Faoliyatini rivojlantirishda inovatsion metodlar



Yüklə 218,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.12.2023
ölçüsü218,63 Kb.
#148803
  1   2   3   4   5
5884-Текст статьи-15044-1-10-20220607



141 
NUTQIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNING BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INOVATSION METODLAR .
Islomova Ozoda Sayfiddinovna,Jizzax 
davlat pedagogika instituti “Maxsus 
pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi
islomovaozoda1990@gmail.com
Ismoilova 
Gulnora,Jizzax 
davlat 
pedagogika 
instituti 
Defektologiya 
yo’nalishi III kurs talabasi
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalardagi nutq nuqsonlariga ega bolalar 
bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy va pedagogik ishga katta e’tibor 
qaratilgan . Nutq kamchiligini erta aniqlash ,korreksion ta’lim-tarbiyani tashkil 
qilish va ta’lim -tarbiyaning uslublari masalasini hal qilish bo’yicha ma’lum 
miqdorda yutuqlarga erishish usullari haqida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar:
bilish , logopedik o'yin, Nutqiy fikrlash , tovush, Nutqi 
to’liq rivojlanmaganlik, mnestika. 
Dunyo miqyosida ham statistik ma’lumotga ko’ra,nutq nuqsonlarining soni 
ko’payib bormoqda,shuning uchun bolalar va o’smirlarda nutq kamchiliklarini 
oldini olish dolzab muammo bo’lib qolgan. 
Bizning mamlakatimizda nutq kamchilligiga ega bolalar bilan olib 
boriladigan 
korreksion-tarbiyaviy 
va 
pedagogik 
ishga 
katta 
e’tibor 
qaratilmoqda.Nutq kamchiligini erta aniqlash ,korreksion ta’lim-tarbiyani tashkil 
qilish va ta’lim -tarbiyaning uslublari masalasini hal qilish bo’yicha ma’lum 
miqdorda yutuqlarga erishilgan. 
Hozirgi kunda inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual 
imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar 
uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni 


142 
ta’minlashga qaratilgan.Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Yangi ta’limto’g’risidagi qonunham qonunchilik palatasi tomonidan 2020-
yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda 
ma’qullangan
.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, 
ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan
rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga 
qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan 
bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda 
tutadi.Bolada nutqni tushunish ,uni o’rab turgan predmetlar va kattalar talaffuz 
qilgan so’zlarning o’rtasidagi aloqani o’rnatish yo’li orqali rivojlanadi.Bola istagini 
mimikasi yoki jesti orqali bilib olishga urinadigan ota—onalarga ularning bunday 
hatti-harakati noto’g’ri ekanligini tushuntirish zarur.Chunki bunday jarayonda 
bolada ovoz reaksiyalari,tovushlar va so’zlar talaffuziga ehtiyoj sezilmaydi. 
Nutq kamchiligiga ega bolalarni tarbiyalash jarayonida ota-onalr va 
pedagoglar doimo o’z xulq-atvorni va o’zining mavqeyini anglash lozim. O’zaro 
rag’batlantirish , o’zaro hurmat,tartibni saqlash oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro 
ta’sir nutq kamchiligiga ega bolalalrni psixogen reaktiv holatlar profilaktikasida 
jiddiy ro’l o’ynaydi. 
Nutqiy fikrlash so’zli ma’nolar ,tushunchalar va mantiqiy jarayonlar asosida 
amalga oshiriladi. A.H.Leontev (1975)ta’kidlaydiki,ma’nolarda predmet dunyosi 
,xossalari, aloqalari, munosabatlari mavjudligining ideal shaklining til materiyasida 
qayta hosil qilinishi va mujassamlanishi berilgan, mavhum ma’nolar va tizimini 
shakllanishi esa aqliy faoliyatni tashkil etadi. L.S.Vigotskiy bu ma’lumotni 
tafakkur va nutq birligi deb aytgan.Tushuncha aql-idrok jarayonida vujudga keladi. 
Nutqiy fikrlash faoliyat mexanizmi sifatidagi bunday jarayonlar xususiyatiga 
nutqiy fikrlashning muayyan turi-umumlashgan yoki aniq xodisaviy turi to’gri 
keladi.So’z ma’nosi tizimi va nutq patalogiyasi tizimlarining mana shunday o’zaro 


143 
shartlangan o’zgarishi,me’yorlar kabi tafakkur va nutq birligini asosli ravishda aks 
ettiradi. 
Ma’lum bo’lishicha, nutqi rivojlanmagan bolalarning o’zi turgan joyini 
aniqlash xususiyatini o’rganishda obyektni joylashgan joyini anilashda ham bilish 
faoliyatida turli darajada buzilishlar uchraydi.Biz dastlab bilish faoliyatidagi 
buzilishlar ustida korreksion ishlar olib boramiz.Ushbu korreksion ish bilan 
birgalikda tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf qilsak,maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Bolalarda nutq patologiyasining bilish doirasining rivojlanishini o‘rganuvchi 
tadqiqotchilar orasida L.S.Svetkaova, T.M.Pirsxalayshvili, E.M.Mastyukova, 
N.A.Chevelyeva, G.S.Syergevvalar idrokning turli ko‘rinishlarini tadqiq qilganlar;
G.S.Gumennaya xotira xususiyatlarini o‘rgangan; O.N.Usanova, Yu.F.Gargusha, 
T.A.Fotekova diqqat-e’tiborni tadqiq qilishgan; I.T.Vlasenko, G.V.Guroves, 
L.R.Davidovich, L.A.Zaysyeva, V.A.Kovshikov, Yu.A.Elkin, O.N.Usanova 
fikrlash turlarining o‘ziga xosligini o‘rgangan; V.P.Gluxov tasaffurni tadqiq 
qilgan. Bola hayotining birinchi uch yilida nutq faoliyatining rivojlanishi 
ahamiyatli hisoblanadi. Ma’lumki, gugulashning paydo bo‘lishi kelgusida bolaning 
nutqi va psixikasi me’yorda rivojlanishini kafolatlamaydi. Gugulash me’yorda 
rivojlanayotgan boladagina emas, balki ko‘pchilik rivojlanishida og‘ishlari bor 
(karlarda, intellektual rivojlanmagan bolalarda) bolalarda ham kuzatiladi. Alaliyali 
bolalarda (hayotining ikkinchi yilida) shakllanishning kechroq muddatlarida 
g‘udurlab gapirishning yo‘qligi yoki juda qashshoq ko‘rinishdaligi xaraktyerli. 
Rinolaliyali, dizartriyali bolalarda g‘udurlashning sifati o‘ziga xos tezlikda 
rivojlanishi belgilanadi. (O.N.Usanova, O.A.Slinko, 1987). 
Qadimgi Rim pedagogi M.F.Kventlian o’zini ‘’notiq tarbiyalovchi ‘’ kishi 
deb hisoblanganligi uchun ham bolaning nutqini o’zgarishiga ,nutqda uchraydigan 
nuqsonlarga e’tibor berdi. U bolalarning nutqi yoshlik chog’idanoq sof bo’lishi 
uchun kurashdi va shu sababli bolani uyda tarbiyalamoq uchun olinadigan enaga 
va murabbiylarning talaffuzi yaxshi bo’lishi kerak,deb uqtiradi.Shuningdek 
,Kventlian musiqiy ta’lim berish masalasiga ham bolaning nutqini yaxshilash 


144 
nuqtayi nazaridan qaradi.Musiqa va tilni o’rganish talaffuzning yaxshilashishiga 
yordam beradi,nutqning uslubini yaxshilaydi,uni ifodali nutqqa aylantiradi,deb 
aytadi. Nutqiy fikrlash so’zli ma’nolar ,tushunchalar va mantiqiy jarayonlar 
asosida amalga oshiriladi.A.H.Leontev (1975)ta’kidlaydiki,ma’nolarda predmet 
dunyosi ,xossalari,aloqalari,munosabatlari mavjudligining ideal shaklining til 
materiyasida qayta hosil qilinishi va mujassamlanishi berilgan, mavhum ma’nolar 
va ma’n tizimini shakllanishi esa ichi aqliy faoliyatni tashkil etadi.L.S.Vigotskiy 
bu ma’lumotni tafakkur va nutq birligi deb aytgan.Tushuncha aql-idrok jarayonida 
vujudga keladi. 
Nutq nuqsoniga ega bolalarda tovushlarni ajratishda qiyinchiliklar uchraydi, 
buesa nutqning tovush tomonini rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.Bular yana 
ikkilamchi nuqson sifatida tovushlarni talaffuz qilishga ham o’z ta’sirini 
ko’rsatadi.Bunday 
bolalar 
nutqidagi 
kamchiliklar,artikulyatsion 
apparat 
kamchiliklari asosida tovush talaffuz funksiyasi to’liq bajarilmasligi natijasida 
fonematik qabul qilishga birinchi o’rinda ta’sir qilib ,uning shakllanishiga yo’l 
qo’ymaydi. 
Qanchalik tovushlarni talaffuz qilishda tayanch kam bo’lsa ,shunchalik 
fonetik namunalarni shakllanishiga sharoit bo’ladi.Fonematik eshitishning 
shakllanishi to’g’ri bolaning nutq tomonlarini hammasiga ta’sir qiladi, bolaning 
umumiy rivojlanishiga bog’liq bo’ladi. 
NTR li bolalarda diqqat-e’tibor xatolari butun ish davomida qatnashadi va 
doimo mustaqil e’tibor qilinmaydi va yo’qotilmaydi.Xatolar fe’li va ularning o’z 
vaqtida bo’linishi me’yordan sifatli farqlanadi.Nutqi rivojlanmagan bolalarning 
erkin diqqat-e’tiborning xususiyatlari chalg’itish xarakterida namoyon 
bo’ladi.Nutqi sog’ bolalar uchun ‘’tajriba o’tkazuvchiga ‘’faoliyati jarayonida 
chalg’itish intilish xarakterli (bolalar tajriba o’tkazuvchiga qarab ,u yoki bu 
vazifani to’g’ri yoki noto’g’ri bajarishganini uning ta’siridan aniqlashga xarakat 
qilishadi),nutqida ko’rinishlari bo’ladi:’’derazaga qaradi(atrofga )’’ , ‘’vaziga bilan 
bog’liq bo’lmagan xarakatlarni amalga oshiradi’’.Nutqi og’ir buzilgan bolalarda 


145 
erkin diqqat -e’tiborining past darajadaligi ularning shakllanganligiga yoki faoliyat 
tuzilishining buzilishiga olib keladi. 
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda mnestik funksiyalarni (xotirani) tadqiq 
qilishda ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘rish xotirasi me’yordan hech qanday farq 
qilmas ekan. Dizartriyali bolalarda geometrik figuralarni eslab qolish ehtimoli 
istisno qilinadi. Bu bolalarda shu sohadagi past natijalar ifodalangan idrokning 
buzilish shakllari, fazoviy tasavvurning bo‘shligi bilan bog‘liq. A.R.Luriya va 
boshqalarning «10 ta so‘z» metodikasi yordamida oldindan eslab qolishni tadqiq 
qilishda, nutqida og‘ir buzilishlar bo‘lgan bolalarda qator xususiyatlar uchraydi: 
ular vazifalar sharoitida sekinroq mo‘ljal olishadi va ularning natijalarini 
solishtirganda me’yordan pastroq bo‘ladi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi natijalar olindi: nutqi rivojlanmagan bolalarda
bilimidagi kamchiliklar tafakkur jarayoni va natijalariga va o‘z-o‘zini tashkil 
qilishning buzilishiga ko‘proq ta’sir qiladi. Ularda atrofdagilar to‘g‘risida etarli 
hajmda ma’lumotlar bo‘lmaydi, borliqdagi predmetlarning xususiyatlari va 
funksiyalari haqida, hodisalarning sabab-tyergov aloqalarini o‘rnatishda 
qiyinchiliklar tug‘iladi. O‘z-o‘zini tashkil qilishning buzilishida hissiyotli-iroda va 
motiv doirasidagi kamchiliklar sabab bo‘ladi va psixojismoniy tormozlanish 
kamdan-kam to‘xtab qolishi va vazifaga qiziqishning yo‘qligi namoyon bo‘ladi. 
Nutqi to‘liq rivojlanmagani maktabgacha ta’lim guruhlarida uning o‘rni juda 
baland, ko‘p bolalarda qo‘l barmoqlari harakatining yaqqol og‘ishlari kuzatiladi: 
harakatlari noaniq, muvofiqlashtirilmagan, barmoqlar harakati qiyinlashgan. Nutqi 
to‘liq rivojlanmagan bolalarning mayda motorikasini rivojlantirishni tizimli 
o‘tkazib, har kuni 3-5 daqiqa vaqt sarflash kyerak. Shu maqsadda turli xil o‘yin va 
mashqlar qo‘llash mumkin. Qo‘l barmoqlarining nozik harakatlanishini 
takomillashtirish uchun kuldiradigan xalq she’rlarini o‘qish davomida barmoqlar 
bilan o‘ynaladigan o‘yinlardan samarali foydalanish mumkin. Bu o‘yinlar qulay
jo‘shqin sharoit yaratadi, barmoqlar mashqini yaxshi ta’minlaydi, eshitish 
qobiliyatini rivojlantirishga va she’rlar mazmunini tushunishga yordam beradi, 
nutq ritmini bilib olishga o‘rgatadi. 


146 
Ta’riflangan o‘yinlar bilan bir qatorda qo‘l barmoqlarining nozik harakatlari 
mashg‘ulotlarida turli xil nutqsiz yo‘llangan mashqlardan foydalanish mumkin.
O‘ng qo‘l bosh barmog‘ining uchi galma-galdan ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz 
va jinjiloq barmoqlarini uchiga tegadi (“barmoqchalar salomlashishadi”) O‘sha 
mashqni chap qo‘l barmoqlari bilan bajariladi.
O‘sha harakatlarni bir paytning o‘zida chap va o‘ng qo‘l barmoqlari bilan 
qilinadi.
O‘ng qo‘l barmoqlari chap qo‘l barmoqlariga tegadi – galma galdan 
“salomlashishadi”: oldin katta barmoq kattasi bilan, undan keyin ko‘rsatkich 
barmoq ko‘rsatkich bilan va boshqalar.
O‘ng qo‘l barmoqlarining hammasi bir vaqtda chap qo‘l barmoqlari bilan 
“salomlashishadi” .
O‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini tikka tutish va uni aylantirish (“ari)”.
O‘sha harakatlarni chap qo‘l barmoqlari bilan qilinadi.
O‘sha harakatlarni bir vaqtda ikkala qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlari bilan 
bajariladi (“arilar”).
Stol ustida o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari “yuguradilar”
(“odamcha”).
O‘sha harakatlarni chap qo‘l barmoqlari bilan qilinadi.
O‘sha harakatlarni bir vaqtda ikkala qo‘lning barmoqlari bilan bajariladi 
(“bolalar kim o‘zarga yuguradilar”).
O‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i va jinjiloqni tortiladi (“echki”).
O‘sha harakatlarni chap qo‘l barmoqlari bilan bajariladi.
O‘sha harakatlarni bir vaqtda ikkala qo‘lning barmoqlari bilan bajariladi 
(“echkichalar”).
Ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlaridan dumaloq yasab, ularni 
birlashtiriladi (“ko‘zoynak”).
O‘ng qo‘lning ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini tepaga tortib, jinjiloq va
nomsiz barmoq uchlarini bosh barmoq uchlari bilan birlashtiriladi (“quyoncha”).
O‘sha mashqlarni chap qo‘l barmoqlari bilan bilan bajariladi.


147 
O‘sha harakatlarni bir vaqtda ikkala qo‘lning barmoqlari bilan bajariladi 
(“quyonlar”).
Ikkala qo‘lni ko‘tarib kaftlarni o‘ziga qaratish, barmoqlarni keng ochiladi 
(“daraxtlar”).
Ko‘tarilgan ikkala qo‘lning kaftlarining orqasini o‘ziga qaratib yuqoriga-
pastga harakatlar qilinadi (“qushlar uchyapti, qanotlari qimirlatyapti”).
Bosh barmoqdan boshlab, o‘ng qo‘l barmoqlarini galma-galdan bukiladi.
Jinjiloqdan boshlab, barmoqlarni bukib o‘sha harakatlarni bajariladi.
Oldingi ikkala mashqni chap qo‘l barmoqlari bilan bajariladi.
O‘ng qo‘l barmoqlarini musht qilib bukib, bosh barmoqdan boshlab tekislab 
ochiladi.
O‘sha mashqlarni jinjiloqdan boshlab barmoqlarni tekislab ochishni 
bajariladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga muayyan mavzular bo`yicha ertaklar, 
rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig’i ham berilishi mumkin. Bundaytopshiriq 
ustida ishlash orqali ularda mustakillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. "Bizning 
oila", "Bahor fasli", "yoz - ugar soz", "qaldirg’ochlar uchib keldi", "qo`g’irchoq 
teatrida", "qish", "qor", "qorboboning sovg’asi", "qushlar bizning do`stimiz", 
"Mening to`tilarim", "Hayvonot bog’ida", "Ertaklar mamlakatida", "Sirkda", 
"qo`g’irchoqlarim -ovunchoqlarim", "Uch ayiq", "quyonlar", "qovoq polvon" va 
boshqa mavzularda hikoya tuzishni aniq tavsiya etish bolalarni nihoyatda 
qiziqtirib boriladi.Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to`g’ri 
tuzish, tovushlarni, qo`shimchalarni to`g’ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada 
tasviriy vositalardan to`g’ri foydalana olishiga yordam berib boriladi. 

Yüklə 218,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə