O’zbekiston respublikasi oliy



Yüklə 103,59 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü103,59 Kb.
#150440
  1   2   3   4   5
c792725b-4ed2-4288-93cd-e82b75204a1c


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM VA TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI




PEDAGOGIKA KAFEDRASI


«UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI» FANIDAN


«Ta’limning noan’anaviy shakllari» MAVZUSIDAGI



Bajaruvchi: 1-bosqich talabasi Sh.Hasanova Ilmiy rahbar: Sh.O’roqov

Kurs ishi pedagogika kafedrasida bajarildi.


Kafedra mudiri: dots. A.Abdumannotov
Kurs ishi kafedraning 2013-yil maydagi majlisida himoya qilindi va
foizga baholandi.
Komissiya raisi:


A’zolari:


SAMARQAND 2013

Reja


KIRISh ASOSIY QISM

  1. Ta`limning noan’anaviy metodlari

  2. Noan’anaviy ta`limning ilmiy asoslari

  3. Interfaol usullarni qo’llash XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI

KIRISH


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti shu jarayonda joriy etilgan ta’lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan chambarchas bog’liqdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo’q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi-yangi talablarga ko’ra mustaqil ravishda o’zgarib-yangilanib boraveradi». 1
O’tgan asrning 90 yillari pedagogik texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish, asl mohiyatini anglab etish, afzallik jihatlarini aniqlash va nihoyat, amaliyotga tatbiq etishga kirishilgan davr sifatida baholanmoqda.
O’zbekistonda pedagogik texnologiyalarning tarafdorlari, targ’ibotchilari, nazariyotchilari bilan bir qatorda amaliyotchilari ham shakllanib ulgurdilar.
O’zbek olimlaridan Azizxo’jaeva N., Yo’ldoshev J., Ochilov M., Shodiev N., Sayidahmedov N., Tolipov O’., Farberman B.L., G’oziev E., Nishonaliev U. va boshqalar pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta’lim tizimiga mos jihatlarini ishlab chiqdilar.
Ta’lim amaliyotidan ma’lumki, o’quvchi har bir fanning ilmiy-na’zariy asoslarini chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, N.Azizxo’jaeva ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish jarayonida o’qituvchi shaxsining pedagogik mahorati ta’lim samaradorligining bosh omili ekanligini tadqiq etgan.
I.Zokirov o’z tadqiqot ishida kasb-hunar kollejlari o’quv muassasalarida ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishning nazariy-amaliy asoslarini



1 Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.: O’zbekiston, 1998 y. –62 b.
yaratish, mashg’ulotlarning puxta o’ylangan, ilmiy asoslangan loyihalarini ishlab chiqish masalalarini tadqiq etgan.
Tadqiqotchi B.Raximov o’z izlanishlarida pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalari jamoasida o’zaro yordam, hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyos ekanligini hisobga olgan holda noana’anaviy ta’lim texnologiyalar ta’lim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo’yish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog’langan komponentlar yig’indisi ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Tadqiqotchi O’.Tolipov esa pedagogika oliy o’quv yurtlarida pedagogik texnologiya nazariyasining shakllanish va taraqqiyot tarixi, uning mohiyati, texnologik yondashuv tamoyillari, o’quv jarayoniga ta’lim texnologiyasini tatbiq etish shart-sharoitlarini tadqiq etgan.
Ammo qayd etilgan tadqiqotlarda aynan ta’lim jarayonida o’qitishda noan’anaviy ta’lim shakllaridan foydalanish masalasi alohida tadqiqot muammosi sifatida qo’yilmagan. Vaholanki ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bo’lib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yosh hamda o’ziga xos xususiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi intellektual qobiliyatiga hamda ta’limni izchil, tizimli va uzviy amalga oshirilishiga bog’liqdir.

Yüklə 103,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə