastlabki 
misralardan nariga о‘tmaydi. Tabrik ohanglari Muhammad Rahimxoni soniyning 
otasi Sayid Muhammadxon vafotiga ta’ziya, taskin -tasalli sо‘zlariga ulanib ketadi: 
Ogahiy ezguga ham,yozuvga ham tarafkashlik etmasdan, xolisona nuqtai 
nazarda turib tasvirlaydi.Shohlar haq tomonidan insonlarga adolat bilan 
rahnamolik qilish uchun yaratilganiga qaramay, ba’zisi lutfu

Yüklə 314,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə