Simlar bilan ishlash Reja



Yüklə 24,06 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü24,06 Kb.
#145971
  1   2   3   4
Simlar bilan ishlash


Simlar bilan ishlash


Reja:



  1. Chilangarlik haqida malumot

  2. Simlar bilan ishlashva ulardan turli xil buyumlar tayyorlashni o’rganish

  3. Chilangarlikda simlarga ishlov berish yo’llari


Chilangarlik kasbi va ish turlari
Chilangarlik — mayda buyumlar (ustara, qaychi, bigiz, arra, iskana kabi ish asboblari)ni yasash kasbi, zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida turli mexanik amallarni bajarish. Chilangarlik buyumlari avval xonaki hunarmandchilik usullarida ishlab chiqarilgan. Chilangarlar, asosan, oʻchoq, dam, bozgʻon, bolgʻa, ombur vab. asboblardan foydalangan. Ular sartaroshlik, etikdoʻzlik, kavushmahsidoʻzlik, tikuvchilik va duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ish qurollari yasashgan. Hozir chilangarlik mahsulotlari asosan korxonalarning maxsus sexlarida koʻplab ishlab chiqariladi. Korxonalardagi chilangarlik (slesarlik) rejalash, kesish yoki qirqish, tekislash yoki toʻgʻrilash, egish, parmalash, oʻyish, egovlash, parchinlashkavsharlash, qalaylash va boshqa amallarni oʻz ichiga oladi. Biror mahsulotni tayyorlashda bu amallarning baʼzilari birin ketin muayyan tartibda bajariladi. Bu tartib texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayondagi amallar maxsus asbob uskunalar, dastgohlar, stanoklar, kavsharlash va payvandlash jihozlari yordamida bajariladi.
Markaziy Osiyoda temirchilik qadimdayok, kasb sifatida shakllangan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, turli rangli metallarga ishlov berilishi xunarmandlar mehnatining bo’linishiga olib keldi. Ayrim temirchilar mehnat qurollarini yasagan bo’lishsa, boshqalari nafis uy buyumlariga sayqal berishgan, chilangarlar mayda metall buyum (ustara, qaychi, bigiz, arra, iskana kabi)larni yasashgan. Zamonaviy chilangarlik - bu dastgohlarda mexanik ishlov berishni to’ldiradigan yoki metall buyumlar tayyorlashda yakuniy bosqich bo’lgan mashina va mexanizmlarni yig’ish hamda sozlash ishlaridir. Mashinasozlikda chilangarlikning ahamiyati katta bo’lib, ustaning ishtirokisiz mashina, mexanizm yoki asbobni yig’ib bo’lmaydi.
CHilangarlik ishlab chiqarishning barcha soxalarida keng qo’llaniladi. Mehnatni ilmiy tashkil etish Rejalash, kesish, to’g’rilash va egish, metall qirqish, parchinlash, shaberlash, kavsharlash, qalaylash, yelimlab biriktirish, asosan, qo’lda bajariladi. Ko’l mehnati bilan bajariladigan ishlar mexanik usuldagiga qaraganda birmuncha unumsiz bo’lishi bilan birga katta jismoniy kuch talab qiladi. SHuning uchun ham imkoni boricha qo’l mehnatini mexanizatsiyalashga harakat qilinadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida eng kam vaqt, kuch hamda mablag’ sarflagan holda mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi.

Yüklə 24,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə