Chanoq kamari va oyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari Chanoq suyagi os coxae



Yüklə 20,55 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü20,55 Kb.
#168894
  1   2
Chanoq kamari va oyoq erkin qismi suyaklari tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari


Chanoq kamari va oyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari
Chanoq suyagi (os coxae, 33-rasm) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat bo‘lib, odam yurayotganda gavda og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Chanoq suyagining shunday vazifalari uning murakkab tuzilishiga sabab bo‘lgan.
1–labium externum cristae iliacae; 2–linea intermedia; 3–labium internum cristae iliacae; 4–facies gluteae; 5–spina iliaca anterior superior; 6– spina iliaca anterior inferior; 7–corpus ossis ilii; 8–fossa acetabuli; 9–ramus superior ossis pubis; 10– tuberculum pubicum; 11– tuberculum obturatorium anterius; 12– os pubis; 13–ramus inferior ossis pubis; 14–incisura acetabuli; 15–foramen obturatum; 16– ramus ossis ischii; 17– os ischii; 18– tuber ischiadicum; 19– corpus ossis ischii; 20– incisura ischiadica minor; 21– spina ischiadica; 22– facies lunata; 23– linea glutea inferior; 24–incisura ischiadica major; 25–spina iliaca posterior inferior; 26–spina iliaca posterior superior; 27– linea glutea inferior; 28– os ilium; 29– ala ossis ilii; 30– linea glutea anterior.
O‘rta yashar odamning chanoq suyagida uchta ayrim suyaklar: yonbosh suyagi (os ilium), qov suyagi (os pubis) va quymich (o‘tirg‘ich) suyagi (os ischii) tafovut qilinadi. Bu suyaklar 14–16 yoshga kirguncha alohida bo‘lib, tog‘ay plastinkalar vositasida o‘zaro qo‘shiladi, keyinchalik suyaklanib bir butun chanoq suyagini hosil qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida (uchala suyakning o‘zaro birlashgan joyida) son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi (acetabulum) bo‘lib, uning gir atrofi yarim oy bo‘g‘im yuzasi (facies lunata) bilan o‘ralgan, qirg‘oqning pastki qismi quymich o‘ymasi (incisura acetabuli) bilan chegaralangan. Quymich kosasiga son suyagining boshchasi bo‘g‘im hosil qilib joylashadi. Quymich kosasining markazida kosa chuqurchasi – fossa acetabuli ko‘rinadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan uchta birlashishdan hosil bo‘lgan, katta va kichik chanoq deb yuritiladigan (pelvis major et pelvis minor) ikki qismga bo‘linadi. Ularni chegaralovchi linea terminalis chizig‘i ajratib turadi. Chegaralovchi chiziq ikki tomondan yonbosh suyagining ravoqsimon chizig‘i (linea arcuata), old tomondan esa qov ustki qirg‘og‘ining bir-biri bilan birlashishidan hosil bo‘ladi.
Katta chanoq ikki yon tomondan yonbosh suyaklarining qanotlari va orqa tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi bilan o‘ralgan bo‘lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘ining davomi hisoblanadi va u yerda bir qancha a’zolar joylashadi.
Katta va kichik chanoqlarni ajratuvchi chiziq bilan chegaralangan teshik kichik chanoqning ustki teshigi – apertura pelvis superior yoki katta chanoqning pastki chegarasidan iborat bo‘ladi. Dum suyagi lig. sacrotuberale, quymich do‘mbog‘i, quymich va qov suyaklarining pastki shoxlari hamda lig. arcuatum pubis lar bilan chegaralangan teshik kichik chanoqning pastki (chiqish) teshigi – apertura pelvis inferior deyiladi. Ana shu ustki va ostki teshiklar o‘rtasi kichik chanoq bo‘shlig‘i (yoki chanoq bo‘shlig‘i) – cavum pelvis bo‘lib, unda siydik va tanosil a’zolari, yo‘g‘on ichakning bir qismi va to‘g‘ri ichak joylashgan.
Kichik chanoqning atrof devori bir xil kattalikda va tekislikda emas. Orqa devorni dumg‘aza va dum suyaklari tashkil qilganidan uzun va keng bo‘ladi. Ikki yon devorini yonbosh, qov va quymich suyaklarining tanalari o‘zaro qo‘shilgan soha, ya’ni quymich kosasi sohasi va shu atrofdagi boylamlar tashkil qiladi. Eng kalta devor – old devor bo‘lib, u faqat qov suyaklari va simfizdan iborat.
Chanoq shakli va katta-kichikligi tegishli o‘lchovlar bilan aniqlanadi1.
Katta chanoqning old tomoni ochiq bo‘ladi, shu sababli uning faqat ko‘ndalang masofalarini o‘lchash mumkin. Ko‘ndalang masofa uch joydan o‘lchanadi:
1) ikki yonbosh suyagi oldining ustki o‘siqlari (spina iliaca anterior superior) oralig‘i (distantia spinarum) –25–27 sm;

2) ikki yonbosh suyagining ustki qirralari (crista iliaca) oralig‘i (distantia cristarum) – 28–29 sm;



A B

Yüklə 20,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə